Navbatdagi tuhmat

414
0

Navbatdagi tuhmat

 “Svodka” (AKIpress) xabar qilishicha, “Prigorodnыy” qishlog‘ida ekstremistik materiallarni tayyorlash va tarqatishda gumon qilingan bir kishi qo‘lga olingan. Xabarda bu haqda Chuy IIB matbuot xizmati ma’lum qilgani aytilgan.

 Gumondorning uyi tintuv qilinganda

– Taqiqlangan tashkilotning g‘oyalari yozilgan bloknot, daftar, kitob, noutbuk;

– Hizb ut-Tahrir deb yozilgan bayroq;

– “Yunker” avtomati, “Levorver RS-3” pistoleti va 9 dona pichoq topilgani aytilgan.

 Biz bu o‘rinda gumondor kim ekanligini aniq ayta olmaymiz, chunki u haqida aniq ma’lumotlarimiz yo‘q. Biroq, bu xabarda aytib o‘tilgan ayrim tuhmat va bo‘htonlarni ko‘rsatib o‘tmoqchimiz.

 Xabarda “taqiqlangan tashkilot” deyilganda qaysi tashkilot nazarda tutilgani aytilmagan. Biroq, unda Hizb ut-Tahrir islomiy siyosiy partiyasiga tuhmat qilish harakatlari bor. Sababi, rasmiy xabarda “Hizb ut-Tahrir bayrog‘i” qo‘shib aytilgan. Aslida olingan buyumlarning suratida “Hizb ut-Tahrir” degan bayroq yo‘q. Unda qora rangdagi Saudiya Arabistoni bayrog‘i qo‘rsatilgan. Shuningdek, olingan qurollarni ham Hizb ut-Tahrir partiyasiga yopishtirishga urinish bor. Bunday iflos uslublar avval ham ishlatib kelingan. Aslida, Hizb ut-Tahrir islomiy siyosiy partiyasi hech qanday qurolli harakatlar olib bormasligi butun dunyoga ma’lum.

 Hozir ijtimoiy tarmoqlarda millatlararo, mintaqalararo, dinlararo ziddiyat qo‘zg‘ovchi materiallar tarqatilmoqda. Ularning avtorlari emin-erkin ish olib borishmoqda. Ulardan ayrim haddan oshib ketganlari qo‘lga olinyapti, biroq, ogohlantirish bilangina “jazolanib” yana qayta ishlarini davom ettirishmoqda. Hatto, ularni “fikr erkinligi”ni niqob qilib himoya qilib chiquvchilar ham topilmoqda. Bulardan farqli ravishda Hizb ut-Tahrir ko‘tarib chiqqan sof islomiy g‘oyalar “ekstremistik”ligicha qolmoqda.

 Qirg‘izistonda Hizb ut-Tahrir islomiy siyosiy partiyasi dastlab Asqar Akaev prezidentligi davrida taqiqlangan. Bunda Qirg‘iziston hukumati Rossiya hukumatiga malayligini bildirib, Hizb ut-Tahrirni ekstremistik tashkilot deb topgan. Chunki, 2003-yil 14-fevralida RF ham

Hizb ut-Tahrirni terrorchi tashkilot deb taqiqlagan edi.

 Aslida, “ekstremizm” g‘arblik mustamlakachi kofir derjavalar tomonidan o‘ylab topilgan atamadir. Shunday bo‘lsada, unga xalqaro miqiyosda aniq ta’rif berilmagan. Shuningdek, har bir davlatning ekstremizmga nisbatan bergan milliy-yuridikalik ta’riflari turlicha.

 Masalan, Shanxay hamkorilik tashkiloti 2001-yili qabul qilgan ta’rifi bilan Evropa Kengashining Parlament Assambleyasi 2003-yili qabul qilgan rezolyutsiyasida berilgan ta’rif bir-biridan farq qiladi.

 Qirg‘iziston ham Rossiya va Xitoy kofir derjavalari tashkil etgan ShHT tashkilotiga a’zo bo‘lganligi sababli bu tashkilotning ekstremizmga bergan ta’rifini keltirib o‘tamiz:

 – Tomonlarning mililiy qonunchiligida jinoyat sifatida e’tirof etilgan, hokimiyatni kuch bilan olish yoki kuch bilan ushlab turish; davlatning konstitutsiyaviy tuzumini kuch bilan o‘zgartirish; jamiyat xavfsizligiga tajovuz qilish, shu jumladan, yuqoridagi maqsadlarda noqonuniy qurolli guruhlarni tashkil etish yoki ularda ishtirok etishga yo‘naltirilgan har bir harakatlar – ekstremizm deb ataladi.

 ShHT ta’rifidan olib qarganda

 – Akaevning aqsilik fuqarolarni otishi – hokimiyatni kuch bilan ushlab turishga qaratilgan ish bo‘lgani sababli – ekstremizm,

 – Bakievni hokimiyatga kelishi va ketishi – Hokimiyatni kuch bilan olish va kuch bilan ushlab turishga qaratilgan ish bo‘lgani sababli – ekstremizm,

 – Muvaqqat hukumatning hokimiyatga kelishi ham – hokimiyatni kuch bilan olganligi bois – ekstremizm,

 – Hozir ishi tergov qilinayotgan Atambaevning so‘nggi harakatlari ham ekstremizm hisoblanadi.

 Bulardan farqli ravishda, Hizb ut-Tahrir partiyasi – kofirlarning yuqoridagi ta’rifiga ko‘ra ham – hech qanday ekstremistik faoliyat olib borgan emas. Aslida Hizb kofirlar o‘ylab topgan bunday atamalarni tan olmaydi. 

 Hizb ut-Tahrir islomiy siyosiy partiya bo‘lib, hech qachon moddiy harakatlarga qo‘l urmaydi. U faqat fikriy-siyosiy kurash olib boradi. Hizb ut-Tahrirning moddiy faoliyat bilan shug‘ullanmasligi hokimiyatdan qo‘rqqanligi uchun emas, balki Hizb – Alloh taolo aytganidek, Rasulimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam ko‘rsatib ketgan yo‘lni ushlaganligidan – o‘z faoliyatida hech qachon moddiy kuch qo‘llashga o‘tmaydi. Chunki, Rasul Akram sollallohu alayhi va sallam Madinada davlat barpo qilgunlariga qadar faqat fikriy-siyosiy kurash olib borganlar. Rasul Akram sollallohu alayhi va sallam va uning sahobalari bu bosqichda o‘zlari duchor bo‘lgan tog‘dek ozorlarga qoyadek sabot bilan sabr qilishgan.

 Shu sababli, kofirlar malaylarining qatag‘on siyosatlari Hizb yigitlari qatiyatini hech qachon sindira olmaydi. Aksincha, g‘ayratimizga g‘ayrat qo‘shib, qadamlarimizni mustahkamlaydi. Biz Alloh yo‘lida – malomatchining malomatidan qo‘rqmay – Islomiy hayotni qayta boshlashdek sharafli ishimizni davom ettiraveramiz, in sha Alloh.

Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.