Amerika o‘z malaylarini ishlatib so‘ng uloqtirib tashlaydi, bas, bundan ibratlanadigan kishi bormi?!

431
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Amerika o‘z malaylarini ishlatib so‘ng uloqtirib tashlaydi, bas, bundan ibratlanadigan kishi bormi?!

Ustoz Shayf Shirodiy

Hiyra shahri podshohi No‘mon butun arablarning faxrlanishlari va forslar oldida maqtanishlariga arziydigan misli ko‘rilmagan bir qasr bunyod qilishni ixtiyor qiladi. Qasr arxitekturasi va qurilishiga Senmarni tanlaydi. G‘oyat ijodkor ruminiyalik quruvchi Senmar, qasrni Hiyra yaqinidagi balandlikka qura boshlaydi… Qasrning chor atrofini yam-yashil bog‘lar va gulzorlar bilan o‘raydi… Qasrning yuqori qismidan katta anhor oqizib kelib, qasrni doira shaklida aylanib, pastdagi daryoga oqib tushadigan qiladi. Senmar qasrni qurib bitirgach, odamlar uning chiroyi va mahobatidan hayratda qolishadi. Senmar bilan No‘mon qasr tepasida turishganda No‘mon Senmarni pastga itarib yuboradi va qasr quruvchisi til tortmay o‘ladi. Buni u bunday qasrni boshqa birovga ham qurib bermasligi uchun shunday qiladi.

Bu voqea bugun ham davom etyapti, Amerika ham o‘z malaylarini shunday qilyapti. Ular vazifalarini bajarib, xizmatga  yaramay qolishganda, ularni Senmarning kuyiga solyapti. Buning hech xayron qoladigan eri yo‘q. Chunki Amerika e’tiqod qilgan kapitalistik sistema mana shunday… Bu sistema insoniylik va axloqdan xoli, ishlarni faqat manfaat asosida o‘lchaydigan sistema. Amerika mana shunday badbo‘y kapitalistik tuzumning buzuq amaliy namunasiga aylandi. Shu bois, Amerika vahshiy, jinoyatkor, ahdga ham, va’daga ham vafo qilmaydigan davlat bo‘lib, terrorizmni yaratdi. U insoniyatning, xususan, musulmonlarning qoniga chanqoq, olam boyliklari va resurslarini talashda eng ochko‘z-to‘ymas davlat bo‘ldi. U olam davlatlariga o‘zining mana shu badbo‘y kapitalistik tuzumini zo‘rlab tiqishtirish bilan, butun insoniyatni o‘z domiga tortayotgan muammo va krizislarni keltirib chiqardi. Amerika o‘zining malaylari yordamida insoniyatdan millionlabini qirg‘in qildi, qochqinga aylantirdi, buzuq kapitalizmi orqali ocharchilikni va millionlab qashshoqlarni keltirib chiqardi. Uning va kapitalizmining yomonligi er yuzini yoppa qamrab oldi… Uning yomonligidan hatto o‘zining malaylari ham omon qolmadi. Butun umr uning xizmatini qilganlarga ham umuman achinmasligiga misollar juda ko‘p, ulardan ba’zilarini keltirmoqchimiz:

1 – Husni Muborak Amerikaga o‘ttiz yil xizmat qildi. Yaqin Sharqdagi dalloli bo‘ldi… Ammo 2011 yil 25 yanvarda unga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarilib, qo‘zg‘olonni bostirish qo‘lidan kelmagan paytda uni qamoqqa otdi va o‘rniga boshqasini olib keldi.

2 – Umar Bashir Sudanda kapitalistik tuzumni tatbiq qilishi oqibatida juda yomon vaziyat kelib chiqishi sababli 2018 yil oxirida qo‘zg‘olon ko‘tarildi. U ham qo‘zg‘olon olovini o‘chirishga ojizlik qilganda Amerika uni qamoq zulmatiga mahkum etdi va unga umuman achinmasdan hokimiyatga Harbiy Kengashni olib keldi.

3 – Pokistonning sobiq bosh vaziri Parvez Musharraf Amerikaga ko‘p xizmatlar ko‘rsatdi, uning Afg‘onistonga kirishida salmoqli rolь o‘ynadi. Biroq hokimiyatdagi vakolati tugagan paytda uni iste’fo berishga majbur qildi va aro yo‘lga tashlab ketdi.

4 – Jinoyatkor Qosim Sulaymoniy ham Amerikaga xizmat qildi, uning manfaati yo‘lida ko‘p ishlarni amalga oshirdi. Masalan, Iroq, Shom, Yaman va boshqa musulmon o‘lkalarida mazhabparastlik nizosini keltirib chiqarib, shu orqali o‘n minglab musulmonni o‘ldirdi, qochqinga aylantirdi. Lekin u ham ishga yaroqsiz bo‘lib qolgach esa, joniga qasd qildi… Bu bilan qahramon yasab, uning Rossiya, Suriya rejimi va Eron jangarilarining Shom yurtidagi jinoyatlariga parda tortdi.

Bas, shunday ekan, Amerikaning malaylariga bunday deymiz: Xo‘jayiningizga ishonmang, u ishonib bo‘lmas xiyonatkordir, sizdan o‘zi uchun hayotiy muhim bo‘lgan manfaalar uchungina foydalanadi, xolos. Endigi navbat sizlardan biringizga keldi. Masalan, yo Haftar bo‘ladi yoki Erdogan yoxud Salmon yo-da Ruhoniy yoki Sisiy va yo boshqasi nishonga olingan bo‘ladi. Qaysinisi yaramay qolsa, Amerika uni mazkur Senmarni taqdirlashgani kabi taqdirlaydi. Qancha unga xizmat qilishmasin, qancha uni rozi qilishga urinmasin, taqdiri o‘zidan oldingilar taqdiri bilan tugaydi. Oxiratda esa, ularni do‘zax azobi va Jabborning g‘azabi kutib turibdi!

Ey musulmonlar!

Kuch-qudrat va yuksaklik yo‘li ochiq ma’lum. U ham bo‘lsa, o‘z ahlini hargiz aldamaydigan Hizb ut-Tahrir bilan birga faoliyat qilishdir. Maqsad, G‘arbning barcha malaylarini qulash arafasida turgan hokimiyatlarini ag‘darib, ularning xarobalari uzra Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etishdir. O‘sha kunda Allohning nusratidan barcha mo‘minlar shodlanurlar.

Roya gazetasidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.