Moskvada Tablig‘ jamoatining etti a’zosi ushlandi

438
0

Moskvada Tablig‘ jamoatining etti a’zosi ushlandi

 Moskva shahri va Moskva viloyatida Tablig‘ jamoati a’zolari hibsga olindi. Bu haqda FXX matbuot xizmati xabar qildi.

 Xabar qilinishicha, uch nafar guruh etakchisi va to‘rt nafar faol a’zosi qo‘lga olingan. Ular tashkilotga fuqarolarni jalb qilish ishlari bilan shug‘ullangan. Yig‘ilgan fuqarolar orasida ular Tablig‘i jamoati g‘oyalarini tarqatishgan. Yacheykaga markaziy osiyolik migrantlar a’zo bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Tintuv vaqtida ularda taqiqlangan adabiyot va tashkilotga tegishi atributika aniqlandi.

 Qo‘lga olinganlarga nisbatan jinoiy ish ochildi.

 Izoh: O‘tmishda ham, hozir ham Islom va musulmonlarga qarshi adovat bilan kurashgan va kurashib kelayotgan rus hukumati nomi Islom dini bilan aloqador har qanday harakat va tashkilotlarni hech bir asossiz to‘qima ayblovlar bilan taqiqladi. Islom va musulmonlarga qarshi kurashda islomiy harakatlar siyosiy bo‘ladimi yoki Tablig‘ jamoasi kabi siyosatga aralashmay, odamlarni faqat ibodat va ahloqqa da’vat qiladigan harakatlar bo‘ladimi farqsiz, a’zolarini uzoq yillarga ozodlikdan mahrum etib, qamoqxonalarda musulmonlarga nisbatan g‘ayri insoniy qiynoq va jazolarni qo‘llab kelyapti.

 Qirg‘iziston hukumati ham Rossiya bosimi ostida mamlakat hududida Tablig‘ harakatini taqiqlashga bir necha bor harakat qilib ko‘rdi. Chunki, Qirg‘iziston a’zo bo‘lgan ShHT va KXShT kabi tashkilotlarga a’zo barcha davlatlarda islomiy boshqa jamoalari qatorida Tablig‘ jamoasining faoliyati ham taqiqlangan. Biroq, Qirg‘iziston musulmonlarining Tablig‘ jamoasiga nisbatan ijobiy munosabatlari hukumatni bu harakatni taqiqlashiga to‘siq bo‘ldi. Ammo, qirg‘iz hukumatining bunday chekinishi vaqtinchalik chora bo‘lishi ham mumkin. Islom va musulmonlarga qarshi bor imkoniyatlari bilan kurashayotgan Rossiya va Xitoy davlatlari Qirg‘iziston hukumatidan qattiqroq talab qiladigan bo‘lsa, bu masala yana qayta ko‘tarilishi ehtimoli ham yo‘q emas. Chunki, bu kufr davlatlari biror islomiy harakatga qarshi emas, balki Islom diniga, uni yana qayta hayot maydoniga qaytishiga qarshi kurashishmoqda. Bu kurashda esa ular Islomga aloqasi bor birorta ham harakatni chetlab o‘tishmaydi. Bu harakatlar xoh siyosiy bo‘lsin, xoh odob-ahloq va ibodatgagina da’vat qiladigan bo‘lsin farqi yo‘q. Shuning uchun ham musulmonlar kufrning nayranglariga aldanmay, ular tomonidan o‘ylab topilgan to‘qima atamalarga ishonmay birlashishlari, bir-birlarini taqdirlariga beparvo bo‘lmasliklari, “hukumat menga tegmayapti-yu” deb xotirjamlikka berilmay Islom rivoji uchun hamjihatlikda harakat qilishlari zarur.  

“Albatta, mo‘minlar og‘a-inidirlar” (Hujurot surasi 10-oyat).

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.