Logistika markazi qurilmaydigan bo‘ldi

509
0

Logistika markazi qurilmaydigan bo‘ldi

 17-fevral kuni At-Bashida logistka markazini qurish to‘g‘risidagi shartnoma bekor qilindi.

 Bu haqda “Norin” erkin iqtisodiy zonasi rahbari Artur Bayterekov ma’lum qildi.

 “At-Bashi qirg‘iz-xitoy erkin savdo zonasi” kompaniyasining Industrial-savdo-logistika markazini qurish bo‘yicha loyihani yopish to‘g‘risidagi qarorga muvofiq, maydoni 200 gektar erni 49 yilga ijaraga berish bitimi bekor qilindi. Ayni vaqtda biz bunga qadar qishloq xo‘jaligi zararlarini qoplash maqsadida investor to‘lagan 43 millon somdan oshiq mablag‘ni qaytarish bo‘yicha hukumatga xat tayyorlapmiz”, – dedi Artur Bayterekov.

 17-fevralda shu kabi xabarni “At-Bashi qirg‘iz-xitoy erkin savdo zonasi” ishxonasi ham e’lon qildi. Xabarda aytilishicha, ishxona At-Bashidagi industrial-savdo-logistika markazi qurilishiga 280 million dollar sarflash mo‘ljallangandi. Bu mablag‘ kompaniyaning xususiy resursidan ajratilib, bunda qirg‘iz hukumatining hech qanday kafilligi bo‘lgan emas. Barcha xatarlarni kompaniya o‘z zimmasiga olgan.

 Izoh: At-Bashida savdo logistika markazi qurilishi, shu maqsadda 200 gektar erni 49 yilga ijaraga berilishi otboshilklarning keskin qarshiliga va noroziligiga sabab bo‘ldi. Tuman aholisi markaz qurilishini bekor qilish talabi bilan bir necha bor miting o‘tkazishdi. Odamlarni tinchitish ilinjida rasmiy hukumat bir qator harakat qildi, tinch namoyishda ishtirok etgan va so‘zga chiqqanlarni qo‘rqitib ham ko‘rdi. Hatto bosh vazir Muhammedaliy Abilgaziev norozi namoyishchilarni “har oyda 150 million som sizlarga qoldiriladi” deb avrab ham ko‘rmoqchi bo‘ldi. Ammo namoyishchilar o‘z talablaridan voz kechishmadi. 17-fevral kuni bo‘lib o‘tgan so‘ngi mitingda namoyishchilar hukumatga bir qator talablar qo‘yishdi. Ular jumladan:

– Hukumatning Otboshi tumani Ak-Talaa qishlog‘i hududiga qarashli 200 gektar erni “Norin” erkin iqtisodiy zonasiga (EIZ) ijaraga berish to‘g‘risidagi qarori bekor qilinsin.

 – “Norin” EIZsi bilan “Nur-Stroy” kompaniyasi o‘rtasidagi sharnoma yaroqsiz deb topilsin.

 – Otboshi tumani hududida shu kabi ishlarni amalga oshirish va konlarni foydalanishga berish masalasi xalq yig‘inlarida xal qilinsin.

 – Xalq bilan hisoblashmay, o‘zboshimchalik bilan buyruq chiqargan Otboshi tumani Ak-Talaa qishloq yig‘ini raisi Kanatbek Stamakunovga jiddiy ogohlantirish berilsin.

 – Xalq yig‘inlarida chiqib so‘zlagan fuqarolarning huquqni muhofaza qilish organlari ta’qib qilmasin. Ularning oila a’zolari, ayollari va farzandlarini qo‘rqitish to‘xtatilsin.

 “Hukumatni, agar ushbu talablar ikki hafta ichida bajarilmasa, keskin choralarga o‘tishimiz haqida ogohlantiramiz”, – deyilgandi hukumatga yo‘llangan talabda.

 Mahalliy aholining o‘z qarorida qat’iy turishi hukumatni ortga chekinishga majbur qildi. Ammo bu chalg‘ituvchi qadam bo‘lib, odamlarni xitoy kompaniyalariga qarshi bo‘lgan nafrati bir oz so‘nishi bilan bu loyihani yana qayta amalga oshirishga kirishishi mumkin.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.