Rossiya Qirg‘izistondagi harbiy bazasiga Havo hujumiga qarshi mudofaa tizimini joylashtirmoqchi

60
0

Rossiya Qirg‘izistondagi harbiy bazasiga Havo hujumiga qarshi mudofaa tizimini joylashtirmoqchi

 Rossiya Qirg‘izistondagi o‘zining harbiy bazasiga Havo hujumiga qarshi mudofaa tizimini joylashtirmoqchi. Bu haqda RF mudoffa vazirining o‘rinbosari – stats kotibi Nikolay Pankovga tayangan holda RIA “Novosti” xabar berdi.

 “Mazkur ish doirasida yaqin istiqbolda uchuvchisiz apparatlar bo‘linmasini joriy qilish va Rossiya Birlashgan harbiy bazasi tarkibiga kiritishni rejalashtirayapmiz”, – dedi Pankov Davlat Dumasida Rossiya Birlashgan harbiy bazasining QR hududida bo‘lish maqomi va tartiblari to‘g‘risida RF va Qirg‘iziston o‘rtasida erishilgan protokolni ratifikatsiya qilish mavzusida so‘zlagan nutqida.

 “Navbatdagi bosqichda Rossiya harbiy bazasiga havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini joylashtirish bo‘ladi. Bundan tashqari, “Qant” aerodromi infratuzilmalari obьektlari rekonstruktsiya qilinadi”, – deya qo‘shimcha qildi Pankov, deya yozdi nashr.

Ta’kidlanishicha, 2019 yil dekabrida RFprezidenti Vladimir Putin Davlat Dumasiga RFning Qirg‘izistondagi harbiy bazasi to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha protokolni ratifikatsiya qilish uchun taqdim qilgan edi, bu o‘zgartishlarga ko‘ra Rossiya o‘zining bazasi tarkibiga uchuvchisiz apparatlar bo‘linmasini kiritishi mumkin.

 Izoh: 2-3 fevral kunlari O‘zbekistonda bo‘lgan AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo Markaziy Osiyo davlatlari haqida “…Ular Xitoy va Rossiya ta’siri bor mintaqada joylashgan. Biz ular bajarishini xohlayotgan, Amerika bu erda qilayotgan ish ularning to‘g‘ri qarorlar qabul qilish qobiliyatini, qonunlar asosida shaffof boshqaruvga erishishini qo‘llab-quvvatlashdir”,- degandi. O‘zbekistonga kelishidan oldin Qozog‘istondagi uchrashuvlarda qozoq hukumatini AQSh kompaniyalari bilan hamkorlikni kuchaytirishga va Xitoyning Sharqiy Turksitondagi musulmonlarga qarshi olib borayotgan siyosatiga qarshi AQSh bilan birga bo‘lishga chaqirgan edi.

 Pompeoning Qozog‘iston va O‘zbekistonga amalga oshirgan safaridan so‘ng AQSh Davlat Departamenti yangi dasturini e’lon qildi. Dasturga ko‘ra, Evropa, Evrosiyo va Markaziy Osiyoda Rossiyaning dezinformatsiyasi va tashviqotiga qarshi turish, uning zararli ta’siridan himoyalanish uchun 763,8 million dollar miqdorida xorijiy yordam va 24 million dollar miqdorida aniq maqsadlarda moliyalash (turli axborot nashrlari qo‘llab-quvvatlash tarzida ko‘mak berish) ko‘zda tutilgan.

 AQShning Markaziy Osiyoga qaratayotgan bunday jiddiy e’tibori Rossiyani qarshi choralar ko‘rishga undashi tabiiy. Chunki, Rossiya Markaziy Osiyoni o‘zining ekinzori sifatida ko‘rishga ko‘nikib qolgan va bu mintaqaga AQShni suqulib kirishini jim kuzatib turmaydi. Shu sababli ham u mintaqada o‘zining harbiy ishtirokni yanada kuchaytirishga intilmoqda. Buning uchun eng qulay yo‘l Qirg‘iziston va Tojikistondagi harbiy bazalarini kuchaytirish va o‘zini mintaqadagi tinchlik garovi sifatida ko‘rsatishdan iborat. Agar O‘zbekiston yoki Qozog‘iston Rossiyaning zimdan berayotgan  “ogohlantirish”lariga e’tibor qilmay AQSh bilan yaqinlashishni davom ettiradigan bo‘lsa, Rossiya so‘ngi uslub “terrorizm” tahdidini paydo qilish va bir nechta sun’iy teraktlar ham uyushtirishi ham ehtimoldan uzoq emas. 

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.