MXDQ yana bir da’vatchini qamoqqa oldi

323
0

MXDQ yana bir da’vatchini qamoqqa oldi

 OAV xabar qilishcha, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tomonidan Bishkek shahrida Hizb ut-Tahrir islomiy siyosiy partiyasining faol a’zosi qo‘lga olingan Maxsus xizmatlar xabariga ko‘ra, u internet orqali “xalifalik”ni tiklashga da’vat qilgan. Birinchi may tuman sudi qaroriga muvofiq, da’vatchi №1 tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.

 Qirg‘izistonda Hizb ut-Tahrir islomiy siyosiy partiyasi dastlab Akaev prezidentligi davrida taqiqlangan. Bunda Qirg‘iziston hukumati Rossiya hukumatiga malayligini bildirib, Hizb ut-Tahrirni ekstremistik tashkilot deb topgan.

 Aslida, “ekstremizm” g‘arblik mustamlakachi kofir derjavalar tomonidan o‘ylab topilgan atama. Shunday bo‘lsada, unga xalqaro miqiyosda aniq ta’rif berilmagan. Shuningdek, har bir davlatning ekstremizmga nisbatan bergan milliy-yuridikalik ta’riflari turlicha.

 Masalan, Shanxay hamkorilik tashkiloti 2001-yili qabul qiligan ta’rifi bilan Evropa Kengashining Parlament Assambleyasi 2003-yili qabul qilgan rezolyutsiyasida berilgan ta’rif bir-biridan farq qiladi.

 Qirg‘iziston ham Rossiya va Xitoy kofir derjavalari tashkil etgan ShHT tashkiloti a’zosi bo‘lganligi sababli bu tashkilotning ekstremizmga bergan ta’rifini keltirib o‘tamiz:

 – Tomonlarning milliy qonunchiligida jinoyat sifatida e’tirof etilgan, hokimiyatni kuch bilan olish yoki kuch bilan ushlab turish; davlatning konstitutsiyaviy tuzumini kuch bilan o‘zgartirish; jamiyat xavfsizligiga tajovuz qilish, shu jumladan, yuqoridagi maqsadlarda noqonuniy qurolli guruhlarni tashkil etish yoki ularda ishtirok etishga yo‘naltirilgan har bir harakatlar – ekstremizm deb ataladi.

 ShHT ta’rifidan olib qarganda

 – Akaevning aqsilik fuqarolarni otishi – hokimiyatni kuch bilan ushlab turishga qaratilgan ish bo‘lgani sababli – ekstremizm

 – Bakievni hokimiyatga kelishi va ketishi – Hokimiyatni kuch bilan olish va kuch bilan ushlab turishga qaratilgan ish bo‘lgani sababli – ekstremizm

 – Vaqtli hukumatning hokimiyatga kelishi ham – hokimiyatni kuch bilan olganligidan – ekstremizm

 – Hozir ishi tergov qilinayotgan Atambaevning so‘nggi harakatlari ham ekstremizm hisoblanishi kerak edi.

 Bulardan farqli ravishda, Hizb ut-Tahrir partiyasi – kofirlarning yuqoridagi ta’rifiga ko‘ra ham – hech qanday ekstremistik faoliyat olib borgan emas. Aslida Hizb kofirlar o‘ylab topgan bunday atamalarni tan olmaydi. 

 Hizb ut-Tahrir islomiy siyosiy partiya bo‘lib, hech qachon moddiy harakatlarga bormaydi. U faqat fikriy-siyosiy kurash olib boradi. Hizb ut-Tahrirning moddiy faoliyat bilan shug‘ullanmasligi  uning hokimiyatdan qo‘rqqanligi uchun emas, balki Hizb – Alloh taolo aytganidek, Rasulimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam ko‘rsatib ketgan yo‘lni ushlaganligidan – faoliyatida hech qachon moddiy kuch qo‘llashga o‘tmaydi. Chunki, Rasul sollallohu alayhi va sallam Madinada davlat barpo qilgunlariga qadar faqa fikriy-siyosiy kurash olib borganlar. Rasul Akram sollallohu alayhi va sallam va uning sahobalari bu bosqichda o‘zlari duchor bo‘lgan tog‘dek ozorlarga qoyadek sabot bilan sabr qilishgan.

 Shu sababli, kofirlar malaylarining qatag‘on siyosatlari Hizb yigitlari qatiyatini hech qachon sindira olmaydi. Aksincha, g‘ayratimizga g‘ayrat qo‘shib, qadamlarimizni mustahkamlaydi. Biz Alloh yo‘lida – malomatchining malomatidan qo‘rqmay – Islomiy hayotni qayta boshlashdek sharafli ishimizni davom ettiraveramiz, in sha Alloh.

Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.