Amerika bilan Xitoy o‘rtasidagi savdo bitimi

73
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Savolga javob

Amerika bilan Xitoy o‘rtasidagi savdo bitimi

Savol:

AQSh prezidentining aytishicha, «Xitoy bilan savdo shartnomasining birinchi bosqichi bo‘yicha kelishuv 15 yanvardan, ya’ni o‘tgan oy e’lon qilingan sanadan «ko‘p o‘tmay» imzolanadi. U qo‘shimcha qilib bunday dedi: bir necha oylardan beri dunyoning ikki yirik iqtisodi o‘rtasida bo‘layotgan hamda bozorlar notinchligiga olib kelib, global o‘sishga ta’sir ko‘rsatgan savdo urushini to‘xtatish harakatlari doirasida, men Xitoy bilan imzolanadigan shartnomaning ikkinchi bosqichini prezidentlik saylovlaridan so‘ng tamomlashni istayman…». (Bavvabatul Ayn, 2020 yil 10 yanvar). Xitoy savdo vazirligi ham buni rasmiy ravishda tasdiqladi: «Bosh vazir o‘rinbosari Lyu savdo shartnomasining birinchi bosqichi bo‘yicha kelishuvni imzolash uchun Vashingtonga boradi. Bu – savdo shartnomasi bo‘yicha Xitoy tomonidan imzolangan birinchi rasmiy tasdiqlash bayonnomasi hisoblanadi. Bundan oldin Tramp bitim imzolangandan keyin ikkinchi bosqichdagi muzokaralarni boshlash uchun Pekinga borajagini aytgan edi». (Trade Captain, 2020 yil 10 yanvar). Bu – Amerika bilan Xitoy o‘rtasidagi savdo bo‘yicha taranglikning tugaganini anglatadimi?

Javob:

Ushbu savollarga javob berishdan oldin, shuningdek, Amerika bilan Xitoy o‘rtasidagi savdo urushining aslini tushunib olish uchun quyidagilarni bayon qilib o‘tamiz:

Birinchi: masalaning kelib chiqishi:

1 –       Amerikaning Xitoyga nisbatan siyosatini kuzatib borgan kishi shunga guvoh bo‘ladiki, Amerika har doim Evroosiyo (Evropa va Osiyo)da ustun bo‘lishga intilib, Xitoyning olg‘a siljishiga yo‘l bermay keladi. Buning boisi shundaki, Evroosiyo nozik mintaqa. Shu bois, Amerika o‘zining tashqi siyosatida u erdagi hukmronligini ta’minlash uchun alohida kuchli siyosat ishlab chiqqan va bu siyosati bugungi kungacha AQSh muassasalari manfaatiga xizmat qilib kelmoqda. 1991 yilda Sovet Ittifoqi parchalangach, Amerikadagi siyosiy doira Xitoyga nisbatan AQSh siyosatini belgilashda asosan ikki qismga bo‘lindi:

Birinchisi Xitoyni Amerika boshchiligidagi xalqaro tizimda manfaatdor va javobgar davlatga aylantirish uchun uni sherik qilish yoki u bilan hamkorlik qilish bo‘yicha harakat qilish lozim, deb tushundi.

Ikkinchisi Xitoyning niyatlariga ishonmaslikni hamda uning G‘arbdagi Amerika boshchiligidagi xalqaro tizimga qarshi kurashuvchi raqib ekanini ko‘zdan qochirmaslikni ta’kidladi.

To‘qsoninchi yillar o‘rtasida AQSh tashqi siyosat muassasalari Xitoyni raqobatbardosh kuch sifatida baholashga qaror qilib, Xitoyning yuksalishini cheklash siyosatini qabul qildi. Masalan, Klinton va Obamaning siyosiy ma’muriyatida Xitoy siyosatiga nisbatan jilovlash siyosati qo‘llandi. Kichik Bush va Tramp davriga kelib, Respublikachilar ma’muriyati Xitoyni jilovlashda yanada agressiv siyosat olib bordi. Tramp Xitoyga qarshi ochiq-oydin savdo urushiga safarbarlik e’lon qildi». (Financial Times).

2 –       Amerikaning Xitoyni jilovlash siyosati asosan ikki maqsadga qaratilgan: birinchisi – Xitoyning mintaqaviy qudrat sifatida o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik; Ikkinchisi – G‘arbga xos xalqaro tizimning biror jihati Xitoy tomonidan o‘zgartirilishini oldini olish. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun Qo‘shma Shtatlar bir necha chora-tadbirlarni qabul qildi. Jumladan:

–          «Xitoyning Tibet, Sharqiy Turkiston, Gonkongda inson huquqlarini buzayotganligi masalasini qo‘zg‘ash…

–          Xitoyni Shimoliy Koreyaning yadroviy krizisi bilan hamda Janubiy Xitoy dengizidagi mintaviy nizolar bilan band qilib qo‘yish…

–          Xitoyning harbiy intilishlari va Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi o‘sishini cheklashda Hindiston, Yaponiya va Avstraliyadan foydalanish…

–          Xitoyning eng yangi texnologiyalarni qo‘lga kiritishiga hamda (bitta kamar va bitta yo‘l) tashabbusiga to‘sqinlik qilish…».

Darhaqiqat, AQSh siyosiy muassasalari Xitoyning harbiy intilishlarini to‘xtatish uchun – ba’zi choralarga ozroq o‘zgartirish kiritish bilan – jilovlash siyosati bo‘yicha yurib keldi. Shunga qaramay, 2008 yildagi global moliyaviy krizisdan so‘ng, shuningdek, AQShning Afg‘oniston va Iroqqa urushi ortidan Qo‘shma Shtatlar Xitoyni jilovlash siyosati etarli darajada bo‘lmayotganini tushunib etdi va uni yanada mustahkamlashga kirishdi. Obamaning «Osiyo strategiyasi», deb atalgan strategiyasi Amerikaning harbiy texnika va askarlarini Evropadan Osiyo va Tinch okeaniga ko‘chirishga, keyin Xitoyning harbiy imkoniyatiga qarshi turishga qaratilgan. Shundan so‘ng Tramp to‘g‘ridan-to‘g‘ri Xitoy iqtisodiyotini nishonga ola boshladi va uning ma’muriyati Xitoyni «valyuta manipulyatsiyachisi», deya sifatlab, Pekinga qarshi savdo urushini boshladi. U Xitoyni xalqaro standartlarga asoslangan tizim bo‘yicha ushlab turishga qattiq harakat qildi. (Bi-Bi-Si).

Ikkinchi: Amerika bilan Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi:

1 –       Yuqorida aytganimizdek, Amerika Xitoyning yuksalishiga chek qo‘yish uchun unga qarshi savdo urushini boshladi. Shundan so‘ng bu ikki iqtisodiy qudrat o‘rtasidagi ayni urush savdodagi nomutanosiblik tufayli tezlashib ketdi. Zero, AQSh Xitoydan 558 milliard dollarlik tovar va xizmatlarni import qiladi va buning evaziga Xitoy 179 milliard dollarlik tovar va xizmatlarni AQShdan import qiladi. (AQSh savdo vakolatxonasi). Biroq, so‘nggi paytlarda har ikki davlat ham birinchi navbatda o‘z manfaatlarini qo‘lga kiritishlari uchun o‘rtalarida yaqinlashuv kuzatilmoqda!

2 –       So‘nggi oylarda Qo‘shma Shtatlar Xitoy bilan qisman savdo shartnomasini imzolashga muvaffaq bo‘ldi. «O‘tgan yildan buyon dunyodagi ikki yirik iqtisod o‘rtasida davom etgan savdo urushiga chek qo‘yildi. Tramp ilgari savdo shartnomasining birinchi bosqichi keng qamrovli shartnomaning oltmish foizini tashkil qilishini ma’lum qilgan edi. Taxminlarga ko‘ra, bu shartnoma Xitoy tovarlariga belgilangan boj tariflari pasaytirilishi evaziga Xitoyga Amerikaning qishloq xo‘jalik mahsulotlaridan ko‘proq sotib olish majburiyatini yuklaydi». (Arabiy Jadid, 2020 yil 5 yanvar). Arabiyya net ham 2019 yil 15 dekabrda bunday xabar tarqatgan: «Dunyoning ikki yirik iqtisodi o‘rtasida 21 oy davom etgan savdo urushidan so‘ng, Qo‘shma Shtatlar Xitoy bilan Savdo shartnomasining birinchi bosqichiga erishishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo unga kelayotgan yanvar oyidan oldin imzo chekilmaydi. Ushbu shartnomaga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Xitoydan import qiladigan 120 milliard dollarlik tovarlari uchun belgilangan 15 foizlik to‘lovning yarmini olib tashlaydi. Ammo 250 milliard dollarlik Xitoy tovarlari uchun belgilangan 25 foizlik tariflarni esa, amalda saqlab qoladi. Shuningdek, 160 milliard dollarlik Xitoy mahsulotlariga nisbatan 15 % bo‘lgan yangi to‘lovlarni qo‘llashni kechiktiradi. Zero, bu to‘lovlar o‘yinchoq va smartfonlarni o‘z ichiga olib, bugun kuchga kirishi kutilayotgan edi. Pekin ham keyingi ikki yil ichida kamida 200 milliard dollar miqdorida qo‘shimcha AQSh tovarlari va xizmatlarini import qilishga rozi bo‘ldi. Shuningdek, AQShdan import qiladigan ba’zi tovarlarga bugun kuchga kirishi kerak bo‘lgan qo‘shimcha to‘lovlarni to‘xtatadigan bo‘ldi. Bu – AQSh avtomobillariga 25 %, avtomobil ehtiyot qismlariga esa, 5 foiz qo‘shimcha boj to‘lovidan iborat edi. Xitoy AQShning 125 milliard dollarga yaqin qiymatdagi mahsulotiga bojxona to‘lovlarini to‘xtatishni davom ettirishni bildirdi. Bunga qo‘shimcha, Xitoy Qo‘shma Shtatlardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olishni yiliga 50 milliard dollargacha oshirishga va’da berdi». Darhaqiqat, Tramp qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksporti uchun tinmay o‘sib turadigan bozorni topishga intilib keldi. Chunki u bu yil (2020 yil)gi umumiy saylovlarda qatnashmoqda. Shu bois katta qarzdor dehqonlarning ovozini yo‘qotishni istamaydi. Chunki eksport bozorlari etarli emas. Bundan oldin Bayon Nьyuz veb-saytida quyidagi xabar kelgan: «Juma kuni oqshomda Xitoy savdo vazirligi ayni savdo shartnomasining o‘zaro tenglik va hurmat tamoyillariga asoslanganini ma’lum qildi. Vazirlikka ko‘ra, shartnoma «muqaddima», «intellektual mulk huquqlari», «texnologiya», «oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari», «moliyaviy xizmatlar», «valyuta kursi va shaffoflik», «baholarni ikki tomonlama belgilash», «kelishmovchiliklarni hal etish» va «yakuniy masalalar»dan iborat to‘qqizta punktdan iborat». (Bayon Nьyuz, 2019 yil 13 dekabr).

3 –       Lekin savdo urushiga oid bu kelishuvlar ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy taranglikning tugashini anglatmaydi. Chunki savdo urushi Amerikaning Xitoyni nazorat ostiga olishga undagan haqiqiy sabab emas. Balki buning ortida ancha jiddiy hamda AQSh iqtisodiyotiga va birinchi navbatda xalqaro iqtisodiyotga xavf soladigan xatarli narsa bor. Gap shundaki, Xitoy simsiz aloqaning yangi avlodi bo‘lgan beshinchi avlod texnologiyasi bo‘yicha etakchi davlat hisoblanadi. Eng muhimi, ushbu beshinchi avlod texnologiyasi sun’iy aqlga erishishning debochasidir. Innovatsion mudofaa kengashi hamda Erik Shmidt (u «Alphabet» kompaniyasining sobiq rahbaridir), «LinkedIn» veb-saytining asoschisi Rid Xoffman va «Aspen» instituti sobiq ijroiy direktori yozuvchi Uolter Ayzekson bunday deyishadi: «Beshinchi avlod (5G) ustidan nazorat o‘rnatgan tomon keyingi o‘n yillik ichida yuzlab milliard dollar daromad topishi hamda simsiz texnologiyalar sohasida keng imkoniyatlarga ega bo‘lishi kutiladi. Beshinchi avlod (5G)ga ega davlat ko‘plab innovatsiya-kashfiyotlarni qo‘lga kiritishga va dunyoning qolgan qismi uchun standartlarni belgilab berishga muvaffaq bo‘ladi. Hozirda bu davlatning Qo‘shma Shtatlar bo‘lishi dargumon». (ZDNet veb-sayti).

4 –       Ma’lumki, beshinchi avlod (5G) juda tezdir. Masalan, «Tadqiqotchilarning ma’lum qilishlaricha, (5G) texnologiyasi orqali aloqa tezligi sinab ko‘rilganda, rekord darajaga, ya’ni, sekundiga bir tirabaytga etgan. Unutmaslik lozimki, bu tezlik hozirgi paytdagi tezlikdan 200 barobar ko‘pdir. Britaniyaning Surrey universitetidagi beshinchi avlod tarmog‘ini rivojlantirish markazi tomonidan o‘tkazilgan sinovlarga ko‘ra, uzun filьmlarning hajmidan 100 marta katta bo‘lgan faylni 3 soniya ichida yuklash mumkin. Bu yangi tezlik 4G tarmoqlaridagi yuklab olishning o‘rtacha tezligidan qariyb 65 ming marta yuqoridir. Bu yil internetga ulangan qurilmalar soni 50 milliarddan 100 milliardga ko‘payishi kutilmoqda. Shu sababli, internetga ulanish yo‘lida ushbu keng talabni qondirish uchun yangi va turli xil chastotalar diapazonlarini qo‘lga kiritish lozim. (5G)ning texnik jihatdan qanday ishlashiga kelsak, hozirda «MIMO» (ko‘p kirish va ko‘p chiqish), deb nomlangan texnologiya mavjud bo‘lib, u (5G) tarmoqlarining ishlashida va ularning samaradorligi standartlarida asosiy rolni o‘ynaydi. Shuningdek, unda ma’lumotlar uzatishda individual xizmat ko‘rsatish uchun bir necha kichik antennalardan foydalaniladi. «Samsung» kompaniyasi ma’lumotlarni yuklab olishning ajoyib tezligini qo‘lga kiritish uchun ushbu texnologiyani qo‘llagan…». (Al-Arab, 2017 yil 13 avgust).

5 –       2017 yil Erik Shmidt Jahon iqtisodiy forumida «Xitoy yaqin orada ilg‘or sun’iy aql (AI)ni rivojlantirish bo‘yicha AQShni ortda qoldiradi», dedi». (Jahon iqtisodiy forumi). Sun’iy aql quyidagilarda yaqqol ko‘rinadi:

–          Mijozning muammolarini tezroq tushunish va yanada samarali javob berish uchun sun’iy aql yordamida suhbat olib boruvchi robotlardan foydalanilganda;

–          Sun’iy aqlni ishlab chiqaruvchilar jadval tuzishni takomillashtirish uchun ma’lumotlarni ulkan ma’lumotlar to‘plamidan saralab olishda undan foydalanganlarida.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, kelasi bir necha yilda sun’iy aqlga nisbatan qiziqish yanada ortib, investitsiyalar yotqiziladi. «Deloitte» kompaniyasi hisob-kitoblariga ko‘ra esa, 2021 yilga kelib, sun’iy aql va mashinalarni o‘rganishga 57.6 milliard dollar sarflanadi. Bu 2017 yilga nisbatan besh barobar ko‘p.

6 –       Trampning (5G) ishlab chiqaruvchi «Huawei» kompaniyasiga ochiqdan-ochiq qarshi chiqishi kutilmagan hol emas. U ayni Xitoy kompaniyasining xavf tug‘dirishi haqida bir necha bor bayonot berdi. Masalan, NATOning navbatdagi sammitida «Huawei» haqida to‘xtalib, «Menimcha, bu xavfsizlikka tahdid, xavfsizlikka tahdid», dedi. (Biznes insayder). Shu sababdan Italiya, Angliya, Germaniya singari bir qancha G‘arb davlatlarida beshinchi avlod (5G) tarmog‘ini jadallashtirish yoki bozorga olib chiqishdan «Huawei»ni uzoqlashtirish uchun Qo‘shma Shtatlar bu davlatlarga bosim o‘tkazdi. Bularning barchasi xavfsizlik buzilmoqda, degan soxta bahonalar bilan amalga oshirilmoqda. Shuningdek, u Kanadadan «Huawei» kompaniyasining moliyaviy direktori Men Vanьchjouni AQShning Eronga qo‘ygan sanktsiyalarini buzganlik aybi bilan qamoqqa olishni talab qildi. Ya’ni, Amerika Xitoyning (5G) tarmog‘iga taqiq qo‘yilishidan manfaatdor. Tramp shuningdek, Xitoyga kompьyuter chiplarni sotishni taqiqlagan.

7 –       Xitoyning 2025 yil rejasiga muvofiq, xitoyliklar texnologiya sohasida mustaqil bo‘lishga anchadan beri harakat qilishmoqda. Biroq, amerikaliklarning «Huawei» va boshqa Xitoy kompaniyalariga nisbatan munosabati Xitoyning asosiy texnologiyalarda to‘liq mustaqillikka erishish borasidagi sa’y-harakatlarini tezlashtirib yubordi. Xitoyliklar o‘zlarining operatsion sistemasini 2022 yil kirishi bilan ishga tushirishni rejalashtirishayotgani to‘g‘risida ma’lum qilib, «IBM», «Microsoft», «Dell» va boshqa Amerika kompaniyalari oldida eshiklar yopib qo‘ydi. Bundan tashqari, Xitoy o‘zining kompьyuter chiplarini ishlab chiqarishni ham rejalashtirmoqda. U shu sohadagi minglab tayvanlik muhandislarga bir necha barobar oylik tayinlab, yaqin yillar ichida Xitoyga ko‘chib kelishlarini ta’minladi. Amerikalik tahlilchilar taxminiga ko‘ra, 5-7 yil orasida Xitoy kompьyuter chipi sanoatida mustaqil bo‘la oladi. Mana shunday tadbir-choralar qo‘llash bilan Pekin sun’iy aqlning yangi iqtisodiyotidan katta daromad oladi.

8 –       Amerika Xitoyning (5G) va (AI) tizimida etakchilik qilish imkoniyatini cheklash uchun bor imkoniyatini sarflamoqda. Chunki ushbu texnologiya xuddi bug‘li va elektrodvigatelь hamda kremniy chip texnologiyasi kabi g‘oyat muhim hisoblanadi. Zero, bu texnologiyalar ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sish uchun motor vazifasini o‘taydi. Shunday qilib, hozirgi savdo urushi faqatgina AQSh-Xitoy o‘rtasidagi savdo balansiga qaratilgan savdo urushi emas. Balki, undan ham kattaroq narsalar ustidagi, ya’ni, texnologik, xususan, (5G) urushidir. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda ikki qutbli texnologik tizim vujudga kelishi mumkin. Birinchi qutbda AQSh etakchiligidagi G‘arb, ikkinchisida Xitoy bilan dunyoning qolgan qismi bo‘ladi. Agar Xitoyning texnologik tizimi Evroosiyo ustidan hukmronlik qiladigan bo‘lsa, Xitoyning ayni sohada AQSh ustuvorligiga nisbatan tahdid solish ehtimoli yanada ortadi.

Shuning uchun garchi Tramp «o‘z ma’muriyatining tez orada AQSh bilan Xitoy o‘rtasidagi savdo shartnomasining ikkinchi bosqichi bo‘yicha muzokaralarni boshlashini, biroq, u har qanday kelishuvning yakunlanishini kelasi yil noyabrda bo‘lib o‘tadigan AQSh prezidentlik saylovidan keyin kutib qolishini», aytganidek (Bavvobatul ayn, 2020 yil 10 yanvar), barcha bosqichlari bo‘yicha kelishuv imzolangan taqdirda ham, bu narsa jangchining bir oz nafasni rostlab oladigan tanaffusi kabi bo‘ladi, xolos. Undan nariga o‘tmaydi, ayniqsa, (5G) texnologiyasi masalasida. Chunki Amerika Xitoy bilan teng bo‘lishga rozi bo‘lmaydi. Hatto teng bo‘lishga Xitoy rozi bo‘lgan taqdirda ham, Amerikaning takabburligi buni qabul qilmaydi!

            17 safar 1441h

            12 yanvar 2020m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.