Kashmirdagi birdamlik kunini bayram qilish uchun eng munosib yo‘l Pokiston qurolli kuchlarining Srinagarda Xalifalik bayrog‘ini ko‘tarishidir

582
0

Kashmirdagi birdamlik kunini bayram qilish uchun eng munosib yo‘l Pokiston qurolli kuchlarining Srinagarda Xalifalik bayrog‘ini ko‘tarishidir

2019 yil 16 yanvar kuni Bajva-Imron rejimi Kashmirdagi hamdardlik kunini bayram qilinishini juda «to‘g‘ri», deb e’lon qilgan ekan, bu Kashmirni tahqirlash va nazarga ilmaslik hisoblanadi. 2020 yil 5 fevral Kashmir hamdardligi kunidir. Zero, roppa-rosa olti oy burun hind davlati bosib olingan Kashmirni butunlay yutib-hazm qilish maqsadida bo‘lib tashlashni boshladi. Bajva-Imron rejimi esa, bunga nisbatan umuman reaktsiya bildirgani yo‘q. Balki u Kashmirdagi har qanday qarshi kurashni jinoyat va «terror», deb baholadi. Holbuki, Hindiston davlati bosib olingan Kashmirni dunyodagi eng katta hibsxonaga aylantirdi. U erda sakkiz million mahbus bo‘lib, ularni 900 ming askar qo‘riqlaydi. Bundan tashqari 13 ming yoshlar hibsga olingan, ko‘plagan musulmonlarni yo‘q qilish uchun qonunlar ishlab chiqarilgan. Xitoy rejimining uyg‘ur musulmonlarni yo‘q qilishga qaratilgan ishidan o‘rnak olib, Kashmir musulmonlari orasida ekstremizmni yo‘qotish bo‘yicha chaqiriqlar yangragan. Bu ishlar tilyog‘lamalik, ramziy chora tadbirlar va yolg‘on yig‘i orqali amalga oshirilmoqda. Bajva-Imron rejimi Hindiston davlatiga bosib olingan Kashmirda harbiy yurishlarini kuchaytirishi uchun keng yo‘l ochib bergan. Holbuki, Hindistonning qo‘rqoq armiyasi etmish yildan beri Pokistondagi musulmonlardan to‘la yordam olayotgan jasur musulmon jangchilar qarshisida chekinib kelayotgan edi. Jinoyatchi Bajva-Imron rejimi Pokiston qurolli kuchlarini jilovlab turibdi. Bu kuchlar 2019 yil 27 fevralda Hindiston armiyasiga qattiq zarba berganidan keyin Hindiston armiyasi egallab turgan joyini tashlab qochgan edi. Bajva-Imron rejimi esa, Hindiston armiyasi musulmon Kashmir erlarini ularning va qurolli kuchlarining ko‘zi o‘ngida vayron qilishiga qarab turibdi.

Ey Pokiston musulmonlari! Bugungi eng katta yuk bu Bajva-Imron rejimidir. U elkamizga turli yo‘l va talablarni yuklab qo‘ygan, biz ulardan ozod bo‘lishimiz lozim. Ummatimiz navqiron va resurslarimiz ko‘p bo‘la turib, Xalqaro Valyuta Fondi qonunlari va shartlari orqali bizni qashshoqlarga aylantirishdi. Kuchli va irodali armiyamiz bo‘la turib, kofir Trampning o‘zini tiyish haqidagi buyrug‘iga itoat qilish orqali pastkash dushman oldida obro‘ e’tiborimizni pastga urishdi. Bajva-Imron rejimi boshqaruvi Alloh Taoloni g‘azablantiradi. Chunki u bizning ulkan imkoniyatlarimizni yo‘q qildi va Hindiston yarim orolining haqiqiy etakchilari bo‘lishdek haqqimizdan mahrum qildi. Bizning ajdodlarimiz bir necha asrlardan beri Hindistonni farovonlik va xavfsizlik bilan ta’minlagan bo‘lib, islomiy boshqaruvdan oldin bunaqasi bo‘lmagan edi. Shuning uchun Hizb ut-Tahrirning jasur yigitlari bilan Rosululloh ﷺ bashorat qilgan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni tiklash uchun faoliyat qilishga shoshiling. Biz Pokiston qurolli kuchlarini ulug‘ olim Ato ibn Xalil Abu Roshta etakchiligidagi Hizb ut-Tahrirga nusrat-yordam berishga chaqiramiz. Toki, ular Srinagor va Aqso masjidi uzra Xalifalik bayrog‘ini ko‘tarsinlar.

 فَلاَ تَهِنُوا وَتَدْعُوا إِلَى السَّلْمِ وَأَنْتُمْ الأَعْلَوْنَ وَاللَّهُ مَعَكُمْ وَلَنْ يَتِرَكُمْ أَعْمَالَكُمْ

«Bas (ey mo‘minlar), sizlar (u kofirlarga qarshi jang qilayotganingizda hargiz) sustkashlik qilmangiz va o‘zlaringiz ustun-g‘olib bo‘lgan hollaringizda (ularni) yarashga ham chaqirmangiz! Alloh sizlar bilan birgadir va U hargiz qilgan amallaringizning (savob-mukofotini) kamaytirmas» [Muhammad 35]

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.