Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati hukumat rahbarlariga Nahza to‘g‘onining fojiali natijalari bilan bog‘liq maktubni topshirdi

342
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati hukumat rahbarlariga Nahza to‘g‘onining fojiali natijalari bilan bog‘liq maktubni topshirdi

Efiopiyadagi Nahza to‘g‘oni qurilishiga ruxsat berilishi bilan Sudan va Misr hukmdorlari til biriktirgan jinoyat nihoyasiga etdi. Bu erda suv omborini suvga to‘ldirib ishga tushirish masalasida kelishib olishgina qoldi. To‘g‘on qurilishi voqeiy ishga aylanganidan keyin Sudan va Misr hukumatlari Amerikaning rejasiga muvofiq yuradilar va texnik qo‘mita Xartumda yig‘iladi. So‘ng kelishuvning yakuniy imzosi shu oy oxirida Vashingtonda qo‘yiladi.

Shunga ko‘ra, Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyatining viloyat kengashi a’zosi ustoz Abdulloh Abdurrahmon amirligidagi delegatsiya 2017 yil sentyabr oyida «Nahza to‘g‘oni va suv urushi… hukmdorlar beparvoligi va Ummatning vazifasi» sarlavha ostida Hizb tomonidan chiqarilgan kitobchani quyidagi kishilarga etkazdi:

Abdulfattoh Burhon – boshqaruv kengashi raisi;

Muhammad Hamadon Daqlu – boshqaruv kengashi raisi noibi;

Doktor Abdulloh Hamduk – bosh vazir;

Asmo Abdulloh – tashqi ishlar vazirasi;

Yosir Abbos – irrigatsiya va suv resurslari vaziri.

Ularga bu kitobchani etkazishdan maqsad, Nahza to‘g‘oniga doir haqiqatlardan hamda Sudan va Misrga keladigan uning salbiy oqibatlaridan ularni xabardor qilish. Shuningdek, ushbu til biriktiruvni oxiriga etkazishga harakat qilingan taqdirda tarixiy javobgarlikni ularga yuklashdir.

Roya gazetasining 2020 yil 29 yanvar chorshanba kungi 271-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.