Dorul kufrda zulmni daf qilish uchun sudga murojaat qilish to‘g‘risidagi savolga javob

485
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir amiri olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaning feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan (fiqhiy)

ইবনুল আযরাক (Ibn Azraq)ning dorul kufrda zulmni daf qilish uchun sudga murojaat qilish to‘g‘risidagi savoliga javob

Savol:

Assalamu Alaikum my beloved Brother. I have an important question to you.

In surah Nisa, ayah number 60, Allah forbid us to go to Tagut for judgement.

But in absence on Khilafah, every lands of Muslims are governed by Tagut leaders?

So, if we need to solve any dispute, Can we go to the court of those Tagut leaders?

Suppose, one of my family members is raped. So is it valid to go to court for judgement where judgement will be done by democratic Tagut?

They are not judging by shariah. And Allah forbids it to go to Tagut who solve a dispute by his own law other than Allah.

Jazakallahu khoir brother.

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh

Biz bu to‘g‘rida 2009 yil, 18 fevralda savolga javob nashrasini chiqarganmiz. Quyida uning matnini keltiramiz:

(Shar’iy sud bo‘lmagan dorul kufrda yashaydigan shaxs zulmni daf qilish va o‘z haq-huquqi paymol bo‘lmasligi uchun sudga murojaat qilsa bo‘ladi. Lekin shu shart bilanki, o‘sha huquq u uchun shariatga zid qonunlarda emas, balki shariatda belgilangan huquq bo‘lishi lozim.

Masalan Islom mulkini o‘g‘irlatgan shaxsga o‘g‘irlangan mulkini qaytarib beradi. Shunga ko‘ra, mulkini o‘g‘irlatgan shaxs o‘g‘irlangan mulkini qaytarib olish uchun sudga murojaat qilsa bo‘ladi.

Yana bir misol, bir shaxs boshqasiga uyini sotdi. Sotib oluvchi boshida ma’lum miqdorda pul berish va qolganini keyin berishga kelishdi. Lekin u o‘sha uyda yashar ekan, qolgan pulni berishdan bosh tortdi yoki tan olmay qo‘ydi… Islom bunday holatda sotuvchiga xaridordan pulini undirib beradi. Shuning uchun sotuvchi xaridordan pulini olib berishi uchun sudga murojaat qilishi joiz.

Shunday qilib, dorul kufrda yashayotgan shaxs zulmni daf etish va haqqini olib berish uchun sudga murojaat qilishi joiz. Bir shart bilanki, o‘sha huquqi shar’an sobit bo‘lgan bo‘lishi lozim.

Agar uning huquqi odamlar chiqargan qonun bilan sobit bo‘lsayu, lekin shariatga xilof bo‘lsa, ushbu huquqqa erishish uchun sudga murojaat qilish joiz emas.

Masalan: Musulmon shaxs hissadorlik shirkatiga a’zo bo‘lishi botildir. Sheriklarga foyda bo‘linayotgan vaqtda unga o‘zi haqli bo‘lgan hissadan ozroq ulush tegishi mumkin. Shunda sherikchilik ortidan unga tegishi lozim bo‘lgan haqqiga to‘la ega bo‘lishi uchun sudga murojaat qilishi joiz emas. Chunki bu huquq unga odamlar tomonidan chiqarilgan qonunda belgilangan bo‘lsa-da, lekin u shariatga xilofdir. Bunday shirkat botil bo‘lib, shariat bunday yo‘l bilan foyda topishdan qaytargan. Musulmon shaxs bunday sharkatni tark etishi lozim.

Yana bir misol: Bir shaxs pulini ma’lum foyda evaziga bankka qo‘ydi. Lekin bank unga foydani beradigan kunda kelishilgandan ozroq foyda berdi. Shunday paytda boyagi shaxs bankdan to‘liq foydasini olish va bankni o‘sha foydani berishiga majburlash uchun sudga murojaat qilishi joiz emas. Chunki ribo bilan ishlaydigan banklar tasdiqlaydigan qonunlarga ko‘ra, uning huquqi o‘z tasdiqini topadi. Lekin bu narsa shariatga ko‘ra joiz emas. Shuning uchun musulmon shaxs bank bilan bo‘ladigan bunday riboli muomalani tark etishi shartdir.

Shunday qilib, dorul kufrda yashayotgan musulmon zulm ko‘rsa yoki haqqi paymol qilinsa va bu shariat hukmlari bilan sobit bo‘lsa, zulmni daf qilish va haqqiga erishish uchun sudga murojaat qilishi joiz. Agar uning huquqi shariat hukmlari bilan emas, balki odamlar chiqargan qonun bilan sobit bo‘lsa, o‘zi yashayotgan dorul kufrda o‘sha huquqiga erishish uchun sudga murojaat qilishi joiz emas… Lekin shunga qaramasdan, sudga murojaat qilishdan oldin yaxshi odamlar vositasida o‘z haqqini olishga harakat qilishi afzaldir). Oldingi javobimiz shu erda o‘z nihoyasiga etgan edi.

Mana shu javob etarli deb umid qilaman, Allohning o‘zi bilguvchiroq va hikmatliroqdir.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

14 robius-soniy 1441h

11 dekabr 2019m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.