Xalil va politexnika universitetida «Al-Va’y» uyushmasi qonxo‘r Putinning muborak Falastin zaminiga safar qilishiga qarshi chiqdi

394
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Xalil va politexnika universitetida «Al-Va’y» uyushmasi qonxo‘r Putinning muborak Falastin zaminiga safar qilishiga qarshi chiqdi

Falastin ma’muriyati Shom va Chechenistondagi ayollar, bolalar va qariyalar qotili bo‘lgan qonxo‘r Putinni kutib oldi. Hizb ut-Tahrir bunga qarshi muborak Falastin zaminida bir qator tadbirlarni amalga oshirdi. Shu tadbirlar doirasida «Al-Va’y» uyushmasi Xalil va Politexnika universitetida namoyish o‘tkazish va plakatlar yopishtirish kabi tadbirlarni uyushtirdi. Ushbu plakatlarda quyidagi shiorlar yozilgan:

«Bolalar, ayollar va qariyalar qotili bo‘lgan jinoyatchi kutib olinmaydi».

«Musulmonlar qotilini kutib olgan kishi bizni tamsil etmaydi».

«Shom bolalari qotili bo‘lgan qonxo‘r Putinga «xush kelibsan», deyilmaydi».

«Muborak Falastin zaminining butun aholisi qonxo‘r Putinning kutib olinishini rad etadi».

«Ruslarning musulmonlarga dushmanligini va ularning jinoyatlarini unutmaymiz».

Falastin ma’muriyati jinoyatchi Putinni kutib olgan bo‘lsa-da, biz «Al-Va’y» uyushmasi vakillari unga shunday deymiz: «Senga «xush kelibsan» deyilmaydi. O‘z ummatidan yuz o‘girib dushmanlar tomonga o‘tib olgan hukmdorlar seni olqishlar bilan kutib olgan bo‘lsa-da, ruslarning Shom zaminidagi jinoyatlariga guvoh bo‘lgan Islomiy Ummat Turkiston, Dog‘iston, Checheniston, Afg‘oniston, Tojikiston va boshqa yurtlarda musulmonlarga qarshi ruslar sodir etgan jinoyatlarni aslo unutmaydi. Ruslar tomonidan musulmonlarning qiynoqqa solinganini, uylari va masjidlari vayron etilganini, ekinzorlari yoqilib o‘zlari quvg‘in qilinganini Islomiy Ummat aslo unutmaydi. Shuningdek, musulmonlar yurtlarini sendek jinoyatchilarga maydon qilib bergan qo‘rqoq hukmdorlarning til biriktiruvlari ham aslo unutilmaydi.

Roya gazetasining 2020 yil 29 yanvar chorshanba kungi 271-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.