Bosh vazir: logistikalik markaz qurilsa, taxminan 150 million som Ot-Boshi rayonida qoladi

314
0

Bosh vazir: logistikalik markaz qurilsa, taxminan 150 million som Ot-Boshi rayonida qoladi

Biz hukumatdan iqtisodiy islohotlarni talab qilyapmiz. Hukumat ham, o‘zini iqtisodiy rivojlanishdan mas’ul sezib, bor imkoniyatlardan foydalanishga harakat qilyapti. Lekin hukumat barcha imkoniyatlaridan foydalangan taqdirda ham, Qirg‘izistonning iqtisodiy imkoniyalari xalqaro siyosatga bog‘liq ekanligi sababli, hukumat har doim ham ichki resurslardan mamlakat manfaati uchun to‘g‘ri foydalana olmaydi. Masalan O‘zbekistonni Xitoy orqali okeanga olib chiqishi mumkin bo‘lgan temir yo‘li Qirg‘izistondan o‘tishi kerak edi. Lekin bu loiha Rossiyani Markaziy Osiyodagi manfaatlariga putur etkazishi aniq ekanidan, Rossiya bu loihani imkon qadar ortga surib kelyapti.

Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammetkalыy Abulgaziev mahalliy namoishchilarga “150 million som oy sayin sizlarga qoldiriladi”, deb ular bilan savdolashyapti. Maqsadi Xitoy loihasini amalga oshirish uchun moliyaviy manfaat va’da qilish yo‘li bilan mahalliy xalqning e’tiborlarini boshqa tomonga tortib, ularni chalg‘itishdir. Vaholangki har bir loihaning faqat iqtisodiy yoki moliyaviy manfaatlaridan tashqari siyosiy va giosiyosiy jihatdan o‘ta e’tiborli tomonlari ham mavjud.

Bosh-vazir “mavjud xalqaro siyosat bosimi ostida iqtisodiy rivojlanishga erishib bo‘lmaydi. Xalq iqtisodiy rivojlanishlarni talab qilaversa, hukumat buyudjet bo‘shlig‘ini to‘ldirish maqsadida mamlakat erlari, konlar, aeroport, temir yo‘li singari strotegik obektlarini sotib boraveradi. Chunki xalqaro siyosat bizni mustaqil rivojlanishimizga yo‘l bermaydi”, – deb haqiqatni ayta olmaydi! Natijada hukumat vakillari shu kundagi arzimas manfaatlar va hokimiyatdagi o‘z o‘rinlarini saqlab qolish maqsadida mamlakat manfaatiga ulkan putur etkazuvchi loihalarni imzolab yuborishadi.

Muhammetkalыy Abulgaziev ham, xalqaro siyosat g‘irromlaridan bexabar emas. U Tojikiston chegarasidagi muammolar, Xitoy ekspansiyasiga qarshi yo‘nalayotgan harakatlar ortida Rossiya va AQSh singari xalqaro ta’sirga ega kuchli davlatlar turganini biladi. Bosh-vazir parlament oldida shunga ishora qilib, 20-30 kishidan iborat bir to‘da odamlarni norozilikka targ‘ib qilib borayotgani haqida gapirdi.

Shulardan xulosa qilib, Qirg‘izistonni haqiqatda rivojlanishi kerak degan nuqtadan mulohaza qiladigan bo‘lsak, mavjud xalqaro boshqaruv sistemasidan voz kechishimiz kerak degan mantiqiy xulosaga kelamiz. Chunki xalqaro siyosat va unga tobe bo‘lgan olamiy boshqaruv sistemasi yirik davlatlar o‘rtasida talash tortishuvlar ostida qoldi. Ular bir birlari bilan bizning yurtlarimizdagi moddiy va ma’naviy boyliklarimizni talashishadi. Dunyoda sodir bo‘layotgan barcha siyosiy, harbiy, saqofiy va matbuot kurashlari bir birlari bilan mustamlaka talashish, ya’ni ana shu bizning moddiy manfaatlarimizni o‘zlashtirish asosida olib boriladi.

Norinda qurilishi kutilayotgan Xitoyning logistika markazi ham, iqtisodiy nochor ahvolimizdan foydalanib, Xitoy bosqinchiligi asosida olib borilayotgan navbatdagi loihalarning biridir! Vazirlikning bu loihani himoya qilib jonbozlik ko‘rsatayotgani ortida, Xitoyga tilyog‘lamachilik qilish, loiha orqali vaqtinchalik muammolarni bartaraf qilib turish va TETs qurilishidagi kabi shaxsiy manfaatlar ham yotadi.

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.