Amerika Suriya rejimiga sanktsiyalar joriy etishini da’vo qilish orqali Shom qo‘zg‘oloniga makr qilishda davom etmoqda

41
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Amerika Suriya rejimiga sanktsiyalar joriy etishini da’vo qilish orqali Shom qo‘zg‘oloniga makr qilishda davom etmoqda

«Rusiyal Yavm» veb sayti hijriy 1441 yil 28 jumodul-avval, milodiy 2020 yil 23 yanvar payshanba kuni nashr qilgan xabarda shunday keladi: «Qo‘shma Shtatlar «Suriya rejimiga bosimni davom ettirish uchun» Evropa Ittifoqi bilan hamkorlikda Asad boshchiligidagi Suriya hukumatiga yangi sanktsiyalar joriy qilish masalasi o‘rganilayotganini ma’lum qildi».

Suriya va «IShID»ga qarshi kurashuvchi xalqaro koalitsiya ishlari bo‘yicha AQSh vakili Jeyms Jeffri payshanba kuni bergan matbuot konferentsiyasida: «Men kelgusi haftada Asad rejimiga bosimni davom ettirishga doir sanktsiyalar va boshqa iqtisodiy masalalarni muhokama qilish uchun Bryusselga jo‘nab ketaman» dedi. U yana: «Albatta, biz Evropa Ittifoqi bilan suhbatlashamiz va bu borada ular bilan fikr almashamiz. Chunki ular ham Asad rejimiga qarshi sanktsiyalar joriy qilishmoqda va qo‘shimcha sanktsiyalar joriy qilish masalasini o‘rganishmoqda» deya qo‘shimcha qildi.

Roya gazetasi sharhi: Amerika to‘qqiz yildan beri parda ortidan Bashar Asad rejimi jonini saqlab kelayotgan bo‘lsa-da, o‘z jinoyatini yashirish uchun unga tahdid qilib ham kelmoqda. U Shom ahlini bombalash va qirg‘in qilish ishini Rossiya, Eron va uning Livandagi Hizbiga yukladi. Shom ahliga makr qilish hamda qurolli guruhlarni egallab olish ishini Turkiya (Erdogan) rejimiga topshirdi. Turkiya o‘zining siyosiy maqsadda berayotgan pullari bilan qurolli guruhlarni tizginlab oldi. Natijada, bu guruhlar yordam ko‘rsatuvchi tomon ruxsat bergan doirada va uning ko‘rsatmalariga muvofiq harakat qiladigan bo‘lib qolishdi. Shuning uchun, guruhlarning xolis a’zolariga tashqi kuchlarga bog‘langan etakchilari qabul qilgan xorlikdan xalos bo‘lish, qo‘llab-quvvatlovchi davlatlardan yuz o‘girish hamda ongli va xolis siyosiy etakchilik ortida birlashish vaqti keldi. Zero, ongli xolis siyosiy etakchilik islomiy aqidadan balqib chiqqan ko‘z-qarashga va loyihaga ega bo‘lib, u kufr nizomini qulatib islomiy davlatni barpo qilish uchun poytaxtga olib boradigan yo‘lni belgilab beradi. Barpo qilinishi kerak bo‘lgan ushbu davlat Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati bo‘lib, biz shu davlatda aziz bo‘lamiz va shahidlarimizning to‘kilgan qonlari uchun qasos olamiz. Bas, amal qilguvchilar mana shunday (mangu baxt-saodat) uchun amal qilsinlar.

Roya gazetasining 2020 yil 29 yanvar chorshanba kungi 271-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.