Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati qo‘zg‘olon hamda Konstantinopol fathi xotirasi bilan bog‘liq tadbirlar uyushtirdi

483
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati qo‘zg‘olon hamda Konstantinopol fathi xotirasi bilan bog‘liq tadbirlar uyushtirdi

Tunisda boshlangan qo‘zg‘olonga to‘qqiz yil bo‘ldi. Uni xotirlash uchun Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati (hijriy 1441 yil 19 jumodul-avval, milodiy 2020 yil 14 yanvar seshanba kuni ertalab) poytaxtdagi qo‘zg‘olon boshlangan ko‘chada katta namoyish o‘tkazdi. Namoyishda «Konstantinopol fathi haqidagi bashorat ro‘yobga chiqdi. Uning ortidan Xalifalikni barpo etish, yahudiylarga qarshi jang qilish va Rim fathi kabi keyingi bashoratlar ham ro‘yobga chiqajak», deb yozilgan ulkan plakat ko‘tarib chiqildi. Tadbir Konstantinopol fathi xotirasi munosabati bilan Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi tomonidan boshlangan yirik xalqaro kampaniya doirasida uyushtirildi.

Hizb yigitlari ko‘tarib chiqqan kichik plakatlarda ayni munosabat bilan bog‘liq sarlavha va risolalar yozilgan bo‘lib, jumladan bunday deyiladi: «Ummatning kuchliligi Islom bilandir, qo‘rg‘oni va xavfsizligi esa, Xalifalikdir», «Saylov va’dalari ketdi, Hizb ut-Tahrir so‘zlari qoldi», «Malay hukmdorlaringizdan qutulmaguningizcha sizga hargiz ozodlik yo‘q», «Konstantinopol fathi Islom va’dalaridan biridir», «Xalifalik insoniyatni demokratiya zulmidan qutqaradi».

Hizb yigitlarining ushbu xalq anjumanida qilgan ma’ruzalari kuchli va ta’sirli bo‘ldi. Ular yurt ahlida himmat uyg‘otib, ularda qo‘zg‘olonni Islom bilan takomillashtirishga umid paydo qildilar. Ustoz Toriq Rofe, Ahmad va Mahron Moy galma-gal ma’ruza so‘zlashdi. Ma’ruzalar orasida yig‘ilganlar tomonidan Xalifalik haqida nashidalar aytib turildi. Hizbning ayollar qanotidan singlimiz Vahiba bint Atiya ham ma’ruza qilib, G‘arb etagini ushlash va uning mash’um CEDAW konventsiyasiga oid ko‘rsatmalariga itoat qilishning oqibatlari haqida so‘zladi. Shuningdek, Islomning davlat tomonidan tatbiq qilinganda, oila va jamiyat muammosi Alloh izni ila, albatta hal bo‘lajagini bayon qildi.

Keyin Hizb amiri shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Konstantinopol fathi xotirasi bilan bog‘liq audio ma’ruzasi tinglandi… Hozir bo‘lganlar ma’ruzani tinglar ekanlar, qo‘llarini go‘yo musulmonlar uchun bitta xalifaga bay’at qilish uchun tutib turardilar.

Tadbir so‘nggida Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati matbuot bo‘limi raisi doktor As’ad Ajiliy ma’ruza qilib, Tunis qo‘zg‘oloni oqimi bilan butun musulmon qit’alarda boshlanib-rivojlanib kelayotgan xalq harakatlarini Allohning nusrat va g‘oliblik va’dasiga hamda Rosuli ﷺning bashoratlariga bog‘lab berdi. Rosuli ﷺning bashoratlari Konstantinopolning so‘ng Rimning fath etilishi haqidagi bashoratdirki, bu ish Alloh o‘z izni ila, nusrat berib, dinni qaytadan g‘olib qiladigan qo‘mondon va fotihlarni kutib turibdi. So‘ng As’ad Ajiliy barchani ushbu yo‘lda faoliyat olib borayotgan hamda ushbu tarixiy burilish va Ummat yo‘liqayotgan o‘zgarish oldida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olayotgan to‘g‘ri yo‘ldagi etakchilikni qo‘llab-quvvatlashga da’vat qildi. Ana shunda biz tortib olingan saltanatimizni qaytarib olib, umid qilinayotgan bashoratlarni ro‘yobga chiqarish sharafiga noil bo‘lamiz. Zero, bu bashoratlar Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etish, yahudiylarga qarshi qaqshatqich jang qilib, ularning vujudini qayta tiklanmas darajada er bilan yakson qilish hamda Rimni Allohning izni ila fath qilish to‘g‘risidagi bashoratlardir… Bu narsa Allohga hargiz mushkul emas.

Xuddi shunga o‘xshash tadbirlardan birini Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati joriy yil 12 yanvar kuni Safoqis shahrida «Bobi Devon» darvozasi oldida o‘tkazdi. Tadbir bilan bir qatorda «Tunis mustamlakachilar mandati ostida qoldi, xaloskor esa, Islomdir» nomli davra suhbati ham uyushtirdi. Davra suhbatida Hizb plakatlari, shiorlari va Rosululloh ﷺning Uqob bayroqlari ko‘tarib chiqildi. Shu bilan birga, Hizb tabanniy qilgan va Ummatga taqdim etish uchun hazorat loyihasi tafsilotlarini o‘z ichiga olgan kitoblar ko‘rgazmasi ham o‘tkazildi.

Ushbu ajoyib imoniy muhit doirasida, Hizb a’zolari shahar aholisi bilan yurtdagi muhim siyosiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq suhbatlar, bahs-munozaralar o‘tkazishdi. Odamlarga kapitalistik tuzum tatbiqi sababli birin-ketin kelib chiqayotgan inqirozlardan qutulish yo‘lini ko‘rsatib berishdi. Shuningdek, Hizbning «Ey musulmonlar, anavi manfur rejim, sizning farzandlaringiz va jigargo‘shalaringizni nishonga oldi, bas, uni ag‘daring» nomli matbuot bayonoti tarqatildi.

Roya gazetasining 2020 yil 22 yanvar chorshanba kungi 270-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.