Qabilachilik va uning Sudan ahli xavfsizligiga bo‘lgan xatari

443
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Qabilachilik va uning Sudan ahli xavfsizligiga bo‘lgan xatari

Ustoz Odam Dahab – Xartum

Darfur viloyatidagi Janin shahrida yuz berayotgan o‘zaro jang bu turdagi janglarning birinchisi emas. Mudom Sudanning chor atrofida millatchilik, qabilachilik, irqchilik hukmron ekan, bu narsa oxirgisi ham emas. Biz bu kabi fitnali jangni Qazorifda ham, Port-Sudanda ham, Sharqiy Sudanda ham, Darfurning uzoq g‘arbidagi Doranduka shahrida ham ko‘rdik! Chunki qabilachilik, millatchilik, mintaqachilik fikrlari odamlar orasida keng tarqalgan va eski Inqoz rejimi davrida juda yomon suratda o‘rnashib qolgan. Ammo aslida, bular uloqtirib tashlanadigan fikrlardir. Chunki Rosululloh ﷺ

«دَعُوهَا فَإِنَّهَا مُنْتِنَةٌ»

«Uni tashlanglar, chunki u badbo‘y narsadir», deganlar. Haqiqatdan ham bular qisqa-vaqtincha aloqadir. Bu aloqa insonlarda xavfni his etgan paytda paydo bo‘ladi va xavf yo‘qolishi bilan tezda yo‘qoladi, shu tarzda odamlar ayni aloqalar bilan favqulodda vaziyatga qarab o‘zaro muomala qilishga odatlanishadi. Shuning uchun mudom odamlar o‘rtasida mana shunday aloqalar saqlanib qolib, Islom aloqasi mavjud bo‘lmas ekan, bu muammolar hargiz tugamaydi! Haq Taolo o‘zining ajoyib san’ati ila, odamlarni qabila va xalqlar qilib yaratdi. Alloh Taolo bunday deydi:

وَمِنْ آيَاتِهِ خَلْقُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَاخْتِلَافُ أَلْسِنَتِكُمْ وَأَلْوَانِكُمْ إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآيَاتٍ لِلْعَالِمِينَ

«Uning (Allohning) oyat-dalillaridan (yana biri), osmonlar va erni yaratishi va sizlarning tillaringiz va ranglaringizni xilma-xil qilib qo‘ygandir. Albatta bunda barcha olamlar uchun oyat-ibratlar bordir» [Rum 22]

Alloh bandalariga rahmat qilib, bu oyat-dalillarini o‘zining qudratiga dalolat qiluvchi alomat qildi. Jinslari, tillari va ko‘plab sifatlaridagi tafovutni faqat bir-birlari bilan tanishishlari uchun qildi. Alloh Subhanahu  va Taolo bunday deydi:

يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّا خَلَقْنَاكُمْ مِنْ ذَكَرٍ وَأُنْثَى وَجَعَلْنَاكُمْ شُعُوباً وَقَبَائِلَ لِتَعَارَفُوا

«Ey insonlar, darhaqiqat biz sizlarni bir erkak va bir ayoldan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishinglar uchungina sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila-elatlar qilib qo‘ydik» [Hujurot 13]

Shubhasiz, ushbu hanif dinimiz qabilachilikni faqat bir-birimiz bilan tanishishimiz uchun belgiladi, faxrlanishimiz yoki boshqa maqsadda emas. Shuning uchun ham ﴿وَجَعَلْنَاكُمْ شُعُوباً وَقَبَائِلَ لِتَعَارَفُوا﴾ «bir-birlaringiz bilan tanishinglar uchungina sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila-elatlar qilib qo‘ydik», dedi. Demak, musulmonlar o‘rtasida bir-birlariga qarshi jang qilish va xusumatlashishga o‘rin yo‘q. Lekin inson o‘zining birodari bo‘lgan boshqa bir inson bilan qabilachilik yoki urug‘chilik yoxud jins asosida aloqa qilsa, ana shunda o‘rtada ofat yashiringan bo‘ladi. Chunki bunday aloqa-munosabat tuban va g‘ayriinsoniy aloqa bo‘lib, odamlar o‘rtasida qarama-qarshiliklarni keltirib chiqaradi.

Ilgari ham, keyin ham Sudan g‘arbidagi Janinada hamda Qazorif va Port-Sudanda sodir bo‘lgan hodisalar mana shunday buzuq, tor va badbo‘y aloqa-munosabatning achchiq mevasidir! Bu hodisalarda ko‘plab begunoh insonlar qurbon bo‘lgan va hukumat echim berishdan ojiz qolgan. Bunday aloqa-munosabat, unga ega bo‘lgan kishini o‘zini boshqa insondan ulug‘roqman, yashashga undan haqliroqman, deb hisoblaydigan qilib qo‘yadi. Mudom, bizning hayotiy ishlarimizni shunday munosabatlar bog‘lab turar ekan, birin-ketin kelayotgan bu hukumatlar mudom odamlarga shu aloqalar nuqtai nazaridan qarar ekan, na muammolarimiz hal bo‘ladi va na barqarorligimiz ta’minlanadi.

Bu yurtdagi rasmiylar ayni hodisalarga mutlaqo parvo qilishmaydi, ularga bosh qotirishmaydi. Buning boisi shundaki, ushbu rasmiylarning aql yuritishlari ham mana shunday qabilachilik va boshqa buzuq munosabatlarga asoslangan. Ularning bor-yo‘q tashvishlari hokimiyat kursilarini talashish, yurt boyliklarini o‘g‘irlash, qutblashtirish va bir-birlari bilan janjallashish, xolos. Odamlar masalalarini hal etish esa, ular uchun sariq chaqalik ahamiyat kasb etmaydi. Kimning ahvoli shunday bo‘lsa, demak, yurtimizga ko‘z olaytirayotgan mustamlakachi kofirning u er, bu erda fitna olovini yoqishda shunday kimsalardan foydalanishi turgan gap. Sudan «mustaqillik»ka erishgan kundan boshlab, to shu kungacha mana shunday olovda jizg‘inak bo‘lib kelmoqda.

Albatta, bunday boshboshdoqlikni Islom ahkomlaridan boshqa narsa aslo to‘xtatolmaydi. Zero, bu ahkomlarni ulug‘ olim Ato ibn Xalil Abu Roshta amirligi ostidagi Hizb ut-Tahrir va uning a’zolari barpo etishga harakat qilayotgan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlati tatbiq qiladi. Hizb a’zolari odamlarni jaholat zulmatidan buyuk Islom ahkomlari va uning ochiq nuriga olib chiqish uchun kechani-kecha, kunduzni-kunduz demay harakat qilmoqdalar. Chunki hokimiyat Islomda mas’uliyat va omonatdir, yutuq va o‘lja emas. Islomda hukmdor fuqaro bilan Islom ahkomlari asosida bog‘lanib turadi, qabilachilik, mintaqachilik yoki jins asosida emas. Bil’aks, bu odamlar Islom davlati soyasidagi fuqarolar, deb hisoblanadilar.

Sudanda birin-ketin kelayotgan rejimlar ham, qurolli guruhlar ham, hammasi odamlarni millatchilik, qabilachilik, tarafkashlik va vatanparvarlik asosida jamlashyapti. Demak, ularning barchasi inson muammosini hal etishga ojizdirlar. Chunki muammolar echimi irqiy uyushish yoki qabilalararo jang qilish yoxud millatchilik va rang bilan faxrlanishda emas. Yo‘q-yo‘q, haqiqiy uyushish inson fitratiga mos mabda asosida bo‘lishi va echim inson Robbisi tomonidan berilishi shart, anavi hukumatlar va qurolli harakatlar tomonidan emas! Chunki ularning har biri, yuqorida aytganimdek, qabilachilik va tarafkashlikka chaqirib yotishibdi. Vaholanki, hamma dard ham, Darfur va boshqa viloyatlarda kechayotgan muammolar asosi ham mana shu qabilachilik va tarafkashlikning o‘zidir.

Darfur ahli yaqin-yaqinlarda ham, ya’ni, sulton Ali Dinor zamonida Xalifalik davlati uchun zakot yig‘ardi va u Islom Ummatining bir bo‘lagi hisoblangan. Shunday ekan, keling, bir-birimizni o‘ldirish o‘rniga, Alloh buyurgandek birodar bo‘laylik. Axir, bir kechaning o‘zida, o‘zaro jang qirq nafardan ziyod musulmonni o‘ldirdi, Subhanalloh! Rosululloh ﷺ harom qilgan badbo‘y johiliyat fitnasini tashlang. U Zot aytadilar:

«وَمَنْ دَعَا بِدَعْوَى الْجَاهِلِيَّةِ، فَهُوَ مِنْ جُثَى جَهَنَّمَ قَالُوا: يَا رَسُولَ اللَّهِ، وَإِنْ صَامَ وَصَلَّى؟ قَالَ: وَإِنْ صَامَ وَصَلَّى وَزَعَمَ أَنَّهُ مُسْلِمٌ، فَادْعُوا الْمُسْلِمِينَ بِمَا سَمَّاهُمُ الْمُسْلِمُونَ الْمُؤْمِنُونَ عِبَادَ اللَّهِ»

«Kimda-kim johiliyat chaqirig‘i bilan chaqirsa, bas, u jahannam ahlidandir. Yo Rosululloh, ro‘za tutsa va namoz o‘qisa hammi? deb so‘rashdi. Ha, ro‘za tutsa, namoz o‘qisa va musulmonligini da’vo qilsa ham. Bas, musulmonlarni (johiliyat chaqirig‘i bilan emas) Allohning mo‘min musulmon bandalari, degan nomi bilan chaqiringlar».

Tarafkashlik, qabilachilik, irqchilik, millatchilik va vatanparvarlik, barchasi badbo‘y chaqiriqlardir. Bular faqat va faqat bo‘linish va o‘zaro jangni keltirib chiqaradi. Bu narsalar bor ekan, musulmonlar hargiz xavfsiz bo‘lmaydilar. Shunday ekan, bizni Rosulimiz asos solgan davlat barpo etishimizga qo‘yib beringlar, etar shuncha masxarabozligingiz. Yaqinda Islomning naqadar buyukligini, uning ahkomlari tatbiq va ijro o‘rniga qo‘yilgan paytda ko‘rasiz.

Allohim, bizga Robbimiz Subhanahu va Taolo va’da qilgan va Rosulimiz ﷺ zolim podshohlik zamonidan so‘ng barpo etilishini bashorat etgan Xalifalikni tezroq ato et.

Roya gazetasining 2020 yil 15 yanvar chorshanba kungi 269-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.