Rim fath bo‘lishi haqidagi bashoratlarni ro‘yobga chiqarish bizga vojibdir

621
0

Sulton Fotih Konstantinopolni fath qilib, Rosulullohning bashoratlarini ro‘yobga chiqardi

Shunday ekan, Xalifalik yana qayta tiklanishi, yahudiylar mag‘lubiyatga uchrashi va Rim fath bo‘lishi haqidagi bashoratlarni ro‘yobga chiqarish bizga vojibdir

Hizb ut-Tahrir – Pokiston viloyati Allohning fazli bilan «Konstantinopol fathi ro‘yobga chiqqan bashoratdir… uning ortidan ro‘yobga chiqishi lozim bo‘lgan bashoratlar bor!» nomli kampaniya doirasida elektron axborot vositalari orqali mamlakat miqyosida ommaviy kampaniya boshladi. Darhaqiqat Hizb ut-Tahrir ommaviy joylar va elektron aloqa vositalari orqali «Konstantinopolning hijriy 857, milodiy 1453 yilda fath etilgani xotirasi munosabati bilan Hizb ut-Tahrir amiri ulug‘ olim Ato ibn Xalil Abu Roshta qilgan nutqning matni» nomli nashrani tarqatgan edi. Shuningdek, 2020 yil 11 yanvarda tvitter orqali kampaniya boshladi va bu kampaniya bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan eng katta tendentsiyaga aylandi. Unda amirning nutqi ingliz va urdu tillariga tarjima qilinib, ettita qisqacha bo‘lim shaklida berildi. Nutq e’tiborni jalb qiladigan darajada ochiq holda havola etilib, unda «Ey Pokiston qurolli kuchlari arslonlari! Sulton Fotih Konstantinopolni fath qilib, sizlarga Kashmir va Aqsoni fathi uchun yo‘l ochib berdi», deb aytildi.

Konstantinopol fathining bu yilgi xotirasi kunida, ya’ni 2020 yil 15 yanvar, 20 jumodul-avvalda Hizb ut-Tahrir amirining nutqi borasida bahs-munozara tashkillashtirildi. Nutqda jumladan shunday deyiladi: «Darhaqiqat, sarvari olam ﷺ bizga Konstantinopol fath bo‘lajagini, undan so‘ng Rim fath bo‘lajagini, shuningdek, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik barpo etilishini hamda yahudiylarga qarshi jang qilib, ularni er tishlatishimizni bashorat qilganlar… Allohning sunnat-qonuni bo‘yicha, biz Unga yordam berib (zero, shunda Alloh ham bizga yordam beradi), shariatini qoim qilishimiz, imkonimiz boricha kuchlarni tayyorlab qo‘yishimiz va buyuk davlatini barpo etib, U zotning yo‘lida jihod qilishimiz darkor. Ana shunda, butun er kurrasi ustidan uchala bashorat quyoshi porlaydi, qayta Xalifalik nuri taraladi».

Shuning uchun biz Xalifalikning qayta tiklanishi haqidagi bashoratni ro‘yobga chiqarishimiz lozim. Toki, Alloh Taolo tomonidan vahiy qilingan boshqaruv bilan o‘zimizni kuchaytirish imkoniyatiga ega bo‘laylik. Zero, Xalifalik Ummat resurslarining barcha imkoniyatlarini ochib beradi. Xalifalik qo‘shini mustamlakachilar nufuzidan mustaqil bo‘lib, hech qanday cheklovsiz Islom va musulmonlarni himoya qilishga safarbar qilinadi. Xalifalik davlatida siyosiy va sud doirasi buzuq G‘arb hazoratidan toza bo‘ladi. Chunki unda hokimlar Qur’on va Sunnat asosida muhosaba qilinadi. Xalifalik davlati iqtisodi mustamlakachilik ekspluatatsiyasidan xoli bo‘ladi. Zero, unda Ummatning mo‘l-ko‘l manbalaridan foydalanib, fuqarolarning barcha ehtiyojlariga e’tibor beradigan kuchli iqtisod yaratiladi. Bundan tashqari faol harbiy kuch uchun asos bo‘ladigan kuchli sanoat yaratiladi. Shuning uchun keling, qurolli kuchlardagi arslonlardan ulug‘ olim Ato ibn Xalil Abu Roshta amirligidagi Hizb ut-Tahrirga yordam berishni talab qilish orqali, ulug‘lik va nusratning yangi davrini boshlaylik.

وَيَوْمَئِذٍ يَفْرَحُ الْمُؤْمِنُونَ * بِنَصْرِ اللَّهِ يَنْصُرُ مَنْ يَشَاءُ وَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ

«O‘sha kunda mo‘minlar Allohning nusrati sababli shodlanurlar. (Alloh) O‘zi xohlagan kishini g‘olib qilur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir» [Rum 4-5]

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.