Bolalarning dengizda cho‘kib nobud bo‘lishiga siyosatchilar qo‘llayotgan millatchilik va kapitalistik qadriyatlar sababchidir

516
0

Bolalarning dengizda cho‘kib nobud bo‘lishiga siyosatchilar qo‘llayotgan millatchilik va kapitalistik qadriyatlar sababchidir

Turkiyaning g‘arbiy sohilida 2020 yil 11 yanvar kuni qayiq cho‘kib ketishi natijasida nobud bo‘lgan 11 nafar muhojirning sakkiztasi yosh bolalardir. Ularning poyafzal va kiyimlari hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar sohilga oqib keldi. Hodisadan bir necha soat oldin Gresiyaning Paksos orolidan yo‘lga chiqqan muhojirlar qayig‘i Italiyaga yetib borishidan oldin Ion dengizida cho‘kib ketib, unda kamida 12 kishi halok bo‘ldi. Xalqaro migratsiya tashkiloti va qochqinlar ishlari bo‘yicha BMT oliy komissariati 2019 yil dekabr oyida nashr qilgan hisobotga ko‘ra, O‘rta Yer dengizi bo‘ylab Yevropaga yetib olishga urinish asnosida har yili o‘rtacha 3000 kishi o‘lim topadi. Yolg‘iz 2018 yilning o‘zida 2.275 o‘lim holati qayd etilgan. Qayd etilmagan o‘lim holatlari esa ancha yuqori.
4.5 million suriyalik qochqinga mezbonlik qilayotgani bilan maqtanayotgan millatchi va ilmoniy Turkiya qochqinlarga kelgindilar, degan e’tiborda munosabatda bo‘lmoqda. Binobarin, urushdan qochib, Yevropaga yetib olishni ko‘zlagan va dengizga g‘arq bo‘layotgan begunoh muhojir ayollar va yosh bolalarning bu yurtda xavfsizlikka, himoyaga va diskriminasiyasiz muomalaga erishishi mumkin emas. Ularga ikkinchi darajali odam degan e’tiborda muomala qilinadi. Maktablarda millatchi o‘qituvchilar suriyalik bolalarni tahqirlashmoqda. Qish kunlarida eshiksiz chodirlarda panoh topgan suriyalik qochqinlar, shaxsini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lmagani uchungina har qanday g‘amxo‘rlikdan va yordamlardan mahrum bo‘lganlar. Ochko‘z ish beruvchilar, suriyalik ishchilarning qonuniy maoshlarini berishmaydi. Ayniqsa, kaltafahm irqchi va millatchi siyosatchilar, suriyalik qochqinlarni lagerlaridan boshqa yerda yashashga haqlari yo‘q, deb hisoblashadi. Shuning uchun ham ular o‘zlarining provokasion murojaatlari bilan Turkiya ahlini bir necha bor suriyaliklarga qarshi gijgijlashdi. Suriyalik qochqinlarni qahraton qish oylarida dengiz orqali boshqa yurtlarga chiqib ketishga majbur qilgan sabablar shulardir.
Musulmon yurtilarini qo‘ya turing, hatto dunyoning boshqa yurtlaridan kelgan musulmonni ham Islom kelgindi, deb hisoblamaydi. Darhaqiqat, suriyalik qochqinlar o‘zlarining shar’iy yurtiga kelishdi. Chunki, bu yurt Allohning buyrug‘i va Rosululloh ﷺning va’dasiga binoan fath qilinib, Islom yurtlariga qo‘shilgan. Ushbu oddiy shar’iy huquqqa binoan, musulmon yurtdan kelgan har qanday musulmon uchun viza yoki yashash va ishlash uchun ruxsatnoma olish shart emas. Bundan tashqari, Islom millatchilikni rad etadi va Islom davlatida yashagan har bir kishiga – uning e’tiqodi, rangi, irqi va kelib chiqishidan qat’iy nazar – o‘z fuqarolaridan biri degan e’tiborda qaraydi. Islom ularga, ayniqsa, ular orasidagi musulmonlarga ajnabiy, degan e’tiborda muomala qilmaydi. Islomda shaxs fuqarolikka ega bo‘lish uchun Islom davlati hududida yashashining o‘zi kifoya. Islom davlatining fuqarosi bo‘lgan barcha shaxslarga, bir xil munosabatda bo‘linadi. Masalan, hukmdorning fuqarolarga qiladigan munosabati ularni kamsitmagan holda, jonlari, nomuslari va mollarini himoya qilishdan iborat bo‘lsa, qozining ularga qiladigan munosabati, tenglik va adolatga rioya qilishdan iboratdir. Islom tarixidan ma’lumki, musulmon hokimlar musulmonlarga chet elliklar degan e’tiborda muomala qilinishini rad etganlar. Qolaversa, o‘z yurtidagi ta’qibdan qochib islomiy yurtga kelgan g‘ayrimusulmon qochqinlarni ham xavfsiz boshpana bilan ta’minlaganlar va ularga o‘z fuqarolaridek muomalada bo‘lganlar. Bundan tashqari zimmiyga yaxshi muomalada bo‘lish Islomda vojibdir. Chunki Rosululloh ﷺ zimmiyga ozor yetkazgan kishi haqida
«…فَأَنَا حَجِيجُهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ»
«Qiyomat kuni men uning dushmani bo‘laman», deb aytganlar. Hatto g‘ayrimusulmonning huquqi ham to‘liq himoya qilingan bunday nizom soyasida musulmon odamga qanday zulm bo‘lishi mumkin? Bunday nizomda musulmon kishiga ikkinchi darajali fuqaro degan e’tiborda muomala qilinishi mumkinmi?
Ey Turkiya hukmdorlari! Millatchiligingiz tufayli qanday ahvolga tushganingizga bir qarang. Millatchilik va kapitalizm g‘oyalari ortidan hakillab chopdingiz va bu bilan portlashlarga, qiynoqlarga va dengizga cho‘kishga duchor bo‘lgan har bir kishining hayotidan siz javobgarga aylandingiz. Qolaversa, qo‘llaringiz, nobud bo‘lgan barcha muslimalar, bolalar va kishilar qoniga botdi. Chunki siz ularni o‘z diyorlaridan mahrum qilgan kofirlarga nisbatan betaraf bo‘lish bilan kifoyalanmadingiz, balki ularga sherik bo‘ldingiz va ularga qo‘l berib ittifoqchi bo‘ldingiz.
Ey Turkiyadagi va butun Islom yurtlaridagi musulmonlar! Agar hukmdorlar Alloh Subhanahu va Taolo buyurganidek Islom bilan hukm yuritib, Ummatni bitta bayroq ostida birlashtirgan hamda Islom buyurganidek bir musht bo‘lganlarida edi, nafaqat musulmonlar, balki butun dunyo, qolaversa dini va irqidan qat’iy nazar butun insonlar zulmning har qanday turidan himoya qilingan bo‘lar edilar! Shunday ekan, Alloh Subhanahu va Taolo va Rosululloh ﷺ tiklashga da’vat etgan va sizlarga hayot baxsh etadigan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi Xalifalikni barpo qilishga shoshilinglar.

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot
bo‘limi – ayollar qanoti

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.