Liviyadagi so‘nggi voqealar rivoji

51
0

Savolga javob
Liviyadagi so‘nggi voqealar rivoji

Savol:
Amerika malayi Haftar kuchlari bilan Yevropa Malayi Sarroj kuchlari o‘rtasida uzuq-yuluq to‘qnashuvlar davom etib turgandan so‘ng, Haftar kuchlari yana poytaxt Tripoli tomon hujumlarni boshladi. Nahotki Haftar va uning ortidagi Amerika bugungi kunda Tripolini egallash mumkin, deb hisoblayotgan bo‘lsa? Nima o‘zgardiki, to‘qnashuvlar bu darajada quturib ketdi? Keyin, turk hukumatining Tripolidagi Fayz Sarroj hukumatini qo‘llab-quvvatlashi aslida nimani anglatadi? Rossiyaning Liviyaga aralashishi haqiqiymi yoki po‘pisa uchun bo‘lyaptimi? Germanining Liviya inqirozi bo‘yicha chaqirgan Berlin konferensiyasidan nimalar kutiladi?

Javob: Ushbu savollarga javob tiniq bo‘lishi uchun quyidagilarni bayon qilamiz:
Birinchi: Amerika o‘z malayi Haftarni Liviyadagi kurash sahniga kuchli figura sifatida zo‘rlab tiqishtirishga muvaffaq bo‘lgach, Liviya ikki qismga, ya’ni, bir tomonda Amerika malayi, ikkinchi tomonda Britaniya bilan Yevropa malaylari nazorat qilayotgan mintaqalarga bo‘linib qoldi. Amerikaning Liviyadagi nufuzi – o‘z malayi Haftarga ko‘rsatayotgan harbiy yordamlarini ayniqsa Misr orqali oshirib yuborganidan keyin – yanada kuchaydi. Bu narsa ayniqsa Haftarning yurt janubiga hujum qilishida yaqqol ko‘zga tashlandi. Yevropa nufuzi esa, xususan, Haftarning 2019 yil aprel boshida Tripoliga hujum qilishi ortidan pasayib qoldi. Shundan so‘ng, Haftar hamda uning ortida turgan Amerika Tripolidagi yevropaparast Sarroj hukumatiga bosimni kuchaytirib, shu orqali siyosiy muzokaralarda sherning ulushini qo‘lga kiritishni istadi. Zero, Haftar Jazoirning o‘zi bilan ovora bo‘lib turganidan foydalanib, janub ustidan o‘z nazoratini o‘rnatib olgandan keyingina 2019 yil aprel oyining boshida Tripoliga hujum qilgan edi. Hujumda Haftar kuchlarining qo‘li baland keldi. Amerika Tripolidagi xalqaro darajada tan olingan hukumatning qonuniyligini buzib o‘tib ketishga harakat qildi. Shuning uchun Haftar bilan – u xuddi rasmiy hukumat mulozimidek – ochiqchasiga aloqa o‘rnatdi. Xabarlarda bunday deyilgan: «AQSh prezidenti Haftarga qo‘ng‘iroq qildi». (Sky News Arabia, 2019 yil 19 aprel).
Ikkinchi: Yevropa bularning oldida Liviya masalasini siyosiy yo‘l bilan hal qilishga urinishdan o‘zga yo‘l topolmadi. Shuning uchun Germaniya kansleri Merkel Liviya inqirozini hal etish uchun Berlinda xalqaro konferensiya uyushtirish tashabbusi bilan chiqdi. To‘g‘ri, ayni tashabbusning aniq sanasi ma’lum etilmagan edi. «Germaniya poytaxti Berlinda o‘tkazilishi kutilayotgan konferensiyaning aniq sanasi mavjud emas». (Germaniyaning «DW» telekanali, 2019 yil 7 dekabr). Biroq, dekabr oxirlarida o‘tkazilishi haqida norasmiy xabarlar bor edi. Nima bo‘lganda ham, Yevropa ushbu konferensiya orqali o‘z istaklarini amalga oshirishni ko‘zlagan bo‘lib, uni sanoati rivojlangan Katta yettilik davlatlari guruhi G7 uchrashuvidan beri o‘tkazmoqchi bo‘lib kelayotgan edi. «Sanoati rivojlangan Katta yettilik davlatlari guruhi Liviyadagi mojaroga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya chaqirdi. Dushanba kuni Fransiyaning Biarris shahrida bo‘lib o‘tgan sammit yakunida G7 guruhi manfaatdor tomonlar va mintaqaviy kuchlarning konferensiyada ishtirok etishlari kerakligini ta’kidladi». (Quds Arabiy, 2019 yil 26 avgust). Yevropa davlatlari Berlin konferensiyasiga o‘zlarining Liviyadagi malaylarini muhofaza qilishda, binobarin, o‘z nufuzlarini saqlab qolishda umid chirog‘i sifatida qarab kelishmoqda: «Seshanba kuni Sarroj Tripolida Italiya Tashqi ishlar vaziri Luiji Di Mayoni kutib oldi. Luiji unga yurtda xavfsizlik va barqarorlik o‘rnatish yo‘lida olib borayotgan sa’y-harakatlarining Italiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini aytdi. Shuningdek, Liviya inqirozini harbiy yo‘l bilan yechib bo‘lmasligini, uning mamlakati G‘asson Salomaning siyosiy yo‘lga qaytish harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab, Berlin konferensiyasining Liviya ishlariga aloqador barcha davlatlarni birlashtirishidan umidvor ekanini bildirdi». (Independent Arabiyya, 2019 yil 17 dekabr).

Uchinchi: Amerikaning Berlin konferensiyasini o‘tkazish masalasida Yevropaning yo‘lini to‘sishga jiddiy urinayotgani, xususan buni Liviyadagi o‘ziga qarashli xalqaro vakilning Berlin konferensiyasi oldiga qo‘yayotgan shartlari orqali amalga oshirmoqchi bo‘layotgani ko‘rinib turibdi. «BMTning Liviyadagi maxsus vakili G‘asson Saloma Berlin konferensiyasi uchun uchta shart qo‘yganligini oshkor qildi. U shuningdek, Xavfsizlik Kengashining bo‘linishi sababli Liviya inqirozini hal etish bo‘yicha konferensiya harakatlari qiyinlashib qolganini ta’kidladi». (Bavvoba Vasat, 2019 yil 13 noyabr). BMT vakilining paysalga solishidan Amerikaning Berlin konferensiyasini paysalga solayotganini ko‘rish mumkin. Aftidan, konferensiya vaqtining aniq belgilanmagani sababi ham shu bo‘lsa kerak! Lekin Amerika shu bilan kifoyalanmadi, balki Liviya sahnasiga Rossiya bilan Turkiyani olib kirdi. U shu orqali Liviya bilan bog‘liq mintaqaviy va xalqaro o‘yin qartasini aralashtirib, Yevropa urinishlarini chalkashtirib yubordi. Qolaversa, Rossiya bilan Turkiyani Liviya sahnasiga kiritish orqali, konferensiyaga hali o‘tkazilishidan oldin ta’sir o‘tkazdi… Bu bilan Yevropa Amerika bilan birgalikda Liviya masalasini hal qilishdagi asosiy tomon bo‘lmay qoldi. Balki Rossiya hamda Turkiya Yevropa bilan raqobatlashadigan yoki uni ortda qoldiradigan, natijada Yevropaning u yerdagi roli zaiflashadigan bo‘lib qoldi…
Shunday qilib, Berlin konferensiyasi agar o‘tkaziladigan bo‘lsa, uning natijalari Yevropa umid qilgandek bo‘lmasligi mumkin! Shuning uchun Amerikaning konferensiyada qatnashishi va uni qo‘llab-quvvatlashi uchun Yevropa turli-tuman vositalar bilan AQSh pozisiyasiga ta’sir o‘tkazishga harakat qilyapti. Hatto yevropalik rasmiylar Amerikani qiyin ahvolga solib qo‘yish uchun Amerikaning konferensiyadan manfaatdor ekani to‘g‘risida bayonotlar berishyapti! «Germaniya Tashqi ishlar vaziri Xayko Maas italiyalik hamkasbi Luiji Di Mayo bilan birga bergan matbuot konferensiyasida Qo‘shma Shtatlar Berlin konferensiyasidan manfaatdor ekanini, uning muvaffaqiyatli o‘tishida o‘zining ijobiy ta’sirini o‘tkazishini bildirdi». (Ayn Libiya, 2019 yil 10 noyabr). Bu bayonotlarni Amerika emas, Yevropa beryapti! Amerikaga kelsak, uning ko‘zlari Liviya sahnasidan uzilgani yo‘q. Masalan, 2019 yil 17 sentyabrda «Berlin konferensiyasiga tayyorgarlik ko‘rish yig‘inidan so‘ng AQShning Liviyadagi elchisi Richard Norland Jazoirga safar qilib, uning tashqi ishlar vaziri Sabri Buqadum bilan uchrashdi. Holbuki, Jazoir Berlin konferensiyasiga taklif qilinmagan edi». (Quds Arabiy, 2019 yil 2 noyabr). Bu esa, Amerikaning ko‘zlari Jazoirdan uzilmaganiga, ya’ni, Jazoirning Liviyaga kirib, Haftarga qarshi harakat qilishidan xavfsirayotganiga dalolat qiladi.

To‘rtinchi: Endi, Amerikaning Yevropa pozisiyasini, so‘ng Sarroj pozisiyasini zaiflashtirish maqsadida Rossiya bilan Turkiyani Liviya sahnasiga kiritish orqali qanday qilib o‘yin qartalarni aralashtirib yuborganiga kelsak, buni quyidagilarda ko‘ramiz:
a) Amerika Rossiyaning Liviyaga kirishiga va u yerdagi o‘z malayi Haftarni qo‘llab-quvvatlashiga yashil chiroq yoqib qo‘ydi. Rossiyaning «Vagner» tashkiloti Liviyada ham ko‘rina boshladi. U AQShning Iroqda faoliyat qilgan «Blackwater» nomli jinoyatchi tashkilotiga o‘xshaydi. Bu yerda Haftarni qo‘llab-quvvatlash uchun Amerika Rossiyani «Vagner»ning Liviyaga kiritishga ilhomlantirgani ko‘rinib turibdi. «Vagner» Rossiyaning zamonaviy harbiy texnikalari bilan ta’minlangan bo‘lib, uchoqlar signaliga xalaqit beruvchi tizimlarga (jammer tizimlariga) ega. Shu jihatdan olganda, «Vagner» Haftar uchun raqiblari qarshisida harbiy ustunligini oshiradigan muhim element bo‘lib turibdi. Bu tashkilot prezident Putinga juda yaqin bo‘lib, xorijiy harbiy kontraktlar orqali pul ishlaydi.
Rossiyaning AQSh talablarini qabul qilganini Putinning o‘zi e’tirof etib qo‘ydi. U jumladan bunday dedi: «Rossiya Haftar bilan ham, Sarroj hukumati bilan ham aloqalarga egadir». (RT Arabic, 2019 yil 19 dekabr). Bir vaqtning o‘zida, Amerika Haftarni qo‘llab-quvvatlamoqda: «Oq uyning ta’kidlashicha, Tramp terrorizmga qarshi kurash va Liviyadagi neft’ resurslari xavfsizligini ta’minlashda Haftarning roli ulkan ekanini e’tirof etdi». (Germaniyaning «DW» telekanali, 2019 yil 24 noyabr). Amerika bu bilan Liviyani AQSh-Rossiya o‘rtasidagi kurash maydoni qilib tasvirlamoqchi bo‘lyapti. Germaniyaning «DW» telekanali 2019 yil 24 noyabrda AQShning rasmiy doiralari chiqargan ushbu bayonotni xabar qildi: «Rossiyaning Liviyadagi kurashdan xalqning istagiga qarshi foydalanib qolmasligi uchun AQSh Liviya suverenitetini va uning hududiy yahlitligini qo‘llab-quvvatlaydi».
b) Turkiyaga kelsak, uning Liviya inqirozidagi roli yaqqol ko‘rinib turibdi: «2019 yil 27 noyabr kuni Turkiya prezidenti Erdogan bilan Liviya bosh vaziri Fayz Sarroj o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Bu memorandum Anqara-Tripoli o‘rtasida xavfsizlik va harbiy sohadagi hamkorlikka xususan, dengiz hududlarini demorkasiya qilish bo‘yicha hamkorlik qilishga qaratilgan. Matbuot xodimlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Erdogan «Liviyada Misr nima qilyapti? Abu Dabi hukumati nima qilyapti?», dedi. Rossiya roli haqida esa, Erdogan «Ular Vagner, deb nomlangan guruh orqali – tom ma’noda – Liviyadagi Haftar foydasiga ishlashyapti. Ularni kim moliyalashtirayotgani ma’lum», dedi. So‘ng «Vaziyat mana shunday. Bularning barchasi qarshisida biz qo‘l qovushtirib tursak, to‘g‘ri bo‘lmaydi. Biz shu kungacha qo‘limizdan kelganini qilganmiz va bundan keyin ham shunday qilamiz», deya qo‘shimcha qildi». (Al-Jazira net, 2019 yil 20 dekabr). Keyinchalik turk parlamenti Erdoganning loyihasini tasdiqladi: «Turkiya parlamenti Tripolidagi Sarroj boshqaruvi ostidagi xalqaro darajada tan olingan hukumatni qo‘llab-quvvatlash uchun askarlar yuborish bilan bog‘liq prezident loyihasi bayonnomasini 184 nafar ovozga qarshi 365 nafar ovoz bilan maqulladi. Ushbu bayonnomaga ko‘ra, Anqaraning Xalifa Haftar kuchlariga qarshi urushda xalqaro jihatdan tan olingan hukumat kuchlariga jangovar bo‘lmagan qo‘shinlarni maslahatchi va murabbiylar sifatida yuborishi mumkin bo‘ladi». (Bi-Bi-Si Arabiy, 2020 yil 2 yanvar).
Beshinchi: AQShning Turkiyani Liviyaga kiritishdan ko‘zlagan maqsadlariga kelsak, bu Erdogan da’vo qilayotganidek Sarroj hukumatini qo‘llab-quvvatlash uchun emas. Voqea-hodisalarni diqqat bilan kuzatsak va sinchiklab o‘rganib chiqsak, bu yerda mahalliy, mintaqaviy va xalqaro maqsadlar borligi va ko‘proq quyidagicha bo‘lishi mumkinligi ayon bo‘ladi:

1 – Mahalliy maqsad: Liviyada Sarroj hukumati bayrog‘i ostida kurashayotgan va «mo‘’tadil islomiy», deya hisoblangan harbiy guruhlar mavjud. Turkiya u yerga kirmasdan oldin ham ayni guruhlar bilan aloqada bo‘lib kelgan. Shuning uchun Turkiya ularni osongina halokatga yetaklashi turgan gap. Chunki u bunday ishni avval Suriyada isbotlab bergan. O‘shanda, u o‘ziga moyil guruhlarni qonxo‘r Asadga mintaqalarni topshirishga undagan edi. Shunday qilib, Turkiya Liviya urushiga Sarroj hukumatini o‘ziga moyil qilish va Haftar kuchlari qarshisida uni zaiflashtirish uchun kirmoqda.
Sarroj Erdoganning Amerika ta’siri doirasida yurishini, Liviyaga uning hukumatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kirmaganini, balki aldab-avrash uchun kirganini, bundan – xuddi Suriyada qilgani kabi – u yerdagi guruhlarni nozik mintaqalardan chiqarib yuborib, ularni zaiflashtirish orqali Haftarni kuchaytirishni ko‘zlaganini bilgan bo‘lishi kerak. Shuning uchun Sarroj Yevropa bilan kelishgan holda, Turkiyaga yaqinlashishni va bu bilan Amerikani qiyin ahvolga solib qo‘yishni istayapti. Ya’ni, xalqaro jihatdan rasman tan olingan hukumat bo‘lgani hamda har qanday davlatdan yordam so‘rashga haqli bo‘lgani uchun Turkiyaga yaqinlashish orqali Erdogan Turkiyasini o‘z hukumatiga yordam berishga majbur qilib qo‘ymoqchi bo‘lyapti… Keyin Yevropa Turkiyaning hamda uning ortidagi Amerika va Misrning Liviyaga aralashayotgani haqida xalqaro maydonda shov-shuv ko‘taradi… Sarroj va uning ortidagi Yevropa Amerikani qiyin ahvolga solib, shov-shuv ko‘tarsak, bu narsa Haftar bilan Misrni Sarrojga qilayotgan bosimlarini yengillatishga undaydi, deb umid qilishmoqda.
2 – Mintaqaviy maqsad: Jazoir o‘zidagi tang vaziyat sababli Sarroj hukumatini qo‘llab-quvvatlashga qiynalayotgan bir paytda, Misr Turkiyaning harbiy qo‘llab-quvvatlovini dastak qilib, Haftarni doimgidan ham ko‘proq qo‘llab-quvvatlashi va u yerga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z kuchlarini yuborishi mumkin. Turkiyaning Sarroj hukumatini qo‘llab-quvvatlashi esa, xuddi o‘ziga qarashli suriyalik guruhlarni qo‘llab-quvvatlagani kabi ramziy-yuzaki, hech qanday ahamiyat kasb etmaydigan shaklda bo‘ladi. Aslini olganda, Turkiya Liviyadan uzoq. Uning maqsadlari go‘yo Liviyani qo‘llab-quvvatlashi bilan nog‘ora qoqishdan nariga o‘tmaydi. Vaholanki, bu qo‘llab-quvvatlovi ham juda ham ozgina bo‘lib, bundan Liviya kuchlarini Turkiya tuzog‘iga tushirish ko‘zlangan. U yerdagi kuchlar halloslab chopib borgan qo‘llab-quvvatlov – xuddi Suriyada bo‘lgani kabi – sarob bo‘lib chiqadi!
3 – Xalqaro maqsad: Turkiyaning harbiy aralashuvi Liviyani u bilan Rossiya o‘rtasidagi janjal-tortishuv sahnasiga aylantirib qo‘yadi, xuddi ayni damda bo‘layotgani kabi. Erdogan o‘zining hujumkor bayonotlari bilan Rossiyaning Liviyadagi harbiy aralashuvini qoralayapti… Rossiya ham Turkiya aralashuviga norozilik bildiryapti… Keyin bu bayonotlar ortidan, Turkiya bilan Rossiya o‘rtasida Liviya masalasida kelishuvlar bo‘layotgani haqida boshqa bir bayonotlar yangramoqda! Bu esa, ikkala davlatning Suriya masalasidagi til biriktiruviga tamoman o‘xshaydi.
4 – Endi, Erdoganning Sarroj bilan bo‘lgan kelishuv gaz va neft’ qidiruv ishlarida undan foydalanishga qaratilganligini aytib, odamlarni aldashga urinayotganiga to‘xtalib o‘tamiz. «Turkiya Energetika vaziri Fotih Do‘nmez «dengiz chegaralarini demarkasiya qilish shartnomasi tasdiqlanib, BMT ro‘yxatidan o‘tkazilishi bilanoq, Turkiya mintaqada neft’ va gaz qidirish va qazib olish uchun lisenziyalar olishga kirishishini» ta’kidladi. So‘ng – men bu amaliyotni 2020 yilning ilk oylarida boshlashimizga ishonaman, dedi». (Reyter, 2019 yil 18 dekabr). Ko‘rinib turibdiki, Erdogan o‘zining Liviyadagi aralashuvi ortida gaz va neft’ qidirish ishlari turganini da’vo qilar ekan, buni odamlarni aldash uchun qulay imkoniyat deb bilyapti. Shuning uchun ushbu shartnomani imzoladi. Zero, 2018 yil oktyabr oyidan beri Antaliya sohillaridan 100 km. uzoqlikda O‘rta yer dengizida olib borilgan gaz qidirish ishlari jiddiy urinish bo‘lmadi… Barchasi behuda urinishlar bo‘ldi. Zero, energetika vaziri gaz va neft’ qidirish ishlari uchun kemalar yuborilganiga qaramay, bu ish haligacha boshlanmaganini e’tirof etdi. Hozir esa, Erdogan neft’ va gaz qidirish ishlari olib borilayotgani, Turkiya manfaatlarini ko‘zlab Liviyaga askar jo‘natilgani to‘g‘risida gapirib, odamlarni laqillatmoqchi bo‘lyapti. Aslida esa, bu aldamchi rolni Amerikaning Liviyadagi manfaati uchun o‘ynamoqda.

Oltinchi: Tripoli jangining hal etilishga kelsak, so‘nggi oylarda tarozi pallasini Haftar tomonga og‘diradigan ba’zi omillar yuzaga keldi:
Birinchi omil: Amerikaning Rossiya bilan Turkiyani Liviyaga kiritishi oqibatida Yevropaning qiyin ahvolda qolganligi. Shuningdek, yuqorida bayon qilganimizdek, Misr rolining faollashuvi Haftarni shijoatlantirib yubordi… Bu narsalar uni Tripolidagi harbiy operatsiyalarini kuchaytirishga undadi: «Liviya Milliy armiyasi bosh qo‘mondoni Xalifa Haftar 12 dekabr payshanba kuni oqshomda Tripoli sari keskin jang boshlab, oldinga siljishini ma’lum qildi hamda oldingi safdagi harbiy bo‘linmalarni harbiy amaliyot qoidalariga amal qilishga chaqirdi. Haftar televidenieda harbiy forma bilan chiqish qilib, Tripolidagi barcha harbiy bo‘linmalarga «nol soat» e’lon qildi va jumladan, «bugun biz poytaxt markazi sari hal qiluvchi jang e’lon qilamiz va olg‘a bosamiz» dedi». (Germaniyaning «DW» telekanali, 2019 yil 12 dekabr). Uning harbiy harakatlari hanuz avj olmoqda.
Ikkinchi omil: Rossiyaning, xususan «Vagner» tashkilotining Haftar tomonida turib jang qilishi. Amerika Rossiyaga Liviya ishiga aralashishi va o‘z malayi Haftarni qo‘llab-quvvatlashi uchun yashil chiroq yoqib berdi. Ma’lumki, «Vagner» Rossiyaning zamonaviy harbiy texnikalari bilan ta’minlangan bo‘lib, uchoqlar signaliga xalaqit beruvchi tizimlarga (jammer tizimlariga) ega. Shu jihatdan olganda, «Vagner» Haftarning raqiblari qarshisida harbiy ustunligini oshiradigan muhim element bo‘lib qolmoqda. Darhaqiqat, Rossiya prezidenti Putinning o‘zi Amerika talablarini qabul qilganini e’tirof etib, «Rossiya Haftar bilan ham, Sarroj hukumati bilan ham aloqaga ega», deb aytib o‘tdi. (RT Arabic, 2019 yil 19 dekabr).
Uchinchi omil: Turkiyaning Liviyadagi harbiy harakatlari. Ma’lumki, Liviyada Sarroj hukumati bayrog‘i ostida kurashayotgan va «mo‘’tadil islomiy», deya hisoblangan harbiy guruhlar mavjud. Turkiya u yerga kirmasdan oldin ham ayni guruhlar bilan aloqada bo‘lib kelgan. Shuning uchun Turkiya ularni osongina halokatga yetaklashi turgan gap. Chunki u bunday ishni avval Suriyada isbotlab bergan. O‘shanda, u o‘ziga moyil guruhlarni qonxo‘r Asadga mintaqalarni topshirishga undagan edi. Shunday qilib, Turkiya Liviya urushiga Sarroj hukumatini o‘ziga moyil qilish va Haftar kuchlari qarshisida uni zaiflashtirish uchun kirmoqda. Bu bir jihatdan. Ikkinchi jihatdan, Turkiyaning Liviya ishiga aralashishini ochiq e’lon qilishi Misrning Liviyaga avval yashirin qilayotgan aralashuvini ochiq e’lon qilishiga turtki bo‘ldi!
Tarozi pallasini Haftar tomonga og‘diradigan omillarning to‘rtinchisiga kelsak, bu – Turkiya-Rossiya o‘rtasidagi yolg‘on tortishuvdir. Turkiya Liviyaga kirishdan maqsadini Sarrojni qo‘llab-quvvatlash qilib ko‘rsatyapti. Masalan, Erdogan Rossiyaning Haftarni qo‘llab-quvvatlayotgani to‘g‘risida hujumkor bayonot berib, «Ular Vagner, deb nomlangan guruh orqali – tom ma’noda – Liviyadagi Haftar foydasiga ishlashyapti. Ularni kim moliyalashtirayotgani ma’lum», dedi. Yana qo‘shimcha qildi: Vaziyat mana shunday. Bularning barchasi qarshisida biz qo‘l qovushtirib tursak, to‘g‘ri bo‘lmaydi. Biz shu kungacha qo‘limizdan kelganini qilganmiz va bundan keyin ham shunday qilamiz», deya qo‘shimcha qildi». (Al-Jazira net, 2019 yil 20 dekabr). Ikki kundan so‘ng Erdoganning Putin bilan uchrashishi haqida bayonot yangradi: «Erdogan va rus rahbari Putin Liviyadagi voqealarni muhokama qilish uchun ikkita delegasiya tuzdilar, yaqin orada ikkala davlat rasmiylari uchrashadi». (Turkiyaning NTV telekanali, 2019 yil 18 dekabr). Boshqacha aytganda, Erdogan kechayu kunduz Suriya ahlini bombalayotgan Rossiya bilan uchrashib, hamkorlik qilib kelmoqda. Bir vaqtning o‘zida, o‘zini Suriyadagi guruhlarni va suriyaliklarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida kirganini da’vo qilish bilan munofiqlik qilib keldi! Ular go‘yo o‘yin o‘ynayotgandek va hech kim buni bilmaydi, deb o‘ylashyapti. Vaholanki, bu narsa hammaga ochiq ko‘rinib turibdi. Darhaqiqat, 2019 yil 20 dekabrda Al-Jazira net Italiyaning «Soso Oil» veb-saytiga tayangan holda bunday xabar nashr qildi: «Liviya sahnasi Turkiya-Rossiya o‘yiniga guvoh bo‘lyapti. Ikkala davlat o‘rtasida Qora dengizda kelishuv shakllana boshladi… Ya’ni, ular Suriyadagi tinchlik tajribasini endi Liviyada takrorlashga tayyorlar». Mudom, Turkiya-Rossiya o‘rtasidagi yolg‘on kurash ochilayotgan ekan, bu Haftarga yengillik yaratib, harakatini faollashtiradi.
Mana shu to‘rt omil Haftar pozisiyasini qo‘llab-quvvatlamoqda hamda Tripoli sari janglarini rivojlantirib, uni shijoatlantirmoqda. Tabiiyki, bu omillarni Amerika idora qilib, tartiblashtirib turibdi. Haftarga nisbatan shunday. Ammo Sarrojga nisbatan esa, shubhasiz, uni Yevropa, ayniqsa, Britaniya, Fransiya va Italiya qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Bundan tashqari, jangchi guruhlar ham, xususan, Misrota jangchilari juda mustahkam turibdi. Biroq, yuqorida aytganimizdek, Liviyaga nisbatan aralashuvlarning to‘xtamayotgani, Tripoliga harbiy bosimlarning kuchaygani hamda Turkiyaning Sarroj lageri ichidan o‘ziga tarafdorlar kasb qilishi Yevropaning Liviyadagi nufuzi bir muncha zaiflashib qolganiga dalolat qiladi.

Endi, Britaniya va Yevropaga tobe katta siyosiy doiralarning ayni ta’sirni qayta tiklashlari qiyin kechadi. Xususan, Amerikaning Liviya sahnasiga Turkiya bilan Rossiyani kiritish orqali o‘yin qartasini aralashtirib yuborganidan so‘ng, ko‘rinayotgan voqea-hodisalar va ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa ta’sirining qayta tiklanishi oson bo‘lmaydi. Shunday bo‘lsa-da, inqirozni harbiy yo‘l bilan hal qilish ham yaqin orada oson kechmaydi. Shunga binoan, ikki tomonning kurashni harbiy yo‘l bilan hal etishi qiyinlashgan ekan, kapitalistlar o‘zlarining o‘rtacha yechim uslublariga muvofiq siyosiy yechimga o‘tishlari kutiladi. Albatta, bu holatda siyosiy yutuqlar pasangisini harbiy yutuqlar pasangisiga moslashtirishga ahamiyat berishadi va hozirda bu pasangi Haftar, ya’ni, Amerika tomonga og‘ir bosmoqda.
Yettinchi: So‘zimiz nihoyasida shuni ta’kidlaymiz: Eng alamlisi musulmon yurtlarimiz mustamlakachi kofirlar o‘rtasidagi kurash maydoniga aylanib qolganidir. Shuningdek, bizning aka-ukalarimiz bu yo‘lda ularning qurollariga aylanib, kufr va kofirlar manfaatiga xizmat qilishmoqda. Yurtlarimiz tepasidagi hukmdorlar chirib-sinib borayotgan kursilarini saqlab qolish uchun kofirlarni do‘st tutmoqdalar! Oqibat taqvodorlarniki hamda Islom va uning ahliniki ekanini bu hukmdorlar bilmaydilar. Ertaga pushaymon foyda bermaydigan vaqtda barchalari nadomat chekadilar!
﴿فَتَرَى الَّذِينَ فِي قُلُوبِهِمْ مَرَضٌ يُسَارِعُونَ فِيهِمْ يَقُولُونَ نَخْشَى أَنْ تُصِيبَنَا دَائِرَةٌ فَعَسَى اللَّهُ أَنْ يَأْتِيَ بِالْفَتْحِ أَوْ أَمْرٍ مِنْ عِنْدِهِ فَيُصْبِحُوا عَلَى مَا أَسَرُّوا فِي أَنْفُسِهِمْ نَادِمِينَ﴾
«Siz dillarida maraz bo‘lgan kimsalarni – bizga biron balo yetishidan qo‘rqamiz, deya (kofirlar) tomonga shoshayotganlarini ko‘rasiz. Shoyad Alloh musulmonlarga nusrat bersa yoki o‘z huzuridan biron ishni keltirsayu, anavilar ichlarida yashirgan narsalariga nadomat qiluvchilarga aylanib qolsalar» [Moida 52]

11 jumodul-avval 1441h
6 yanvar 2020m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.