Qirg‘iziston BMTga hisobot berdi

419
0

Qirg‘iziston BMTga hisobot berdi

20-yanvarda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jenevada o‘tayotgan inson huquqlari bo‘yicha sessiyasida tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Nuran Niyazaliev boshchiligidagi delegasiya vakillari hisobot berishdi.
Delegasiya a’zosi Janil Alibaevaning hisobotda qayd etishicha, mamlakatda oilaviy zo‘rovonlikni oldini olish bo‘yicha 27 qo‘mita ochilgan, bunday qo‘mitalarni har bir qishloqda ochish rejalashtirilmoqda. Mamlakat bo‘yicha 14 inqiroz markazi ochilgan, joriy yilda qo‘shimcha yana ikkita davlat inqiroz markazi ochiladi. 2017-yildan boshlab qiz olib qochish va erta nikohga qarshi maxsus dastur ishlamoqda.
Ma’lumki, Qirg‘iziston “mustaqillik” olganidan keyin BMT a’zosi sifatida o‘z zimmmasiga inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha bir qator majburyatlarni olgan. Ularni bajarilishi borasida har yil yuqoridagi kabi hisobot berib turadi. Biroq, qo‘mitalarni, inqiroz markazlarini ochilishi bu muammolarni xal qilib berishi mumkin emas. Chunki, BMT boshchiligidagi xalqaro tashkilotlar chaqirayotgan G‘arb dunyo qarashi oilaviy zo‘rovonlikni to‘xtatish u yoqda tursin, hatto kamaytira olmaydi ham. Bunga Ichki ishlar vazirligida shunday holatlar bo‘yicha ro‘yxatga olingan jinoyatlar soni yil sayin o‘sib borayotgani ochiq dalil. Hatto, har yili yuzlab odam hisobot berilayotgan BMT xodimlari tomonidan zo‘ravonlikka duch keladi. Masalan, o‘tgan yili BMT xodimlari tomonidan 43 odam o‘ldirilgan bo‘lib, ularning 19tasi ayollar, 10tasi qizlar, bittasi erkak kishi, ikkitasi yosh bola, o‘ntasi yoshi aniqlanmagan ayollar, bir odamning shaxsi noma’lum ekanligi, 12 odam jinsiy zo‘rovonlik qurboni bo‘lgani aytilgan. Biroq, BMT nikoh kabi Islom qadriyatlariga qarshi loyihalarga alohida e’tibor qaratib, loyihalarni amalga oshirilishiga jiddiy ahamiyat beradi. Bu ishlar odamlarni kapitalizmni uloqtirib tashlab, oila institutini farovon hayotga olib chiqadigan Islomdan uzoqlashtirishga bo‘lgan harakatdan boshqa narsa emas. Shu sababli bunday muammolardan qutulish uchun BMTga hisobot berishga emas, Allohning dinini mahkam ushlashga shoshilaylik va U Zotgagina hisob berishga tayyorlanaylik!
Mumtoz Movaraunaxriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.