Mirziyoev: “Shamoli yetib kelyapti, shamoli”

404
0

Mirziyoev: “Shamoli yetib kelyapti, shamoli”

Toshkent shahrida O‘zbekiston respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda nutq so‘zlagan prezident Shavkat Mirziyoev bosh vazir vakolatlari, oldida turgan vazifalariga to‘xtaldi.
“Biz yaqinda ijro organi rahbarini tayinlaymiz. U endi Toshkentda o‘tirib yig‘ilish qilmaydi, qog‘ozbozlik qilmaydi. Qog‘ozbozlik kamayadi. Umuman ijro organi ishini bosh vazirning o‘zi qilishi kerak.
Prezidentning esa o‘z ishi bor. Tashqi siyosat bor.
Yaqin Sharqdagi voqealar bizga ta’sir qilmaydi, deb o‘ylaysizlarmi? Shamoli yetib kelyapti, shamoli! Chegaralarimiz atrofida xavf ortib boryapti.
Afg‘onistondan bizga yaqin chegaralarni tozalab berishni so‘radik. Ular ham o‘zaro hamkorlik shartnomalari yuzasidan qandaydir harbiy operatsiyalar qilganday bo‘lishdi, ammo bu bilan xavfsizlik ta’minlanib qolmaydi. Biz o‘zimiz xavfsizlikni ta’minlashimiz kerak. Biz yer tagida ilon qimirlasa bilamiz. Xavf yo‘q emas, vaziyat murakkabligini yaxshi tushunib turibmiz”, – dedi Mirziyoev.

Izoh: Rossiya prezidenti Putin, rus maxsus xizmatlari, rossiyalik harbiy ekspertlar tomonidan to‘xtovsiz bo‘rttirib kelinayotgan afg‘on vahimasi Mirziyoevga ham o‘z ta’sirin o‘tkazib, u ham bu “tahdid” haqida tez-tez gapiradigan bo‘lib qoldi.
2018-yil sentyabr oyida Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan MDH davlat rahbarlari kengashi majlisida ham Mirziyoev shu “tahdid” borasida to‘xtalib o‘tgan edi.
“Hozirgi paytda ularning Yaqin Sharqdan Afg‘onistonga, MDH chegaralari yaqiniga ko‘chib o‘tish tendensiyasi kuchaymoqda. Mamlakatlarimiz terrorizm xavfini o‘z vaqtida va samarali qaytarish uchun o‘zaro kelishilgan, avvalo, oldindan zarba berishga qaratilgan harakatlarga tayyor turishi lozim”, – degan edi Mirziyoev.
Mirziyoev va Markaziy Osiyoning qolgan respublikalari rahbariyatlari Rossiyaning bosimi ostida, yolg‘on vahimalarga bo‘yin egishga majburlanishyapti. Rossiya ularning har biriga har tomondagi bor imkoniyati bilan bosim o‘tkazyapti.
Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.