Rossiya hukumati iste’foga chiqdi

41
0

Rossiya hukumati iste’foga chiqdi

Rossiya hukumati iste’foga chiqdi. Bu haqda bosh vazir Dmitriy Medvedev prezident Vladimir Putin bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Medvedev hukumatining iste’fosi prezident Putin Federal Majlisga yillik murojaatini o‘qib eshittirganidan bir necha soat o‘tib e’lon qilindi.
Putin murojaati davomida konstitusiyaga o‘zgartirishlar kiritishni taklif qildi. Rossiya rahbari taklif qilayotgan o‘zgartishlar mamlakat siyosiy tizimini keskin o‘zgartirishi aytilmoqda.
Putin Xavfsizlik kengashida rais o‘rinbosari lavozimi joriy etilishini va unga Dmitiriy Medvedevni tayinlamoqchi ekanligini bildirdi.
Putin 15 yanvar’ kuni Federal Majlisda so‘zlagan nutqida 1993 yilda qabul qilingan konstitusiya o‘zgartirilishi kerak, degan fikrni bildirdi. Xususan, prezident vazirlarni hamda bosh vazirni tayinlash huquqi Rossiya parlamentining quyi palatasi – Davlat Dumasiga o‘tkazilishi kerakligini aytdi. Ayni damda ularni prezident tayinlaydi.
Ammo Putin bir vaqtning o‘zida Rossiya “kuchli prezident respublikasi” bo‘lib qolishi kerakligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vazirlarni hamda bosh vazirni ishdan olish hamda mudofaa va xavfsizlik vazirlarini tayinlash huquqi prezidentda qolishi kerak.

Taxlil: Putinning yillik bayonotidagi kutilmaganda to‘satdan bildirgan davlat strukturasidagi bir necha o‘zgarishlar, butun siyosatchi va taxlilchilarni boshini qotirdi.
Faqat bir taxlil ular tomondan to‘g‘ri talqin qilindi. “Putin 2024 yilda kutilayotgan prezidentlik saylovidan keyin xam xokimiyatda qolish uchun strategik xarakat boshladi”.
Putin xam, SNG mamlakatlaridagi yetakchilar singari o‘z xalqi qo‘llovidan maxrum bo‘lib nafratiga uchrab borayapti. U xam Nazarbaev singari, prezidentlikdan ketib, xokimiyat tizginini o‘z qo‘lida yoki ta’siri ostida ushlab qolish uchun xarakat qiladi. Bir qator isloxot singari o‘zgarishlar yasagandek bo‘lib, fuqorolarida rejimga umid paydo qilmoqchi bo‘ladi.
Lekin bu ish Rossiyadagi shu kunda borayotgan siyosiy va iqtisodiy xalokatli xolat vaqtida oson kechmaydi.
Abdurazzoq Mo‘’min

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.