Lavrov: Rossiya dollardan voz kechishni ko‘rib chiqmoqda

45
0

Lavrov: Rossiya dollardan voz kechishni ko‘rib chiqmoqda

Moskva dollarda hisob-kitob qilishdan voz kechishni AQSh iqtisodiy siyosatining oldindan bashorat qilib bo‘lmasligiga javob sifatida ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Times of India nashriga bergan interv’yusida ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

“AQSh ma’muriyatining sanksiyalarni kuchaytiruvchi moliyaviy vositalaridan tobora tajovuzkorona foydalanishi fonida Rossiya iqtisodiyotni bosqichma-bosqich dollarsizlashtirishni davom ettirmoqda. Shu bilan birga, bizning asosiy sheriklarimiz bilan, shu jumladan, Hindiston bilan ikki tomonlama savdo va investisiya aloqalarini rivojlantirishga qo‘yilgan cheklovlarning salbiy ta’sirini kamaytiradigan iqtisodiy va huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqmoqdamiz.”, – dedi Lavrov.

Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, bunday ishlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bu milliy valyutalardagi hisob-kitoblarni kengaytirishdir. U o‘tgan yilning iyun’ va oktyabr’ oylarida Xitoy va Turkiya bilan hisob-kitoblar va to‘lovlar bo‘yicha tegishli hukumatlararo bitimlar tuzilganini va BRIKS doirasida esa markaziy banklar tomonidan tegishli vakillik hisobvaraqlarini ochish to‘g‘risida kelishuvlarga erishilganini eslatdi.
Lavrov Moskva va Dehli sarmoyalarni o‘zaro himoya qilish bo‘yicha yangi hukumatlararo bitimni tayyorlash bo‘yicha ishlarni davom ettirayotganini qo‘shimcha qildi.
Ma’lum-ki, 1971 yili AQSh prezidenti Nikson Bretton-Vuds ittifoqi tugatilgani va oltin bilan dollar o‘rtasidagi bog‘liqlik bekor qilinganini e’lon qildi. O‘shandan boshlab oltinning pul bilan bo‘lgan aloqasi uzilib, boshqa tovarlar qatori oddiy tovarga aylandi. Amerikaning bundan ko‘zlagan maqsadi dollarni dunyodagi asosiy pulga aylantirib, xalqaro moliyaviy bozor nazoratini qo‘lga kiritish edi. Shundan buyon dunyodagi barcha majburiy qog‘oz pullar AQSh dollariga bog‘lanib, davlatlar puli qadri va ayirboshlash qiymatlari dollarga qarab belgilanadigan bo‘ldi. Amerika istagan vaqtda dollar kursini ko‘tarish yoki tushirish orqali bu davlatlar ichki moliyaviy bozorlarini izdan chiqarish va iqtisodiy bosim o‘tkazish imkoniga ega bo‘ldi. Amerika dollari neft narxini belgilaydigan va moliyaviy to‘lovlar valyutasiga aylandi…
Rossiya, Xitoy, Yevropa ittifoqi, Hindiston kabi davlatlar dollardan voz kechish, o‘zaro savdoda milliy valyutalarga o‘tish bo‘yicha qanchalik jiddiy bayonotlar berishmasin buni uddasidan chiqa olishmaydi. Sababi, ular o‘zaro savdoda milliy valyutalardan foydalanishlariga qaramay ular o‘rtasidagi kursni belgilovchi valyuta yana dollarligicha qolaveradi.
Dunyoni kapitalistik zulm iskanjasi, moliyaviy krizis va Amerika dollari hukmronligidan xolos bo‘lishini yo‘li bitta. U ham bo‘lsa, Islom shariati shar’iy pul qilib belgilagan oltin va kumush nizomiga qaytish. Bu ikki ma’danni muomalada yuradigan, tovarlar va mahsulotlar sotiladigan, ish haqlari belgilanadigan valyuta va pul zahirasi qilib qo‘yishdan iborat. Bu esa faqat Islomiy Xalifalik davlatini qayta tiklash orqali amalga oshadi.

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.