Qarqana aholisi boshdan kechirayotgan azob uqubatlar davlat jinoyatlarini ochmoqda

451
0

Qarqana aholisi boshdan kechirayotgan azob uqubatlar davlat jinoyatlarini ochmoqda

Qarqana aholisi dengiz suvi ifloslanishi va ushbu orol aholisi uchun rizq manbai hisoblangan dengiz mavjudotlarining qirilishi ortidan bong urishdi. Lekin ushbu voqeaga bir oydan ko‘proq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da mustaqil davlat va uning mahalliy hukmdoriyati dengiz rizq manbaiga xatar tug‘dirayotgan, oroldagi dengiz boyliklariga qirg‘in keltirayotgan va dengiz suvini ifloslantirayotgan muammoni hal qilmadi.

Regional va atrof muhit vazirligi Safoqis viloyatining Sidi Mansur sohilidagi dengiz suvlarida paydo bo‘lgan qizarish to‘g‘risidagi kuzatuvlar natijasini e’lon qilgan. Kuzatuvga ko‘ra, suv rangining o‘zgarishi mayda mox yo‘sinlarning (zaxda o‘sadigan o‘t) haddan tashqari ko‘payib ketishidan paydo bo‘lgan. Shuningdek, haroratning ko‘tarilib ketishi tufayli suvdagi kislorod miqdori ozaygan, natijada baliqlar qirilib, sassiq hid tarqalgan. Ammo aholi ushbu ekologik falokat va undan kelib chiqqan baliqlar qirilishidagi asosiy mas’uliyatni Qarqanadagi neftь shirkatlari hamda Safoqisdagi «Siyob» ximiya zavodi, undan chiqayotgan zararli gaz va ximiyaviy chiqindilarga yuklamoqda.

Soxta mustaqillik davridan beri Tunisda birin-ketin almashayotgan hukumatlar ushbu ekologik falokat ortidagi haqiqiy sabablardan ko‘z yumib kelishmoqda. Shuningdek, ular eng muhim vazifalarini tashlab, G‘arb manfaatlari va uning mustamlakachi shirkatlarini himoya qilishmoqda. Qarqana va uning atrofidagi orollar bunga yorqin misoldir. Chunki ularning boyliklari ajnabiy shirkatlar ularni egallab olishi natijasida o‘zlariga kulfat bo‘lib qoldi. Zero, buning natijasida, ularning rizqi toraydi, ekologiya buzildi va turli kasalliklar kelib chiqdi. Bu holat ichki jihatlarga ham mos kelaveradi.

Ey, Qarqanada va uning atrofidagi orollarda yashovchi aholi, Ey Tunis ahli:

Bu hukumatlar G‘arb doiralari oldida brokerlik rolini bajarishmoqda. Ular sizlar urgan xatar bongini e’tiborsizlik bilan qabul qilishdi. Allohga qasamki, sizlar xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning boshqaruvidek roshid boshqaruvni tiklash uchun biz bilan birga faoliyat qilishingiz lozim. Umar roziyallohu anhu fuqarolarning ahvolini tekshirar ekan, och qolgan bolalari bor bir ayol unga shikoyat qildi. Umar unga: Ey Allohning bevasi Umarning nima gunohi bor dedi. Shunda ayol: Amir bo‘la turib, bizni e’tiborsiz qoldirdi, dedi. Umar uning oldidan chiqib, Baytulmolga bordi va un, yog‘ va asal tayyorladi. So‘ngra Ibn Avf roziyallohu anhuga qarab bularni menga ko‘targizib qo‘y dedi. Ibn Avf esa: Ey mo‘minlar amiri men ko‘tara qolay degan edi, Umar roziyallohu anhu: yo‘q menga ko‘targiz dedi. Ibn Avf esa: Ey mo‘minlar amiri men ko‘tara qolay degan edi, Umar roziyallohu anhu Yo‘q menga ko‘targiz, onasiz qolgur, qiyomatda mening gunohlarimni ko‘tara olasanmi? dedi. So‘ng narsalarni ko‘tarib boyagi ayol oldiga bordi va o‘z qo‘llari bilan ovqat pishirib berdi. Shunda ayol Allohga qasam ichgan holatda: Muhammadni haq bilan yuborgan Zotga qasamki, albatta sen Umardan ko‘ra xalifalikka loyiqsan dedi. Chunki u Umarni tanimas edi. Umar o‘sha tunda och bolalar to‘yganiga xotirjam bo‘lmagunicha uxlamadi.

Hizb ut-Tahrirning Tunisdagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.