…«Ayol va shariat» sahifasining Feysbuk tomonidan yopib qo‘yilishi…

396
0

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo‘limi ayollar qanotiga tegishli «Ayol va shariat» sahifasining Feysbuk tomonidan yopib qo‘yilishi ayollarni G‘arb liberalizmi natijasidagi zulmdan ozod qilish uchun Islomga da’vat qilayotgan muslimalar ovozini bo‘g‘ishga urinishdir

Feysbuk ijtimoiy tarmog‘i 2019 yil 29 noyabr, juma kuni Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi ayollar qanotining ingliz tilidagi «Ayol va shariat» sahifasini yopib qo‘ydi. Tarmoq o‘zining ushbu ishini oqlovchi biror bahona keltira olmadi. Ushbu sahifaning 40000dan ortiq muxlis va kuzatuvchilari bor edi. Hatto post qoldirganlar soni yarim milliondan ortiq bo‘lgan. Ushbu sahifa butun olam bo‘ylab ayol va bolalar yo‘liqayotgan zulm hamda muhim muammo va masalalarni yoritib borar edi. Shuningdek, ushbu masalalar haqidagi islomiy nuqtai nazarni taqdim etar edi. Bundan tashqari, ayolning haqiqiy roli, vazifasi, huquqlari va o‘rnini islomiy boshqaruv nizomi bo‘lgan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikda belgilangandek tushuntirish orqali uning Islomdagi o‘rni va muomalasi haqidagi xato ma’lumot va uydirmalarni parchalashga harakat qilar edi.

Ushbu sahifa bir qancha yillardan beri turli mavzularda muhim, foydali va ulkan kampaniyalarni uyushtirib kelayotgan edi. Oila yaxlitligining parchalanishi, uning olam bo‘ylab jamiyatlarga ta’siri, dunyo davlatlaridagi ta’lim tizimiga ta’sir qilayotgan fojiali ahvoldan qutulish kayfiyati va bugungi musulmon yoshlarning islomiy o‘zligini ushlash jarayonida yo‘liqayotgan qiyinchilik va qarshiliklarga qanday munosabatda bo‘lish kabi mavzular shular jumlasidandir. Ushbu sahifa yana dunyo bo‘ylab musulmonlar, ayniqsa Suriya, Falastin, Mьyanma, Yaman, Kashmir, Markaziy Afrika va Xitoy kabi davlatlardagi ayol va bolalar yo‘liqayotgan og‘ir mehnatlarga butun dunyo e’tiborini tortishga harakat qilayotgan edi.

Ushbu sahifa o‘zi tarqatayotgan barcha nashralar ishonchli manbalardan olingan to‘g‘ri ma’lumotlarga asoslanganini ta’kidlab kelar edi. Shuningdek Islom haqida turli uydirmalarni tarqatadigan va Feysbuk tarmog‘i ularni jazolamay erkin tashlab qo‘yadigan buzuq sahifalarga zid o‘laroq odob va axloqqa to‘g‘ri kelmaydigan narsalarni tarqatmas edi.

«Ayol va shariat» sahifasi Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo‘limi sahifalaridandir. Hizb ut-Tahrir esa, siyosiy hizb bo‘lib, aksariyat G‘arb davlatlarida ta’qiqlangan emas. Shu jumladan «Feysbuk» tarmog‘ining asosiy ofisi joylashgan Amerikada ham. Biz bu davlatlarda oshkora faoliyat olib boramiz va o‘nlagan konferentsiya va seminarlar o‘tkazganmiz. Shuningdek ko‘chalar va internet orqali siyosiy ishlar va faoliyatlar olib borganmiz. Shu erda bir savol tug‘iladi: Nima uchun Feysbuk tarmog‘i erkin fikrlar va bahs munozaralar platformasi bo‘la turib, zamonaviy jamiyatga xavf solmaydigan sahifani taqiqlamoqda?

Bu kabi rasizmning sababi yo‘qligi aniq. Zero, bizning sahifamiz hech qanday bahonasiz yopib qo‘yilishida yagona haqiqat bor. U ham bo‘lsa, muslimalar G‘arb liberalizmining natijasi bo‘lgan zulmdan ozod bo‘lish uchun Islomga chaqirishlari ularning shartlari va siyosatlariga zid kelganligidir. Ular bizning nomimizdan boshqalar yolg‘on gapirishini afzal deb biladilar. Ular bizni Islomni qo‘llab-quvvatlovchi muslima ayollar sifatida o‘z fikrlarimizni ochiq ifodalashga imkon beradigan platformaga ruxsat berish o‘rniga bizning o‘zligimizni tasvirlashda o‘yin qilmoqdalar. Bundan tashqari ushbu ommabop sahifa turli uydirma va adashtiruvchi tuhmatlardan ko‘ra? Xalifalik nizomini ayollarni himoya qiluvchi qalqon sifatida ko‘rsatgan edi. Lekin u ushbu aloqa sayti shirkati uchun qabul qilib bo‘lmas ishga aylanib qoldi. Feysbuk tarmog‘i o‘zining ushbu ishi orqali muslima ayollarni ovozini vahshiy siyosiy yo‘llar bilan o‘chirishga harakat qilgan ilmoniy hukumat va repressiv rejimlarga qo‘shildi. Chunki bu muslimalar ilmoniy liberalizmni inkor qilmoqda va Islomni o‘zligining asosi sifatida qabul qilmoqda. Shuningdek, har qanday zamon va makonni isloh qiladigan nizom va shariat orqali o‘z yurtlarida haqiqiy o‘zgartirish yasashni xohlashmoqda. Biz ovozlarimizni o‘chirishlarini xohlamaymiz va Allohning izni bilan yaqinda haqiqat ro‘yobga chiqadi.

Shuning uchun biz haq va adolatga yordam berayotgan va bugun millionlagan ayollar yo‘liqayotgan zulmga barham berishni istayotgan hamda musulmon yurtlarda haqiqiy o‘zgartirish yasashga harakat qilayotgan har bir kishini yangi sahifamizni qo‘llab-quvvatlashga chaqiramiz:

يُرِيدُونَ أَن يُطْفِؤُواْ نُورَ اللّهِ بِأَفْوَاهِهِمْ وَيَأْبَى اللّهُ إِلاَّ أَن يُتِمَّ نُورَهُ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ

«Ular Allohning nurini (ya’ni, Islomni) og‘izlari (ya’ni, behuda gaplari) bilan o‘chirmoqchi bo‘ladilar. Alloh esa, garchi (kofirlar) xohlamaslar-da, faqat O‘z nurini to‘la (ya’ni, har tarafga) yoyishni istaydi» [Tavba 32]

D. Nasrin Navoz, Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo‘limi ayollar qismi mudirasi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.