Konstantinopolning hijriy 857, milodiy 1453 yilda fath etilgani xotirasi munosabati bilan Hizb ut-Tahrir amiri ulug‘ olim Ato ibn Xalil Abu Roshta qilgan nutqning matni

821
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Konstantinopolning hijriy 857, milodiy 1453 yilda fath etilgani xotirasi munosabati bilan Hizb ut-Tahrir amiri ulug‘ olim Ato ibn Xalil Abu Roshta qilgan nutqning matni

Allohga bergan ne’matlari uchun hamd bo‘lsin. Rosululloh ﷺga hamda ul zotning oilalariga, ashoblariga va ul zotni do‘st tutganlarga salotu salomlar yog‘ilsin, ammo ba’d:

Insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummatga,

Da’vatni ko‘taruvchi axyor va abror yigitlarga,

Ushbu sahifaning muhtaram ziyoratchilariga

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Ummatlar tarixida ularning o‘zlariga xos yorqin kunlari bor bo‘lib, ular mana shu kunlari bilan faxrlanadilar. Ammo bunday kunlar Rosululloh ﷺning bashoratlari ro‘yobga chiqqan kunlar bo‘lsachi?! Shubhasiz, bunday holatda samoda charaqlagan yulduz nafaqat yulduz, balki butun dunyoni yorituvchi va Ummatni ko‘klarga ko‘taruvchi quyosh bo‘ladi.

Shunday ulug‘ kunlarimizdan biri Konstantinopol fath etilgan kundir… Darhaqiqat, hijriy 857, milodiy 1453 yil yigirma oltinchi robiul-avvaldan boshlab Muhammad Fotih shaharni qamal qildi va nihoyat, biz xotiralab turgan ayni shu kunda, aniqroq aytganda, yigirma uchinchi jumodul-avval erta tongda shaharni fath qilishga muvaffaq bo‘ldi. Ya’ni, qamal ikki oyga yaqin davom etdi. Muhammad Fotih shaharga zafar bilan kirib borgach, tulporidan tushib, shu ishga muzaffar va muvaffaq aylagani uchun Allohga shukr sajdasini qildi. So‘ng Ayo Sofiya cherkoviga bordi. Vizantiya xalqi va rohiblari cherkovga to‘planib olishgan edi. Muhammad Fotih ularga omonlik berdi va Ayo Sofiya cherkovini masjidga aylantirishga amr qildi. Shuningdek, ulug‘ sahoba Abu Ayyub ansoriyning qabri oldiga bir masjid bino etishga farmon berdi. Zero, marhum Abu Ayyub roziyallohu anhu shahar fathi uchun qilingan ilk hamlada ishtirok etib, halok bo‘lgan va o‘sha erga dafn etilgan edi.

Shahar fathidan keyin fotih taxallusini olgan Muhammad Fotih Kanstantinopolni o‘z davlatining poytaxti qilishga qaror qildi (avval uning poytaxti Edirne shahri edi) va Kanstantinopol nomini Islom shahri, Islom diyori ma’nolarini anglatuvchi Islombul nomiga o‘zgartirdi. So‘ng Istanbul nomi bilan shuhrat qozondi. Muhammad Fotih shaharga kirgan paytda, Ayo Sofiyaga bordi va u erda namoz o‘qidi va Allohning fazli va ne’mati ila u masjidga aylandi. Ushbu masjid asr jinoyatchisi Mustafo Kamol kelib, u erda namoz o‘qishni taqiqlab, uni sayyohlar uchun muzeyga aylantirgunga qadar pokiza va mo‘minlar tomonidan obod nurafshon dargoh bo‘lib turdi!

Shunday qilib, Rosululloh ﷺning Abdulloh ibn Amr ibn Os rivoyat qilgan ushbu hadisi shariflaridagi bashorat ro‘yobga chiqdi:

«Abdulloh ibn Amr ibn Os aytadi: Biz Rosululloh ﷺning oldilarida yozib o‘tirgandik, ul zotdan – qaysi shahar birinchi bo‘lib fath etiladi, Konstantinopolmi yoki Rimmi? deya so‘raldi. Ul zot

«مَدِينَةُ هِرَقْلَ تُفْتَحُ أَوَّلاً، يَعْنِي قُسْطَنْطِينِيَّةَ»

«Iraklining shahri, ya’ni Konstantinopol birinchi fath qilinadi», deya marhamat qildilar». Ushbu hadisni Ahmad O‘zining «Musnad»ida va Hokim «Mustadrak»ida rivoyat qilgan va Hokim «bu hadis ikki shayx sharti bilan sahihdir, ikki shayx uni ishlab chiqmaganlar», deb aytgan. Zahabiy «Talxis»da bu hadisga «Buxoriy va Muslim sharti bilan sahihdir», deya izoh bergan.

Yana bir hadisi sharifda «Abdulloh ibn Bishr Xas’amiy otasidan rivoyat qiladiki, otasi Nabiy ﷺning bunday deganlarini eshitgan ekan:

«لَتُفْتَحَنَّ الْقُسْطَنْطِينِيَّةُ فَلَنِعْمَ الْأَمِيرُ أَمِيرُهَا وَلَنِعْمَ الْجَيْشُ ذَلِكَ الْجَيْشُ»

«Albatta Konstantinopol fath etiladi. Uning amiri naqadar yaxshi amir, o‘sha qo‘shin naqadar yaxshi qo‘shin». Yana Bishr aytadi: Meni Maslama ibn Abdulmalik chaqirib, so‘ragan edi, men unga hadisni aytib berdim, shunda u Konstantinopolga g‘azot qildi». (Ahmad rivoyati). «Majmauz zavoid»da bu hadisga «uni Ahmad, Bazzor, Tabaroniy rivoyat qilganlar va uning roviylari ishonchlidir», deb sharh berilgan.

Shunday qilib, ushbu bashorat hali yigirma bir yoshdan ham oshmagan yigit Muhammad Fotihning qo‘li bilan ro‘yobga chiqdi. Lekin u yoshligidanoq bu ishga obdan tayyorlangan edi. Zero, uning otasi sulton Murod II unga astoydil e’tibor bergan edi. Shu bois, Muhammad Fotih o‘z zamonasining eng yaxshi ustozlari qo‘lida tahsil olgan edi. Ulardan biri, Ahmad ibn Ismoil Guroniy bo‘lib, Suyutiyga ko‘ra, u kishi Muhammad Fotihning birinchi muallimi hisoblanadi. Suyutiy bu haqda bunday deydi: «Guroniy faqih olim edi. O‘z zamonasi olimlari uni ustunligi va mohirligiga guvohlik berganlar. Hatto Guroniyni o‘z zamonasining Abu Hanifasi, deb ataganlar». Rosululloh ﷺning Konstantinopolning fath etilishi haqidagi hadislarini Muhammad Fotihning yoshligidan miyasiga quygan birinchi zot shayx Oq Shamsiddindir. Yigit ulg‘ayar ekan, ayni fath uning qo‘llari bilan amalga oshishiga intildi. Oq Shamsiddin Muhammad Fotihga Qur’on, Hadis, Sunnati Nabaviya va fiqh kabi asosiy ilmlar bilan birga, arab, fors va turk tillaridan ham ta’lim berdi. Shuningdek, matematika, astranomiya, tarix kabi boshqa fanlardan ham ta’lim berdi. Bundan tashqari Muhammad Fotih jang san’atini puxta o‘zlashtirgan shijoatli chavandoz edi… Alaloqibat, Alloh o‘zining fazlu marhamati ila, Rosuli ﷺning maqtovlarini shu yigit qo‘li bilan ro‘yobga chiqardi. Haqiqatdan ham, Muhammad Fotih naqadar yaxshi sarkarda, uning qo‘shini naqadar yaxshi qo‘shin bo‘ldi… Chunki ular qalblari imonga to‘la, jismonan chiniqqan, sidqidildan jihodga tayyorlangan kishilar edi. Ular Allohga yordam berdilar va Alloh ham ularga shunday buyuk fath bilan nusrat-yordam berdi… Buning uchun butun olamlar Robbisi Allohga hamd bo‘lsin.

Darhaqiqat, Muhammad Fotih uzoqni ko‘ra biladigan, ziyrak va dono kishi edi. Biror muammoni ko‘rishi bilan, Allohning izni ila, uni darhol hal etar va biror to‘siqni payqashi bilan, uni olib tashlardi. Uning qarshisida uchta to‘siq bo‘lgan va – Allohning madadi ila – o‘zining o‘tkir zakovati va ziyrakligini ishga solib, bu to‘siqlarni olib tashlagan. Ushbu diqqatga sazovor uch holat quyidagicha:

1 –          Muhammad Fotihga askarlarining Konstantinopol devorlari oldida ochiqlikda sovqotganliklari xabari keladi. Ana shunda Muhammad Fotih ularga zarur bo‘lgan vaqtda isinib turishlari uchun bir qo‘rg‘on qurib beradi. Chunki u kishi mabodo vaqt cho‘zilib ketadigan bo‘lsa, askarlarining – xuddi Konstantinopolga g‘azot qilgan avvalgi musulmon qo‘shinlari kabi – qamalni to‘xtatib, orqaga qaytib ketishlarini aslo xohlamaganlar. Balki Allohning izni ila, Konstantinopol fath etilmaguncha orqaga qaytish yo‘q, degan fikrida qattiq turganlar.

2 –          Konstantinopol devorlari uch qator bo‘lib, ularning oralig‘i bir necha metrni tashkil qilar edi. Shu bois, ayni masalada Muhammad Fotihning boshi qotdi. Uning zamonida vayron qiluvchi qurollar yo‘q edi. Qo‘llaridagi eng kuchli qurol tosh otar manjaniq quroli edi, xolos. Toshning hajmi kichik bo‘lmasa-da, ammo devorni tesha oladigan darajada emasdi. Muhammad Fotih dunyoning harbiy imkoniyatlarini kuzatib borardi. Shunda, u kishining bu bilimi vengriyalik muhandislardan biri Orbanga etaklaydi. Ya’ni, Orbanning devorlarni vayron qila oladigan kuchli to‘plar yasash g‘oyasi Muhammad Fotihning qulog‘iga chalinib qoladi. Zero, Orban bu xizmatini ilgari Konstantinopol imperatoriga taklif qilganda, u bunga e’tibor bermagan edi. Muhammad Fotih esa, Orbanning ayni xizmatini chiroyli qarshi olib, unga katta miqdorda mablag‘ to‘laydi va ixtirosini oxiriga etkazishi uchun kerakli barcha narsalarni muhayyo qilib beradi. Orban zambarak yasashga kirishadi. Unga Usmoniy davlatdagi muhandislar yordamlashadilar. Ularni Muhammad Fotihning o‘zi nazorat qilib turadi. Va nihoyat, oradan uch oy o‘tmay, Orban bir yarim tonnalik to‘plarni otish imkoniyatiga ega bo‘lgan uchta katta zambarak yasashga muvaffaq bo‘ladi. Muhammad Fotih zambaraklarni o‘sha devorda sinovdan o‘tkazishni istamaydi. Chunki u kutilgan natijani bermay qolsa, buni devor ortidagi rumliklar ko‘rishlari va musulmonlar kuchiga salbiy ta’sir etishi mumkinligidan xavotirlanadi. Shu bois, sinovni Edirneda o‘tkazishga qaror qiladi va alhamdu lillah natija muvaffaqiyatli chiqadi. Shundan so‘ng, Muhammad Fotih Konstantinopol devorlarini vayron etib, rumliklarni taslim qilish uchun uchala zambarakni Edirnedan olib kelib, devor yaqiniga o‘rnatadi.

3 –          Muhammad Fotihni o‘ylantirgan yana bir masala bo‘lgan. U ham bo‘lsa, Konstantinopol devorlarining Xalij tarafdagi (ko‘rfaz tarafdagi) qismi zaifligi edi. Rumliklar ham buni bilishardi. Lekin ular ko‘rfazga kirish joyining ulkan zanjirlar bilan berkitilgani sababli, musulmonlar kemalarining yorib o‘tolmasligidan ko‘ngillari xotirjam edi. Lekin Allohning fathiga loyiq bo‘lgan Muhammad Fotih kemalarni quruqlikdan sudrab olib o‘tishga qaror qildi. U Konstantinopolning ko‘rfaz tarafdagi devorlarining ro‘parasidagi, ya’ni, narigi qirg‘oqdagi tepalikka (Galata tepaligiga) qalin yog‘och-taxtalarni yotqizib, ularga katta miqdorda yog‘ va moy to‘ktirdi. So‘ng yog‘och-taxtalar ustidan kemalarni sudrab olib o‘tkazdi… Bir kechaning o‘zida 70ta Usmoniylar kemasi Xalijga o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Bu holat rumliklarni esankiratib qo‘ydi. Ular erta tongda musulmonlarning kemalarini Xalijda ko‘rib, yuraklari qo‘rquvdan o‘ynab ketdi… Shu bilan, butun olam Robbisi Allohga hamd bo‘lsinki, nusrat va fath keldi.

Qadrli birodarlar! Men uchta sababga ko‘ra, sizlarga Konstantinopolning fath etilishi haqida so‘z yuritishni istadim:

Birinchi sabab: Ushbu xotirani jonlantirish. Toki, Islom tatbiq etilgan paytda Islom va musulmonlarning naqadar buyuk bo‘lganini, kufr ahli butkul mag‘lub bo‘lib, haq g‘olib kelganini hamda samoni azon takbirlari (Allohu Akbar sadolari) to‘ldirishini har bir aqliraso inson ko‘rsin. Haqiqatda, shunday bo‘lgan. Zero, Fors bilan Vizantiya haq qarshisida bo‘yin egdi… Endi, Rosululloh ﷺning Rimning fath bo‘lishi to‘g‘risidagi bashoratlarining tasdiqi sifatida, Vizantiya sherigi bo‘lgan Rim ham yaqinda insha Alloh fath qilinadi.

Ikkinchi sabab: Rosululloh ﷺning birinchi bashoratlari ro‘yobga chiqqani kabi, keyingi uchta bashoratlari ham albatta ro‘yobga chiqishini eslatib, qalblaringizni xotirjam qilish. Darhaqiqat, sarvari olam ﷺ bizga Konstantinopol fath bo‘lajagini, undan so‘ng Rim fath bo‘lajagini, shuningdek, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik barpo etilishini hamda yahudiylarga qarshi jang qilib, ularni er tishlatishimizni bashorat qilganlar. Zero, Rosuli akram ﷺ nafs-havodan gapirmaydilar, faqat vahidan gapiradilar. Rosululloh ﷺning qolgan uchta bashoratlari ham, Allohning izni ila, albatta amalga oshadi. Biroq uni samodan farishtalar tushib, bizga amalga oshirib bermaydilar. Aksincha, Allohning sunnat-qonuni bo‘yicha, biz Unga yordam berib (zero, shunda Alloh ham bizga yordam beradi), shariatini qoim qilishimiz, imkonimiz boricha kuchlarni tayyorlab qo‘yishimiz va buyuk davlatini barpo etib, U zotning yo‘lida jihod qilishimiz darkor. Ana shunda, butun er kurrasi ustidan uchala bashorat quyoshi porlaydi, qayta Xalifalik nuri taraladi.

Meni Konstantinopolning fath etilishi haqida so‘z yuritishga undagan uchinchi sabab, kofir G‘arbning arabu turk xoinlari yordamida hijriy 1342, milodiy 1924 yilda Xalifalikni ag‘darishga muvaffaq bo‘lgani hamda Xalifalik ag‘darilishini Konstantinopolning fath qilinishiga parallel ravishda bo‘ldi, deb hisoblagani bo‘ldi. G‘arb bunga muvaffaq bo‘lgach, unga yo‘qotgan kuchi qaytib keldi. Uni yana qayta yo‘qotmaslik uchun Xalifalikning qayta barpo etilmasligi yo‘lida bor kuchini sarflab kelmoqda. Shuning uchun ham, musulmon yurtlarini mustamlaka qilib oldi. Shuning uchun ham, u erdagi islomiy harakatlarni kuzatib kelmoqda. Hijriy 1327, milodiy 1953 yil Hizb ut-Tahrir tashkil topgach esa, Hizbning faoliyati va taqdiriy masalasi Xalifalikni qayta barpo qilish ekanini va ayni faoliyatda uning juda jiddiyligini G‘arb anglab etdi. Shundan so‘ng, o‘ziga malay hukmdorlarga Hizbni taqiqlashni buyurdi. Uning buyrug‘i bilan Hizb a’zolari qamoqqa tashlanadigan, qiynoqlarga solinadigan, hatto ba’zi mintaqalarda shahid qilinadigan, yana ba’zilarida uzoq muddatga yoki umrbod qamoqqa, hukm qilinadigan bo‘ldi. So‘ng ular hech uyalmay, hech bir xijolat chekmay, boshqa uslublarni ishga solishga, ya’ni, yolg‘on va uydirma gaplarni tarqatish, haqiqatlarni bo‘yab ko‘rsatish yo‘liga o‘tishdi. Ular ayni tuhmatlarning ta’siri bo‘ladi, deb o‘ylab, bu ishni qilayotgan kimsalarga musulmonlar ismini berib, musulmoncha tus berishdi. So‘ng, ularning bu uydirmalariga avval Hizb safida bo‘lib, keyinchalik uni tark qilgan, jazo olgan va qasamini buzgan qasamxo‘rlar ishonib, ergashishdi… Ularning hammasi bir bo‘lib, tuhmat va uydirmalar qo‘llashdi, qorani oq, oqni qora qilib ko‘rsatishdi. Bunda ularning har birini o‘ynaydigan o‘ziga xos roli bo‘ldi. Kofirlar, munofiqlar, mishmishchilar, so‘ng bir nechta tark qilganlar, jazo olganlar, qasamxo‘rlar va ichi marazlar, hamma-hammasi Hizb ut-Tahrirga tuzoq qo‘yish va u haqda bo‘hton tarqatishda ishtirok etishdi… Shunday zahar sochilgan iflos yo‘ldan yurishni o‘zlariga ravo ko‘rishdi. Har safar uydirmalari ish bermasa, boshqasini o‘ylab topishdi… Ammo ular Hizb a’zolarining aqliyalari toza, topqir va zakovatli inson ekanliklarini unutishdi yoki o‘zlarini bilmaganga solishdi. Shundan kelib chiqib, iflos narsani toza-pokiza narsaga qorishtirib, har qanday yolg‘onni ko‘rdi deguncha, albatta ishga solishdi… Ular shuncha uydirmalarni ishga solishlariga va haqiqatlarni tinmay buzib ko‘rsatishlariga qaramay, Hizb a’zolari orasidan ham, oddiy aqliraso musulmonlar orasidan ham ularning gaplariga quloq soladiganlarni topolmadilar. Aksincha, urinishlari tashna odam suv deb o‘ylagan sahrodagi sarob bo‘lib chiqaverdi?

كَسَرَابٍ بِقِيعَةٍ يَحْسَبُهُ الظَّمْآنُ حَتَّى إِذَا جَاءَهُ لَمْ يَجِدْهُ شَيْئًا

«… Sahrodagi sarobga o‘xshaydi, tashna odam uni suv deb o‘ylaydi. Uning oldiga kelganda esa, hech narsa topa olmaydi» [Nur 39]

Ular Hizb va uning rahbariyatiga ta’sir o‘tkaza olamiz, degan gumon bilan qancha makr va nopokliklarni o‘ylab topib, uni ishga solishmasin, gumonlari o‘zlariga uraverdi. Ular yolg‘on, makr va bo‘htonlarini har qancha uzoq vaqt davom ettirishmasin, insha Alloh, bundan keyin ham omadsizlikka yuz tutaveradilar:

وَلَا يَحِيقُ الْمَكْرُ السَّيِّئُ إِلَّا بِأَهْلِهِ

«Yomon hiyla-makr faqat o‘z ahlini o‘rab-halok qilur» [Fotir 42]

Qilmishlari oqibatini qancha makr va adovatlarini kuchaytirishmasin, ertaga Allohning huzuridan topadilar:

وَقَدْ مَكَرُوا مَكْرَهُمْ وَعِنْدَ اللَّهِ مَكْرُهُمْ وَإِنْ كَانَ مَكْرُهُمْ لِتَزُولَ مِنْهُ الْجِبَالُ

«Darhaqiqat, ular o‘z makr-hiylalarini qildilar. (Lekin) agar ularning makrlari sababli tog‘lar emirilib ketadigan bo‘lsa-da, ularning (bu) makr-hiylalari Alloh huzurida (ma’lumdir)»  [Ibrohim 46]

Oxirida shuni aytamanki, qadrli birodarlar, sizlarning haq da’vati qarshisidagi uzluksiz hamlalar qarshisida tutgan mustahkam, beg‘ubor, kuchli va haqda sobit pozitsiyangiz bizga sahoba roziyallohu anhular pozitsiyasini eslatmoqda. Zero, sahobalar Rosululloh ﷺning mashaqqatlarni engib o‘tishda tutgan mislsiz dono pozitsiyalariga ergashganlar. Sizlarning pozitsiyangiz ham shunday… Sizlar kulfatlarda sustlashmaydigan, fitnalarda titramaydigan, po‘latdek mustahkam pozitsiyadasizlar. Shuning uchun sizning ahdu paymoningiz yanada kuchaymoqda, bo‘g‘zingizdan haq so‘zlar tobora shiddat bilan otilmoqda, bu dunyoga bir bora, oxiratga ming bora nazar solmoqdasizlar. Bas, sizlarga shunday Hizb muborak bo‘lsin, Hizbga sizdek a’zolar qutlug‘ bo‘lsin:

رِجَالٌ لَا تُلْهِيهِمْ تِجَارَةٌ وَلَا بَيْعٌ عَنْ ذِكْرِ اللَّهِ وَإِقَامِ الصَّلَاةِ وَإِيتَاءِ الزَّكَاةِ يَخَافُونَ يَوْماً تَتَقَلَّبُ فِيهِ الْقُلُوبُ وَالْأَبْصَارُ  لِيَجْزِيَهُمُ اللَّهُ أَحْسَنَ مَا عَمِلُوا وَيَزِيدَهُمْ مِنْ فَضْلِهِ وَاللَّهُ يَرْزُقُ مَنْ يَشَاءُ بِغَيْرِ حِسَابٍ

«… Kishilar bordirki, ularni na tijorat va na oldi-sotdi Allohni zikr qilishdan, namozni to‘kis ado etishdan va zakotni (haqdorlarga) berishdan mashg‘ul qila olmas. Ular dillar va ko‘zlar iztirobga tushib qoladigan (qiyomat) kunidan qo‘rqurlar. Ular Alloh o‘zlarini qilgan amallarining eng go‘zallari sababli mukofotlashi va yana ularga O‘z fazlu-karami bilan ziyoda (savoblar ato) qilishi uchun (ertayu kech Allohni poklab ibodat qilurlar).Alloh O‘zi xohlagan kishilarga behisob rizq berur» [Nur 37-38]

So‘zimni yakunlar ekanman, Alloh Subhanahuga tazarru qilib, yolvorib so‘rayman: Rosululloh ﷺning bashoratlari ro‘yobga chiqib, Ummatga Xalifalik qaytib kelishiga, so‘ng Quddus ozod etilishiga, Rosuli ﷺ bashoratlarining tasdiqi sifatida, Konstantinopol kabi Rim ham fath etilishiga O‘zi yordamchi bo‘lsin. Shuningdek, U Zotdan barchamizga o‘z dargohidan madad berishini, shu madadi ila, biz chiroyli amallar qilib, Allohu Azizur Rohimning nusratiga loyiq bo‘lishimizni so‘rab qolamiz.

وَيَوْمَئِذٍ يَفْرَحُ الْمُؤْمِنُونَ  بِنَصْرِ اللَّهِ يَنْصُرُ مَنْ يَشَاءُ وَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ

«O‘sha kunda mo‘minlar Allohning nusrati sababli shodlanurlar. (Alloh) O‘zi xohlagan kishini g‘olib qilur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir» [Rum 4-5]

Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta, Hizb ut-Tahrir amiri

7 jumodul-avval 1441h

2 yanvar 2020m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.