Turkiya S-400ni tadqiqot uchun AQShga topshirdi

439
0

Turkiya S-400ni tadqiqot uchun AQShga topshirdi

 “newsland.com” internet nashrining Amerika OAV asoslanib xabar qilishicha, 18-noyabrda Turkiya va AQSh Rossiyaning S-400 havo mudofaasi tizimi Amerikaning F-35 qiruvchi samolyotlarini aniqlay oladimi, agar aniqlay olsa undan qanday qochish mumkinligini o‘rganish maqsadida ekspertlar guruhini tuzishgan.

 Xabarga ko‘ra, amerikalik harbiylar oldida mudofaa tizimidan foydalana olishlari uchun o‘zlari olgan ma’lumotlar kodini ochish vazifasi turipti. Agar AQSh tizimidagi kodni buza olsa u tizimning ishiga ta’sir o‘tkazishi, radarlarni statik bilan yopishi va hatto dushmanlariga aslida yo‘q samolyotlarni bordek qilib ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, barcha S-400lar bir xil chastotalarda ishlatiladimi yoki yo‘qmi bu ham aniq emas. S-400 ustidagi tadqiqot ishlari bir yil davom etadi.

 Izoh: Va nihoyat AQSh va Turkiya o‘rtasida S-400 bo‘yicha o‘ynalgan spektaklning yana bir haqiqati ayon bo‘ldi. Turkiya Rossiyadan S-400 sotib olishini ma’lum qilganidan boshlab AQSh Turkiyaga nisbatan sanktsiyalar qo‘llash, tiyib qo‘yish bilan “tahdid” qila boshlagan edi. Unga javoban Erdogon va turk hukumati AQShga qarshi keskin bayonotlar bilan javob qaytarib, o‘z fikridan qaytmasligini aytib keldi. Demak, AQShning maqsadlaridan biri Turkiya orqali Rossiyaning eng zamonaviy havo mudofaa tizimini qo‘lga kiritish va shu orqali bu tizimning qanchalik imkoniyatga ega ekanligini aniqlashdan iborat bo‘lgan. Ma’lumki, Rossiyaning S-400 amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlarini aniqlash va zarba berish imkoniga ega edi. Endi AQSh bu tizimning zaif tomonlarini o‘rganib chiqish va o‘zining yangi avlod F-35 qiruvchi samolyotlarini bu tizimga qarshi imkoniyatlarini kuchaytirishdan iborat bo‘ladi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.