Turkiyaning Liviyaga qo‘shin yuborishi muhokamaga qo‘yildi

456
0

Turkiyaning Liviyaga qo‘shin yuborishi muhokamaga qo‘yildi

Turkiyaning Liviyaga qo‘shin yuborish masalasida prezident Rajab Toyyib Erdoganning qarori Turkiya buyuk millat majlisiga taqdim etildi. Mazkur masalani muhokama qilish uchun Turkiya buyuk millat majlisi 2 yanvar kuni favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi.

Liviyadagi harbiy va siyosiy o‘zgarishlar butun mintaqa uchun, jumladan Turkiya uchun ham tahdid sifatida ko‘rsatilgan Erdoganning bayonotida “Liviyadagi mojaroning katta urushga aylanib ketishi Turkiyaning O‘rta er dengizi havzasidagi va Shimoliy Afrikadagi manfaatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi”, deyiladi.

Shuningdek bayonotda Liviyaning rasmiy hukumati noqonuniy qurolli guruhlar va terrorchi tashkilotlarga qarshi Turkiyadan harbiy yordam talab qilganligi ham qayd etilgan.

Izoh: Turkiya tarafidan dastaklanayotgan Suriyadagi muxolif kuchlarni Tripoli rasmiy hukumatini qo‘llab-quvvatlash uchun Liviyaga safarbar qilinayotganligi da’vo qilinmoqda. Bu haqida “middleeasteye.net” sayti xabar tarqatdi. Xabarga ko‘ra, Anqara hukumati Suriyadagi ba’zi muxolif guruhlar bilan Liviyada jang qilish ustida kelishib olgan. Bu guruhlar orasida “Faylaq ash-Shom”, “Suqur ash-Shom”, “Sulton Murod Brigadasi” kabi guruhlar mavjudligi olg‘a surilmoqda.

“Bloomberg” axborot agentligi ham Liviyaning rasmiy hukumati vakillariga tayangan holda Turkiyaning Suriya muxolifatini Liviyaga jo‘natishi haqida xabar tarqatdi. Biroq bu ma’lumotlar haqida rasmiylar tarafidan hanuz izoh berilgani yo‘q.

Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, Turkiyaning Liviyaga yuborishi aytilayotgan guruhlar ayni paytda Asad rejimiga qarshi kurashayotgani yo‘q. Ular Turkiyaning tashabbusiga qarab harakat qilishadi. Rossiya va Asad rejimining Idlibda davom ettirayotgan qatliomlariga qaramasdan (avval “ozod Suriya armiyasi” deb nomlangan) ushbu guruhlar Suriyaning shimoliy mintaqalaridan turib Idlib qirg‘inlarini kuzatishda davom etmoqda.

Turkiya bir paytlar Suriyadagi o‘ziga tobe mujohidlarni Furot qalqoni harakatiga jalb qilish orqali Halabni Asad rejimining qo‘liga topshirgan edi. Agar middleeasteye.net sayti tarqatgan bu xabar o‘z tasdig‘ini topsa, demak bu butun Suriyani Asad rejimiga topshirish ma’nosini anglatadi.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.