Jazoirdagi prezidentlik saylovlari: Hukumat norozilik namoyishlarini engishga muvaffaq bo‘ldimi?

416
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Jazoirdagi prezidentlik saylovlari: Hukumat norozilik namoyishlarini engishga muvaffaq bo‘ldimi?

Solih Abdurrohim – Jazoir

Saylovlarni kuzatib borgan mustaqil milliy guruh tomonidan bildirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yil 12 dekabrda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida saylovchilarning ishtirok etishi har tomonlama past bo‘lgan. Sobiq ikki bosh vazir Abdulmajid Tabbun va Ali ibn Flislarni o‘z ichiga olgan va besh nomzod bellashgan saylov Jazoir ko‘chalaridagi norozilik kayfiyati kuchaygan bir manzarada bo‘lib o‘tdi. Chunki yurtdagi korruptsiyalashgan boshqaruv sistemasiga qarshi talab va shiorlar bilan to‘qqiz oydan beri davom etib kelayotgan namoyishlar saylov kuni yanada kuchaydi. Saylovni kuzatib borgan guruh hisobotiga ko‘ra, yurt ichkarisi va tashqarisidagi qaydga olingan 24.4 million saylovchidan 39.83 foizigina saylov uchastkalariga kelib ovoz bergan. Bu shuni anglatadiki, umumiy saylovchilardan 15 millionga yaqin saylovchi saylovni baykot qildi! Saylovning birinchi turida bosqich talablari va qaror chiqaruvchilar ko‘rsatmalariga muvofiq «erkin» nomzod Abdulmajid Tabbun 58.15 % ovoz bilan g‘olib deb topildi. Ta’kidlash joizki, ushbu favqulodda vaziyatda prezidentlik saylovida g‘olib bo‘lgan Abdulmajid Tabbun «milliy ozodlik fronti» vakili bo‘lib, hatto u siyosiy sahnada ko‘rinmagan bo‘lsa ham Jazoir hukumatining doim faol quroli bo‘lib kelgan. Demak, bu g‘alaba boshqaruvda ayni o‘sha to‘daning saqlanib qolishini ko‘rsatadi. Abdulmajid Tabbun Buteflika boshqaruvi davomida, qolaversa undan oldin ham idora ishlarida tajriba orttirgan. U inglizlarga tobe bo‘lgan nufuzli to‘daga va hokimiyat doirasiga yaqindir. 2017 yili u bosh vazir etib tayinlangan. Biroq, u bu mansabda sakson kundan ortiq ishlamadi. Chunki u nufuzli biznesmenlarga qarshi chiqqani sababli bosh vazirlikdan bo‘shatilgan. Aytilishicha, u Buteflika sistemasidagi pul egalari korruptsiyalashib ketganidan keyin ularni siyosatdan ajratmoqchi bo‘lgan. Go‘yoki, Abdulmajid Tabbun o‘ziga topshirilgan shu rolga qaror qabul qiluvchilar tomonidan tayyorlangan bo‘lib, u bu rolni bugun o‘ynayotganga o‘xshaydi! Xo‘sh, hukumat qaysi «yangi Jazoirni» va’da qilmoqda?

Shuni ham ta’kidlash kerakki, hukumat xalq irodasini tizginlashning yangi usullarini puxta o‘zlashtirdi. U yo‘l bekatlarini boshidan oxirigacha mohirlik bilan belgilab chiqdi. Avval u saylov qonunining barcha tafsilotlarini belgiladi va saylovlarni kuzatib boruvchi mustaqil guruhni tashkil qildi. Oldin bu ishni bajarib kelgan ichki ishlar vazirligi – garchi yuzaki bo‘lsa ham – saylovlarni kuzatib borishdan uzoqlashtirildi. Keyin, adliya xusumatlashayotganlar va korruptsionerlarning ketma-ket bo‘lib keladigan sud jarayonlariga jalb qilindi. Matbuot va ommaviy axborot vositalari ham odamlarni chalg‘itish, tashviqot olib borish ishlariga jalb qilindi. Keyin, nomzodlikni qaytarib olish usulini belgiladi va nomzodlarni bir qator nufuzli kishilargagina cheklab qo‘ydi. Bu safar saylov natijalari faqat saylov kuni oqshomda ma’lum bo‘ladi, degan narsani ko‘rsatib qo‘yish uchun nomzodlar o‘rtasida televizion bahslar (debatlar)ni uyushtirdi. Bu bilan ommaga saylov toza va shaffof o‘tdi degan tassavvurni berishga urindi. Ochiq ko‘rinib turibdiki, butun shu davr davomida hukumatning asosiy tashvishi kelgusi bosqich uchun zarur qonuniylikni qo‘lga kiritish maqsadida, nima qilib bo‘lsa ham, saylovni belgilangan vaqtida o‘tkazish bo‘ldi.

Biroq, Abdulmajid Tabbun prezidentlik mansabini egallaganidan keyin g‘oyat og‘ir vazifalarga duch keladi. Uning ochiq talablar bilan chiqayotgan norozilik namoyishlariga duch kelishi muqarrar. Bundan tashqari uning oldida saylov oldidan bergan va’dalarini bajarish sinovi turibdi. U iqtisodni tiklash, talon-toroj qilingan boyliklarni qaytarish (u bu boyliklarni qanday qaytarishni bilishini aytgan edi), yoshlar orasidagi ishsizlik muammosini hal qilish, ta’lim tizimini yaxshilash… va bulardan boshqa bir qancha muammolarni hal qilishni va’da qilgan. Ma’lumki, u saylov oldi kampaniyasi paytida bir necha bor «ushbu muborak tinch namoyishlar Jazoir boyliklarini talon-toroj qilgan to‘dadan yurtu fuqaroni qutqarish uchun munosib vaqtda bo‘ldi», deb takrorlagan. Yangi prezident harbiy muassasa bilan birgalikda «yangi Jazoir»ni barpo qilmoqchiligi haqida hamda prezident vakolatlarini cheklaydigan konstitutsion o‘zgarishlarni kiritish va saylov qonunlarini tubdan o‘zgartirish o‘zining ustuvor vazifasi ekanligi haqida bayonot berdi. Shuning uchun yurt o‘zgarishlar va odamlar ustida o‘tkaziladigan tajribalarning yangi boblariga yo‘liqishi mumkin! Tabbun haqiqatan ham Jazoirda o‘zgarishlarni amalga oshirish imkoniga egami?

Bu erda eslatib o‘tish kerakki, harbiy muassasa siyosiy maydonda salmoqqa ega bo‘lib olganidan keyin ushbu (prezidentlik saylovlarini tashkillashtirish) bekatiga etib keldi. Jazoir shtab boshlig‘i general leytenant Ahmad Qoid Solih bir necha oy davomida turli joylardagi harbiy kazarmalardan turib murojaat yo‘llash hamda Jazoirni yigirma yil boshqargan Buteflikani maydondan olib tashlash uchun tegishli konstitutsiyaviy moddalarni faollashtirish orqali siyosiy sahnada salmoqqa ega bo‘ldi. U raqiblariga zarba berib, ularni Frantsiya malaylari deb atadi. Ko‘chadagi muhitni tayyorlab, odamlarning g‘azabini so‘ndirdi va namoyishlar sur’atini pasaytirdi. Shunday qilib, harbiy muassasa ko‘chadagi namoyishlarni muloqot orqali hukumatning ko‘z-qarashini qabul qiladigan holga keltirdi, keyin sobiq adliya vaziri Muhammad Sharfi boshchiligidagi saylovlarni kuzatib boruvchi «mustaqil milliy guruh»ni tashkil qildi. Bu guruhning tashkil qilinishi sobiq vazir Karim Yunus bir necha hafta davomida boshqarib kelgan (bahsli masalalarda vositachilik qiluvchi) muloqot hay’ati sa’y-harakatlarining yakuniy nuqtasi bo‘ldi. Shunday qilib, yurtni ushlab turgan va harbiy muassasa vakili bo‘lgan haqiqiy hokimiyat namoyish harakatlariga «hamkorlik qilish» g‘oyasini qabul qildirdi, ularni boshidanoq talablarini qabul qilishini aytib, aldab keldi hamda konstitutsiyaviy yo‘lga qaytishni kechiktirish oqibatlaridan va beqarorlik yuzaga kelishidan ularni ogohlantirdi. Bu orqali u belgilangan yo‘l xaritasini oxiriga etkazishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu yo‘l xaritasi avvalo prezidentlik saylovlarini o‘tkazishda va raqiblar talab qilishi mumkin bo‘lgan o‘tish davri bosqichini rad etishda gavdalanadi. Qolaversa, saylovlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishini tezlashtirdi va o‘zining rolini yashirishda rejali uslublarni ishga soldi.

Ammo xalq harakatiga (namoyishlarga) kelsak, namoyishlar umid qilingan o‘zgartirishni amalga oshirish yo‘lida aslo uzoqqa bora olmaydi. Aftidan, bu harakatlar ma’lum vaqt davom etib, yangi prezident vaziyatni yaxshilash uchun sezilarli choralarni ko‘rishini va prezidentning va’da qilganidek «xalq harakatiga yordam qo‘lini cho‘zishini» kutadigan ko‘rinadi. Umumiy qilib aytish mumkinki, Jazoirdagi xalq harakati, faqat davlat mulkigina talon-toroj qilinishini korruptsiya deb hisoblash, milliy g‘oyaga sadoqatli bo‘lish va davlatni mana shu asosda qayta tiklash tuzog‘iga ilindi. Xalq harakati yurt ahlining Islomda, uni aqida va hayot nizomi sifatida ushlashda gavdalanadigan haqiqiy o‘zligini qayta tiklash, qolaversa uni faollashtirish masalasiga e’tiborsiz bo‘lib qoldi. Bu esa, Islomiy Ummatga xos bo‘lgan haqiqiy quvvat omilini faollashtirmaslik demakdir. Xalq harakati fuqarolik davlatini talab qilish tuzog‘iga ham ilindi. Ya’ni, bu harakatga aloqador bo‘lganlarning bir qismi harbiylarni siyosatdan uzoqlashtirishga chaqirsa, yana bir qismi mafkurani talablardan uzoqlashtirishga chaqirishmoqda. Bu ikki holatda ham nishon Islomdir.

«Islomchilar» bir qator tajribalarda muvaffaqiyatsizlikka uchraganlaridan keyin harbiylarni siyosatdan uzoqlashtirish kerak, degan xulosaga kelishgan. Ularga ko‘ra, fuqarolik boshqaruvi yagona echim bo‘lib, islomiy yurtlardagi armiyalarda biror yaxshilik yo‘q. Chunki, ular doim zulm va korruptsiyaga qarshi xalq namoyishlarida armiyaning mustabid tog‘ut hukmdorlar tomonida bo‘lganini ko‘rishdi. Bunday holatga Misrda, undan oldin Jazoirda guvoh bo‘lishdi.

Biz bilamizki, barcha yurtlarda quvvat ahlini tamsil etgan kuch armiyadir va Islom hukmini barpo qilish uchun shu armiyalardan nusrat talab qilinadi. Biroq, armiyalardan nusrat talab qilish shar’iy hukm bo‘lishiga qaramay, demokratik fikrga mahliyo bo‘lgan «islomchilar» nazdida bu ish xayoliy va kulgili hisoblanadi. Yana biz bilamizki, G‘arb Xalifalikni qulatish orqali Islomni boshqaruvdan chetlatib, uning vayronalari ustida bugungi milliy davlatlarni paydo qilganidan keyin fuqarolik davlati ko‘rinishidagi boshqaruvni o‘ziga sodiq harbiylarga topshirdi. Yana biz bilamizki, harbiy aqliya davlat ishlarini boshqarishga yaroqsizdir va u siyosiy aqliyadan farq qiladi. Biz mana shularni bilsakkina musulmonlarning bugungi kundagi toyilishlari va tuzoqqa ilinishlari sababini bila olamiz. Ma’lumki, hokimiyatni qo‘lga olish kayfiyati haqidagi shar’iy hukm yurtdagi quvvatga ega bo‘lganlardan nusrat talab qilishdir va bunday quvvatga ega bo‘lgan kuch armiyadir. Quvvat egalaridan nusrat talab qilish musulmonlar yurtlarida Islomga asoslangan davlatni barpo qilish hamda uning saqlanib qolishini kafolatlash uchundir va u eng to‘g‘ri shar’iy echimdir. Biroq, bu muammo musulmonlar yurtlaridagi yagona muammo emas. Chunki G‘arb yurtlarimizni egallab olganidan keyin Ummatni hayotning barcha sohalarida atayin chalg‘itdi va uning zehnidagi tushunchalarni chalkashtirdi. G‘arb bu ishni malay hukmdorlar vositasida amalga oshirdi. Ummatni diniga va sobiq ulug‘lig‘iga qaytarish omonatini ko‘tarib chiqqan da’vatchilar oldidagi birinchi to‘siq shu malay hukmdorlar bo‘ldi. Dinga qaytish, Ummatni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish tariqatini tushuna olgan kishilar nazdida Islomga qaytish Xalifalik davlatini qayta tiklashdan boshqa narsani anglatmaydi. Zero, Xalifalik davlatini qayta tiklash bilan Islom nizomini tatbiq qilish amalga oshadi.

Roya gazetasining 2019 yil 18 dekabr chorshanba kungi 265-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.