CEDAW konventsiyasi fahshga chaqiradi, Islom esa, poklik va iffatga da’vat qiladi

377
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

CEDAW konventsiyasi fahshga chaqiradi, Islom esa, poklik va iffatga da’vat qiladi

Somalidagi xotin-qizlar strategik tashabbusi chiqargan bayonotda jamoat tartibi to‘g‘risidagi qonunning bekor qilinishidan mamnuniyat bildirildi. Shuningdek, xotin-qizlarni kamsituvchi barcha moddalarning jinoyat kodeksidan olib tashlanishi hamda ayollarga zulm o‘tkazuvchi «terroristik» ideologiya asosida ishlab chiqilgan boshqa qonunlarning ham bekor qilinishi talab qilindi. Guruh CEDAW va xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha Afrika protokolini imzolash va ratifikatsiya qilish Sudandagi xotin-qizlar huquqlari va hurmatlarini himoya qilish bilan birga, ularga nisbatan noqonuniy kamsitishni to‘xtatishdagi «hal qiluvchi masala» ekanini ta’kidladi. Ushbu tashabbus Bosh vazirning BMT Bosh assambleyasida kamsitishni oldini olish bo‘yicha bergan va’dasiga asosan tuzilgan.

Shu xususda Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati matbuot bo‘limining ayollar qismi bayonot nashr qildi. Unda quyidagilar ta’kidlanadi:

«Bashir rejimi Islomni tatbiq qilmagan. Shaxsiy holatlar to‘g‘risidagi qonunda mavjud bo‘lgan ba’zi shar’iy ahkomlarga kelsak, nozik va maxsus xarakterga ega bo‘lgani uchun ularni o‘zgartirishsiz qoldirishga majbur bo‘lgan. Bu esa, Islom dushmanlarini g‘azablantirib, musulmonlarni Islomlaridan uzoqlashtirish uchun ularni bekor qilinishini talab qilishga undayapti. Maqsadlari, xotin-qizlarni erkaklar bilan teng huquqli bo‘lishni talab qilishga undash orqali o‘zlarining nopok rejalarini amalga oshirishdir. O‘z navbatida hukumat ham qonunlarga o‘zgartish kiritib, ayollarga hayotiy ishlarida shartsiz ravishda o‘zlari harakat qilishlariga va shar’iy ahkomlar bilan cheklanmasliklariga ruxsat berdi». Bayonotda ushbularga e’tibor qaratildi:

«Ilmoniy hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi ushbu feministik tashkilotlar targ‘ib qilayotgan CEDAW konventsiyasini kapitalistik G‘arb nazariyasi bilan sug‘orilgan kofirlar tuzgan. U Allohdan boshqaning qonuni bo‘lib, fahsh, munkar va razolatga chaqiradi. Islom ahkomlari esa, iffat va poklikka d’avat qiladi, nomus va hurmatni saqlaydi. Kimda-kim shar’iy ahkomlarni qo‘yib, o‘rniga CEDAW konventsiyasi matnlarini qabul qilmoqchi bo‘lsa, undaylarning niyati buzg‘unchilik hisoblanadi». Bayonot so‘nggida Sudan ahliga quyidagicha murojaat qilindi:

«O‘tish davri hukumati ham, feministik tashkilotlar ham sizning jamiyatingizda fahsh ishlarni yoyishga va diniy qadriyatlaringizni yo‘q qilishga urinmoqda. Islom qadriyatlari bo‘lsa, ayollarga g‘amxo‘rlik qilib, himoya qiladi. Bas, shunday ekan, ularga xo‘jayinlari istagini bajarishlariga imkon bermang».

Roya gazetasining 2019 yil 18 dekabr chorshanba kungi 265-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.