Pokiston rejimi musulmonlarga qarshi urush qilib, kofirlarga omonlik beruvchi rejimdir

458
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Pokiston rejimi musulmonlarga qarshi urush qilib, kofirlarga omonlik beruvchi rejimdir

Hizb ut-Tahrir – Pokiston viloyati matbuot bo‘limi o‘z bayonotida quyidagilarni ta’kidladi:

«Pokiston rejimi Hindiston bilan «tinch chegara»ni yaratish maqsadida bir qancha yon berishlarni taqdim qilmoqda. U bu ishlarni AQSh rejasini amalga oshirish maqsadida, ya’ni Kartarpur korridori loyihasi orqali Hindistonning Markaziy Osiyodagi regional hukmronligini ko‘rsata olish qobiliyatini ta’minlash maqsadida amalga oshiryapti. Ayni loyiha esa, sinxlarning Pokistonga kirishlari uchun viza olish shartini bekor qiladi. Go‘yo Pokiston mushrik davlatining tomorqasidek! Buning muqobilida, Pokiston rejimi kimda-kim Kashmirdagi musulmonlarga yordam ko‘rsatish uchun nazorat chizig‘ini bosib o‘tishga urinsa, xoin hisoblanishini ochiq aytmoqda. Bir tomondan Pokiston rejimi hindistonlik sinxlarning Pokistonga vizasiz kirishlariga ruxsat berish bilan musulmonlarni tahqirlayotgan bo‘lsa, boshqa tomondan, Pokiston Oliy mahkamasi «Bobariy» masjidi eri mulkchiligini hindularga berib yuborish to‘g‘risida qaror chiqarish bilan musulmonlarni haqoratlamoqda. Tarixi bundan olti asr oldingi vaqtga borib taqaluvchi ushbu masjidni mahkama mushriklar foydasiga hukm qildi, buni masjid o‘rniga rama ibodatxonasini qurib olishlari uchun qildi.

Kunlar o‘tgani sari, «Buyuk Hindiston», degan xomxayolning barham topishiga yaqinlashmoqdamiz. Biroq Pokistonning ruvaybiza rejimidan quruq gaplar va soxta tvitter yozuvlari chiqyapti, xolos. Chunki bu musulmonlarga qarshi urush qilib, kofirlarga omonlik beruvchi rejimdir». Bayonot so‘nggida Pokiston Qurolli kuchlariga quyidagicha murojaat qilindi:

«Mana shunday Amerika rejasining ijro etilishiga zamin yaratayotgan yagona narsa sizning Islom va musulmonlarga nusrat-yordam berish masalasida sukut qilayotganingiz va bunga e’tiborsiz qarayotganingizdir. Bas, orangizda Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etishga nusrat-yordam berish bilan haqiqiy mardlik ko‘rsatadigan va musulmonlar talabini qabul qiladigan kim bor?!

Roya gazetasining 2019 yil 27 noyabr chorshanba kungi 262-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.