Ruvaybiza hukmdorlar Amerika tomonidan o‘z yurtlari daxlsizligi buzilishiga yordam berishmoqda

481
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ruvaybiza hukmdorlar Amerika tomonidan o‘z yurtlari daxlsizligi buzilishiga yordam berishmoqda

Iroq razvedka xizmati AQSh Markaziy Razvedka Bьyurosiga IShID rahbarini topishga yordam beruvchi maxfiy ma’lumotlarni bergani bilan maqtandi. Turkiya prezidenti Erdogan yordamchisi Fahriddin Altun ham «Turkiya yovuz terrorchini jazolashda NATOdagi hamkorimiz Qo‘shma Shtatlarga yordam ko‘rsatganidan faxrlanadi», dedi. Suriyadagi AQSh demokratik politsiyasi xizmati qo‘mondoni Mazlum Abdiy ham o‘zining Tvitterdagi sahifasida «Qo‘shma Shtatlar bilan hamkorlikda o‘tgan razvedka operatsiyasining muvaffaqiyatli natija bergani» to‘g‘risida «xushxabar» berdi. AQSh prezidenti Tramp ham o‘z yurtiga Bag‘dodiyni o‘ldirishda yordam bergan Suriya rejimi bilan boshqa razvedka xizmatlariga minnatdorchilik bildirdi.

Roya gazetasi sharhi:

Agar mintaqadagi islomiy ekanliklarini da’vo qilayotgan partiyalar o‘zlarining izzat-hurmatini bilib, ozginagina hayo qilishganda edi, mustamlakachi kofirga yordam berishdan bosh tortgan bo‘lishardi… Shuningdek, o‘z erlarida o‘z dindosh birodarlaridan bo‘lgan ushbu «dushman»ga kofir tomonidan o‘lim tayinlanishiga ko‘maklashmay, aksincha, bor ovozda – biz u bilan o‘zimiz hisoblashib olamiz, deyishgan bo‘lardi. Xususan, ular bu jinoyatkor mustamlakachi davlatni o‘z tajribalarida sinashgan. Masalan, Kuvayt 1991 yil AQShdan yordam so‘radi, ammo Amerika Kuvaytning elkasiga minib olib, mustahkam joylashib oldi va qaytib chiqmadi. Turkiya AQShdan Sovet Ittifoqiga qarshi yordam so‘radi, Amerika u erga yirik bazalarini joylashtirib oldi va u erdan chiqib ketmadi. Dushmanlardan yordam so‘ragan har bir davlatning ahvoli mana shunday bo‘ldi! Chunki musulmonlar bilan bog‘liq bu razvedka xizmatlari kofirlar va dushmanlar bilan do‘stlashishdan hayo qilishmadi. Kim hayo qilmas ekan, gunoh ishlardan, xoinliklardan tap tortmaydi va bularni oqlashga, to‘g‘ri ish qilayotganini isbotlashga urinadi. Ular va ularga o‘xshaganlarga Rosululloh ﷺning

«إِذَا لَمْ تَسْتَحْيِ فَاصْنَعْ مَا شِئْتَ»

«Uyalmasang, istaganingni qilaver», degan so‘zlari to‘g‘ri keladi.

Roya gazetasidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.