Qirg‘istonda spirtli ichimliklar iste’molchilari kamaydi, sababi nimada?

646
0

Qirg‘istonda spirtli ichimliklar iste’molchilari kamaydi, sababi nimada?

 “Bizningcha Qirg‘iziston fuqarolarining aqli ishlab ketib, alkogol ichimliklarini kam iste’mol qila boshlashdi” – dagan xulosaga keldi Qirg‘iziston aholi ehtiyojini ta’minlash  bozori bo‘yicha Milliy qumitasi.

Xulosaga ko‘ra, Qirg‘iziston bo‘yicha spirtli ichimliklar savdosi 2014 yilda 18,9 mlrd. som atrofida bo‘lgan bo‘lsa, 2018 yilga kelib 16,7 mlrd somga tushib ketgan. Buning aksi o‘laroq boshqa tovarlarga ehtiyoj kun sayin oshib bormoqda. Masalan 2014 yildan to 2018 yilga qadar non va non mahsulotida yuz bergan savdo hajmi 14,1 mlrd som, go‘sht mahsulotlari esa 6,3 mlrd somga ko‘paygan. Sut mahsulotidagi tijorat ham yuqori ko‘rsatgichda davom etyapti.

 Kaktus.media ushbu holat yuzasidan tadqiqot olib bordi va Qirg‘izistonda alkogol mahsulotlarining kasodga uchrash sabablariga aniqlik kiritdi. 

“Mamlakat ichkarisida alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish ko‘lami ancha pastlab ketgan, Zero talab deyarli yo‘q”. “Eskport  qilishda muammolar bo‘lmasa-da, ammo aroq importi ancha sustlashgan. 2014 yilda mamlkatga aroq kiritish  –  82,3 ming deklitrdan iborat bo‘lsa, 2018 yilga kelib 33 mingga tushgan.  Bu ma’lumotlarga tayangan holda ayta olamizki, Qirg‘iziston aholisi spirtli ichimliklarni kam ichadigan bo‘lyapti. Xususan aroq va pivoga bo‘lgan talab ancha oqsoqlagan».

“Spirtli ichimliklarni kam iste’mol qilish tendentsiyasi bu umumjahon tendentsiya hisoblanadi. Umumjahon sog‘likni saqlash tashkilotining bergan so‘nggi ma’lumotiga ko‘ra, dunyoning ko‘pgina mamlakatlarda tobora insonlar spirtli ichimliklarni kam ichadigan bo‘lishmoqda. Bu tendentsiya natijasida mehnatga yaroqli erkaklar orasida bevaqt o‘lim kamaydi”- deya keltiradi Kaktus.mediya.

Izoh: Kapitalizm sistemasi manfaat asosida qurilgan sistemadir. Kapitalizm va shu jumladan demokratiyada xalq ehtiyojiga qarab mahsulot ishlab chiqariladi. Agar jamiyatda 3 nafar aroq ichuvchi bo‘lsa, davlat albatta aroq ishlab chikaruvchi moslamani ishla soladi. Mamlkat o‘sha mahsulotni sotib foyda ko‘rsa bo‘ldi, shaxsning sog‘ligi, undan kelib chikadigan iqtisodiy, ijtimoiy mummolar va hatto o‘sha ichuvchining o‘limi bu sistemani qiziqtirmaydi. Qirg‘iziston yillar bo‘yi aroq ishlab chiqarish, eksport va import qilish borasida sobiq Sho‘ro davlatlari orasida eng birinchilardan bo‘lib hisoblanib kelardi. Hatto SSSR parokanda bo‘lsa hamki, Qirg‘izistonda aynan spirtli ichimliklar ishlab chikarish hajmi  bir maromda davom etib kelgan. Mutaxassislarning birgina xulosalarini to‘g‘ri deb baholaymiz. Garchi ular katta shovu-shuv va g‘araz bilan tilga olgan bo‘lsalar-da, aholining “aqli kirib qolgani” juda to‘g‘ri xulosa bo‘lib chiqdi. Darhaqiqat mamlakat aholisi orasida oldingidek aroq ichuvchilar yo‘q. Qator-qator do‘konlarda turli navdagi aroqlar sotilsa-da, undan olib oshkoro ichayotgan insonlarni kam uchratasiz. Hatto ichkilikka mukkasidan ketgan ichuvchi –fosiqlar ham  do‘kondan aroq olayotib, uni ko‘rinmas tselofanga o‘rab, berkitib olib chikadi.   Qirg‘izistondagi  aholisining dinga bo‘lgan tashnaligi tahsinga sazovor,  chindan ham odamlar aqlini to‘g‘ri ishga solib, to‘g‘ri  fikrlay  boshlasa  har bir amalini o‘ylab bajaradi. Qirg‘iziston aholisi orasida ichuvchilar kamayishi sababi Islom dini g‘olib kelyapti. Dinga bo‘lgan ehtirom, moyillik va rag‘bat tobora oshib boryapti insha Alloh.

Allohi Taolo aytadi:

إِذَا جَاءَ نَصْرُ اللَّهِ وَالْفَتْحُ (1) وَرَأَيْتَ النَّاسَ يَدْخُلُونَ فِي دِينِ اللَّهِ أَفْوَاجًا (2) فَسَبِّحْ بِحَمْدِ رَبِّكَ وَاسْتَغْفِرْهُ إِنَّهُ كَانَ تَوَّابًا (3)

_  ( Ey Muhammad) qachon Allohning yordami va g‘alab kelsa. Va odamlar to‘p- to‘p bo‘lishib Allohning  dini ( Islom) kirayotganlarini ko‘rsangiz. Darhol Parvardigoringizga hamd aytish bilan ( U zotni har qanday sheriklardan  ) poklang va U  zotdan mag‘firat so‘rang ! Zero U tavbalarni qabul qilguvchi bo‘lgan zotdir. Barcha maqtovlar Allohga xosdir va U har qanday sherikdan pok bo‘lgan zotdir. 

Ey Allohim tavbalarimizni qabul aylab, bizlarni mag‘firat qilgin. Musulmonlarga nusrat ato etgin. Amiyn.

Albatta  hukm Allohnikidir va Alloh O‘z  ishida g‘olibdir !

Assalomu alaykum va rahmatulloh.

Munavvara

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.