Turkiya qamoqlarida saqlanayotgan IDning o‘zbekistonlik a’zolari ekstraditsiya qilinadi

77
0

Turkiya qamoqlarida saqlanayotgan IDning o‘zbekistonlik a’zolari ekstraditsiya qilinadi

Turkiyada “Islom davlati” terror guruhiga mansublikda ayblanib qamoqqa olingan 956 nafar odamning 82 nafari o‘zbekistonlikdir. Ular tez orada vataniga ekstraditsiya qilinadi.

Bundan tashqari ekstraditsiya qilinishi kutilayotgan jangarilar orasida Qirg‘izistonning 23, Qozog‘istonning 10, Turkmanistonning 6 va Rossiyaning 99 nafar fuqarosi bor.

O‘tgan haftada Turkiya ichki ishlar vaziri Sulayman Soylu “Islom davlati”ga mansublikda ayblanib qamoqlarda saqlanayotgan 956 nafar odam 11 noyabrdan boshlab o‘z vatanlariga ekstraditsiya qilinishini bildirgan edi.

Joriy yilning 30 may kuni o‘zbekistonlik 156 ayol va bola “Mehr” insonparvarlik operatsiyasi doirasida maxsus aviareys bilan Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududidan Toshkentga olib kelingandi.

10 oktyabrь kuni esa O‘zbekistonga Iroqdan 64 nafar o‘zbek bola qaytarilgan edi.

Ayni paytda Suriya va Iroq hududida qolayotgan yoki 2011 yil – Suriyada fuqarolik urushi boshlanganidan so‘ng bu davlatga, keyinroq Iroqqa borgan o‘zbekistonliklarning aniq soni Ozodlikka ma’lum emas.

AQShdagi Soufan Group taxminicha, 2016 yilning mayiga qadar Iroq va Suriyaga kamida bir yarim ming o‘zbekistonlik borgan, Markaziy Osiyodan borganlar soni esa 4 ming 200 kishidir. Manba: “Ozodlik radiosi”

Tahlil: Shomda urush boshlanganida AQSh olam musulmonlari uchun Turkiya orqali Suriyaga o‘tish korridori ochib bergan edi. Endi yana Turkiya orqali ularni o‘z yurtlariga qaytarmoqchi!

Xalqaro siyosat Suriyada, Islom va musulmonlarga nisbatan g‘oyriinsoniy zulmlar amalga oshirilayotgan vidio lavhalar tarqatib, musulmonlarning tuyg‘ularini jumbushga keltirish bilan bir qatorda, har bir mamlakatdan “Islom davlati” tashkilotiga odam yuborish imkoniyatiga ega atayin muhitlar paydo bo‘lishiga sharoitlar yaratib berdi. Ularni mahalliy hokimiyatlar vositasida yashirin himoya qildi. Islomiy mamlakatlar o‘z yurtidan chiqib borayotgan musulmonlar oqimiga ko‘z yumib, ularni xalqaro siyosat ixtiyoriga topshirib berishdi. Turkiya dunyo bo‘ylab oqib kirib kelayotgan mujohid musulmonlarni davlat miqyosida Suriyaga yo‘naltirib turdi.

Shu kunga kelib Suriyadagi vaziyat o‘zgarib, AQSh u erdagi mujohidlarning qo‘lga olinganlarini oila a’zolari bilan yana Turkiya orqali o‘z yurtlariga qaytarmoqchi bo‘lyapti. Qolganlarini qirib yuborish maqsadida AQSh harbiylari Suriyaga bostirib kirib boryapti. uylariga qaytayotganlarni ham o‘z yurtlarida qamoqxonalar, tahqirlanish va dindan uzoqlatish tadbirlari (kontslagerlar) amaliyotlari kutmoqda.

Biz Musulmonlar, xalqaro siyosat va vaziyatlarga to‘g‘ri baho bera olmay juda ko‘p xatolarga yo‘l beryapmiz. Dunyoda ro‘y berayotgan har bir harbiy, iqtisodiy, saqofiy tadbirlar ortida etakchi davlatlarning har turli maqsadlari yotadi. Mana shu siyosiy ongdan kelib chiqib, tadbir bilan olib borilmagan har bir ish harakatimiz ayanchli oqibatlarga olib boraveradi!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.