Hukumat: Ichki migratsiya sababli Bishkek maktablarida normadan tashqari 100 ming o‘quvchi bilim olmoqda

50
0

Hukumat: Ichki migratsiya sababli Bishkek maktablarida normadan tashqari 100 ming o‘quvchi bilim olmoqda

“Bugungi kunda Qirg‘izistonda 2265 ta umumta’lim tashkilotlar faoliyat olib bormoqda. Ularda 1 mln. 268 o‘quvchi bilim oladi. Bu esa maktablarga yuklatilgan haddan ortiq mashaqqat ekanligidan dalolat qiladi”- deb xabar berdi Qairg‘iziston hukumati.

“Misol uchun Bishkekning 96 maktabi 77 ming 163 nafar talabga mo‘ljallangan, ammo ichki muhojirlik sabab 173 ming 193 nafar o‘quvchi ta’lim oladi. Bu qoidadan ikki baravar ortiq”- deya keltiradi vazirlar kabineti.

Shu bilan birga ayni damda mamlakatda 198 ta halokatli, ya’ni avariya holatdagi maktab mavjud. Ularning o‘rniga yangi ilm dargohi qurish uchun taxminan 20 mlrd. som kerak bo‘ladi. Hukumat bu kabi muammolarga “qat’iy choralar ko‘rishini” ma’lum qildi. Ayni damda mamlakat bo‘ylab 134 maktab va 26 bolalar bog‘chasi qurilishi jarayoni davom etmoqda va 60 ta’lim dargohlarida qayta ta’mirlash ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Hukumat bergan ma’lumotga ko‘ra, bola bog‘chalariga 197 ming bola qatnaydi. Ular orasida 186 mingtasi davlatga oid va mahalliy munitsipial dargohlarga borishadi.

O‘tgan yilning sentyabr oyida ta’lim sohasidagi loihalar bilan shug‘ullanadigan “Bulan Institut” nomidagi nodavlat tashkilot hisobot topshirib “kelgusi 10-15 yil oralig‘ida Qirg‘izistondagi umumta’lim sistemasi kuchli talafotga uchraydi” – deb aytdi.

Mutaxassislarning aytishicha agar o‘sayotgan avlod kerakli darajada bilim olmasa, bu narsa ularning kelajagiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi muqarrar.

Izoh: Aslida ta’lim sohasi va sog‘likni saqlash javobgarligi davlat shug‘ullanishi kerak bo‘lgan ishlardan hisoblanadi. Maktab qurib aholini bilim olishiga sharoit yaratib berish ham shular jumlasidan. Ammo afsuski davlat bu jihatga jiddiy qaramayapti. Maktablardagi poraxo‘rlik, ota-onalardan majburiy ravishda pul yig‘ish kabi hodisalar hukumatning etarli e’tibor qaratmaganligindan dalolat qiladi. Maktabdagi barcha muammolarni hukumat o‘z vaqtida echishi zarur, zero bilim olish qanchalik ortga surilsa kelajak avlodning savodsiz bo‘lishi shunchalik ko‘payadi. Garchi hukumat boshidagi mas’ul shaxslar minbarda turib taxminiy ko‘rsatgichlar bilan hisobot topshirsada, aslida ularning qalbida zarracha xalq g‘ami yo‘q. Sababi yuqori lavozimli shaxslarning o‘zlari bunday muammoga duch kelmaydilar, zero ularning farzandlari xususiy ta’limgohlarda, 3 mahal oziq-ovqat bilan ta’minlangan holda bilim olishadi. Ularning farzandlari hatto umumiy transportdan foydalanishmaydi, chunki ularga alohida ajratilgan avtoulov bor bo‘lib, ma’lum vaqtda olib borib yana bexavotir qaytarib manziliga olib keliyu qo‘yadi. O‘rtahol aholining farzandlari esa ayanchli ahvolda ta’lim olishmoqda. Misol uchun Qirg‘izistonning O‘sh shahridagi raqamli Kirov maktabi eng obruyli maktablardan hisoblanadi, biroq ba’zi bir sinflarda 60 ga yaqin va hatto undan ortiq o‘quvchi ta’lim oladi. Tasavvur qiling bir xonada 60 ta talaba bo‘lsa ularga 45 minut vaqtda o‘qituchi har biriga qanday e’tibor qarata oladi? Albatta buning iloji yuq. Demak har bir darsda taxminan 10 ta o‘quvchiga e’tibor qaratilsa qolgan 40 talaba uyiga darslikni tushunmasdan qaytib boradi. O‘sh shahrida 2 ta yangi maktab foydalanishga topshirilgan, birini O‘zbekiston va yana bittasini Qazoqiston rahbariyati o‘z zimmasiga olib, bitkazib foydalanishga topshirdi. Yuqoridagi va’dalarga kim ham ishonadi deysiz. Hukumat boshidagilar bu kabi balandparvoz gaplarni goh-gohida aytib o‘tadi, biroq holat borgan sari yomonlashib bormoqda. Chunki o‘rta maktablardan davlat byudjetiga foyda yo‘q, fuqarolarning bilim saviyasi esa hech kimni qiziqtirmaydi. Mamlakatga kerakli kadrlarga xususiy ta’limgohlar xizmat ko‘rsatmoqda, tabiiyki bunday maktab G‘arab saqofatini, vatanparvarlik, millatchilik hissini yoshlar zehnida qattiq o‘rnashib olishiga sababchi bo‘ladi. Chunki xususiy maktablardagi ta’lim programmasi ayni shu kabi tuyg‘uga asoslangan jihatlarni e’tiborga olib tuzilgan. Shu nuqtai nazardan hokimlar, deputatlar omma xalqning vaziyatini tushunmaydi. «Qorni ochning qorni to‘q bilan nima ishi bor»- deganlaridek, rahbarlar ham o‘zida bo‘lmagan mashaqqatni boshqalarda ham yo‘q deb uylashsa kerak.

Aslida rahbar qanday bulish lozim? Rahbar eng avvalo har bir qilayotgan amalini oxirat kunidagi ahvol bilan o‘lchab bajarishi yoki undan bosh tortishi zarur. Misol uchun Umar(r.a.) aholining dardini bilish uchun kechalari ko‘chada yurgan, uzini tanitmasdan oddiy xalq vakillari bilan suhbat qurgan. Chunki Umar (r.a.) ertaga Allohning oldida hisob berishidan qattiq xavfsiragan. Bizning rahbarlarchi, buning aksi bo‘lib, ular xalq orasida to mansabga erishguncha, to deputat bo‘lib olguncha arzimas sovg‘a salomlar bilan kezib yuradi, saylovni ertasi kuni esa hamma narsa unutiladi, nafsiga qarab hayot kechiradi, guyo bu dunyoda abadiy qoladigandek yul tutishadi. Odil rahbar bulish uchun eng avvalo Allohni tanish kerak. Agar aksi bo‘lsa, hammasi bekor, inson uz nafsiga qul buladi. Nodavlat tashkilotlar urayotgan bonglar bejizga emas, bizning avlod savodsizlik changalida qolishi aniq, agar bu hol davom etsa, biz katta davlatlarga qul etishtirib berishda davom etamiz. Bundan Alloh saqlasin. Ummat birlashib yagona Odil Sulton saylashi lozim, islomiy davlat sari harakat qilishi shart. Shundagina Ummat azizlikka etadi. Ta’lim sistemsi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yiladi, keraksiz bilimlar bartaraf etiladi. Ummat farzandlari kelajagiga jiddiy ahamiyat beriladi. Har sohada Musulmonning farzandi boshqalarga o‘rnak bo‘ladigan darajada faoliyat olib boradi insha Alloh.

Bibisora Rayim qizi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.