AQShning eng xavfli raqib davlatlari ma’lum qilindi

47
0

AQShning eng xavfli raqib davlatlari ma’lum qilindi

 “Rossiya va Xitoy AQSh xavfsizligiga eng jiddiy tahdiddir”, deya ma’lum qildi Pentagon rahbari Mark Esper tashkilotning rasmiy saytida.

 “AQSh milliy mudofaa strategiyasi buyuk davlatlar o‘rtasidagi raqobatni qaytarishga asoslanadi”, dedi u. Esperning ta’kidlashicha, harbiy salohiyatning oshishi tufayli Xitoy Rossiya bilan taqqoslanganda jiddiyroq xavf tug‘diradi.

 Iyul oyida Pentagon razvedka boshqarmasi boshlig‘i general-leytenant Robert Eshli Moskva Vashingtonga va Pekinga uzoq muddatga tahdid solishini aytgandi.

 Eshlining ta’kidlashicha, Rossiyaga bu tarif juda mos keladi.  AQSh uchun “ekzistentsial tahdid” bu “bir necha ming yadro quroli”ga ega Rossiyadir. “Xitoy esa iqtisodiy jihatdan etakchi raqobatchi hisoblanadi. Bu hali uzoq muddat davom etadi”.

 Izoh: Bugungi kunda AQSh oldida turgan asosiy muammo Xitoyning yuksalib kelayotgani ekanligi ma’lum. So‘nggi yillarda Xitoy bir gigant iqtisodni barpo qilishga erishdi. Bunday iqtisod AQShning olamdagi iqtisodiy yakka xo‘jayinligiga tahdid solishga haqiqiy imkoniyat yaratadi. Bundan tashqari Xitoyning harbiy sarf-xarajatlari ham tezlik bilan o‘sib bormoqda. Bu sarf-xarajatlar Rossiya, Britaniya va Frantsiya kabi davlatlar sarf-xarajatlarini birgalikda olganda ham ulardan ancha ortiq. Faqat shu emas, balki Xitoyning ko‘pgina harbiy programmalari sirliligicha qolmoqda. Shuning uchun Xitoy amerikalik siyosatchilarning kundalik tashvishi bo‘lib qoldi.

 Shu sababli ham AQSh prezidenti Donalьd Tramp o‘tgan 2018-yildan boshlab razvedka amaliyotlari, jumladan, Rossiya va Xitoyga qarshi qaratilgan josuslik faoliyatini moliyalashtirish hajmini keskin oshirdi. 2018- yil davomida AQSh fuqarolik va harbiy razvedka amaliyotlariga 81,5 milliard dollar sarfladi. Bu bir yil avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 11,6%ga ko‘p. Ulardan 59,4 milliardi MRB, MXA va FQB bo‘linmalarini qamrab oluvchi Milliy razvedka dasturiga ajratilgan. O‘tgan yilgi raqamlar bilan solishtirganda, byudjet 5 milliard dollarga ko‘paydi.

 Xitoydan farqli ravishda – garchi AQSh Rossiyani ham tahdid sifatida baholayotgan bo‘lsada –  AQSh uchun Rossiya xavf tug‘dira olmasligi aniq. Rossiya  o‘z harbiy sanoatining katta qismini saqlab qolgan bo‘lsada, iqtisodi xom-ashyo eksportiga asoslangan davlat bo‘lib qoldi. U olamiy etakchilikka da’vogar davlatlar safidan surib chiqarilib, hatto mustaqillik maqomini boy berish arafasida turibdi. AQSh Xitoy va Rossiyani yonma-yon qo‘yib, ularni o‘zi uchun raqib davlat sifatida ko‘rsatayotgan bo‘lsa ham, imkon paydo bo‘lishi bilan ulardan birini ikkinchisiga qarshi qo‘yib, o‘z manfaatlari yo‘lida ishlatishda foydalanishga harakat qiladi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.