Afg‘oniston Tojikiston chegarasiga hujum qilgan “jangarilar” Afg‘onistondan o‘tganini rad qildi

636
0

Afg‘oniston Tojikiston chegarasiga hujum qilgan “jangarilar” Afg‘onistondan o‘tganini rad qildi

 6-noyabrda Tojikiston va O‘zbekiston chegarasida yo‘q qilingan jangarilar Afg‘onistondan o‘tgan emas. Bu haqda Afg‘oniston kuch tizimlaridagi mutasaddilari ma’lum qilishdi.

 Ularning aytishicha, jangarilar izini Afg‘oniston tashqarisidan izlash kerak.

 “Aytilayotgan Qunduz viloyatidagi Qal’ai Zol chegarasi Afg‘oniston tomondan ham, Tojikiston tomondan ham yaxshi qo‘riqlanadi. Xodimlarimiz chegaradan yigirma kishi tugul bir kishini ham noqonuniy o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shuningdek, ularning “Islom davlatiga” tegishli ekanligini ham aytish qiyin”, – deyiladi “Nezavisimaya gazeta”da chop etilgan bayonotda.

  Bunga qadar, Tojikiston milliy xavfsizlik qo‘mitasi 20 nafar niqobli kishi Tojikistonning “Ishqobod” chegara zastavasiga hujum qilgani, ulardan 15 nafari o‘ldirilib, 5 nafari qo‘lga olinganini xabar qilgan edi. Keyinchalik, rasmiy Dushanbe jangarilar “Islom davlati” tashkiloti a’zolari ekani, ular Afg‘onitondan o‘tishganini ma’lum qildi. Biroq, “ID” tashkiloti bu hujum uchun mas’uliyatni zimmasiga olgani yo‘q.

 Afg‘on rasmiylarining bayonotlari, mazkur operatsiya Rossiya kuratorligi ostida Tojikiston maxsus xizmatlari tomonidan uyushtirilganini tasdiqlab turibdi. Rossiyaning bunday harakatlari O‘rta Osiyoda ta’siri zaiflashib borayotganini va u o‘z nufuzini sohta terraktlar uyushtirish ortidan harbiy kuch orqali tiklashga harakat qilayotganidan darak beradi. Chunki, barcha yirik davlatlar o‘z siyosatida moddiy harakatni so‘nggi chora sifatida qo‘llab keladi. Mahalliy hokimlar va xavfsizlik xizmatlari bunday siyosatga qarshi turish o‘rniga ularning buyruqlarini amalga oshirib kelmoqda. Qurbonlar esa har doimgidek, oddiy musulmonlar bo‘lib qolmoqda.

Mumtoz Mavoraunnaxriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.