Tojikistonda imom-xatiblar malakasi oshirildi

451
0

Tojikistonda imom-xatiblar malakasi oshirildi

1352 imom-xatib  savodxonlik kursiga jalb qilindi

Tojikistondagi din, an’ana va marosimlarni tartibga solish qumitasiga ko‘ra, din peshvolarining huquqiy va diniy ma’rifatini kuchaytirish maqsadida, imolar uchun malaka oshirish kurslari o‘z fa’oliyatni tugalladi.

Bu haqida “Sputnik” axborot  agentligi xabar berdi. Xabarga ko‘ra,  Tojikistonda fa’oliyat ko‘rsatayotgan 1352 imom o‘tgan 10 oy mobaynida shoshilinch ravishda bilim olishlari uchun malaka oshirish kursiga jalb qilingan.

Manbaning xabar berishicha imomxatiblar uchun o‘quv kurslarida asosan Prezident qoshidagi ijroiy komitet, din Qumitasi va islomshunoslik markazi va boshqa daxldor organ xodimlari dars berishdi.

Darslardagi asosiy mavzu Konstituttsiya talablariga rioya qilish, turli soha qonunlari, Tojikistonning strategik maqsadlari, qishloq joylarini taraqqiy etishga qarashli masalalar, sayyohlik va xalq hunarmadchiligi,  sabrlilik va insonparvarlik hissini barkamollashtirish, odam savdosi va narkotik moddalar almanishuviga qarshi chora-tadbirlar, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, erkak-ayolaning genderlik huquqlari, oilaviy zo‘rovonlik, yoshlar va o‘smirlar orasidagi xudkushlikning oldini olish kabi masalalarga bag‘ishlandi.

Qumitaning ta’kidlashicha, 10 oy davomida  Dushanbe shahridan, shuningdek  Ko‘lob, Boxtar, Dang‘ara, Mu’minobod, Xovaling, Sh.Shohin, Vose’, Qubodiyon, Panҷakent, Aynӣ, Zafarobod, Devashtich, Nurobod, Rog‘un, Varzob, Sangvor, Balҷuvon, Temurmalik, Isfara, Istiqlol, Guliston, Kuhistoni Mastchoh, Jabbor Rasulov, Spitamen va Asht,  shuningdek Tog‘li  Badaxshon xalifalari ham ishtirok etishgan.

Manbada kelishicha o‘quv kurs yakunida din xodimlariga guvohnoma  taqdim etilgan.

Izoh:

Qadimdan masjidu-madrasalar musulmon ummati uchun eng mo‘’tabar va muqaddas dargoh hisoblanib kelgan. Zero masjidlarda ibodat qilish bilan birga musulmonlarning muammolari ham hal qilingan. Ayniqsa ijtimoiy maslalarni hal qilish jarayoni qoziga murojaat qilinishidan avval masjidlarda omma nazariga taqdim qilinib, echim yo‘li tanlangan.

Minbarda turib imomlik qilgan inson musulmon g‘amini o‘z g‘amidan yuqori qo‘ygan taqvodor insonlardan bo‘lgan. Aynan shu jihat minbar haqqi hisoblanadi. Ibodatlarning komil bo‘lishi, oxiratni eslatuvchi duo-zikrlar, tasbehlar, naflga da’vat va shu kabi barcha solih amallarga aynan minbar egasi bo‘lmish imomlar sababchi bo‘lgan.

Bugungi kunda buni aksini ko‘ryapmiz. Garchi  ilmoniy davlat qoidasi bo‘yicha din davlatdan ajratilgna bo‘lsa-da, aslida musulmonlarning har kanday e’tiqodiy masalalariga hukumat aralashib kelmoqda. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, garchi din davlatga aralashmasa-da davlat dinga burun suqyapti.

Imomlik vazifasi e’tiqodiy masalalar bo‘lishligi o‘rniga, ayni paytda minbar aynan kufr sistemasi va kufr mafkurasi uchun da’vat maydoni bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu kabi o‘quv kurslari bilan ilmoniy hukumat nafaqat o‘zining qonunlariga ehtirom qilishga buyuradi, balki nafsiga mos kelgan mo‘’tadil Islomni ta’lim beradi va imomlar shu fikr bilan ummatni boshqaradi. Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, o‘quv programmasining tarkibida Shariatga aloqador biror band ko‘rinmaydi. Holbuki din peshvolari eng avvalo xalqga dinning haqiqiy mohiyatini ta’lim berishlari lozim. Ya’ni  ummatning  diniy ma’rifatining kengayib borishiga aynan shu imomlar mas’uldirlar.

Kufr sistemasi er yuzida boshkaruvni qo‘lga olib, hukmron bo‘lgach birinchi zarbani aynan Musulmonlarning e’tiqodlariga qaratdi. Eng avvalo bizni Qur’on va Sunnatga oshno qilidigan arab alifbosiga zarba berdi, uning o‘rniga kufr saqofatiga olib boruvchi lotin va kirill alfavitini joriy qildi.

Ayni zamonda buzuq sistema bosqichma bosqich bizlarni o‘z diniga jalb qilishga urinyapti. Hobuki musulmon uchun tavhid shior bo‘lsa, Shariat konstituttsiya hisoblanadi.

Kufr sistemasi ulamolarimiz va otinoylarimiz yordamida birin-ketin diniy qadriyatlarimizga zarar etkazib kelayapti. Minglagan musulmonlar ularga ergashib, aytgan gaplariga ishonib, din xususida imomlardan o‘rnak olib yashashga urinishadi. Endi imomlar ilmoniy hukumat programmasini hayotga tatbiq qilsa, xalq shuni uzr yoki halol deya qabul qilsa, u holda din degan narsadan asar ham qolmaydi.

Agar imomlarimiz chuqur tafakkur qilishni xohlashmasa, qilayotgan ishlarini Hisob kuni kelmasidan ilgari hisob-kitob qilmayotgan bo‘lsa, demak ularning qalbini dunyoga muhabbat – vahn egallabdi. Vahnga botgan qalbdan hidoyat nurini kutish aqlga sig‘maydi. Bunday ilmni Allohning nazdida qiymati yo‘q.  Bu degani dunyo  hayotini din g‘amidan ustun qo‘ygan banda aslo najot topmaydi.

Rasulalloh (s.a.v) dedilar: – “Kimki oxirat ishini dunyo uchun qilsa, oxiratda unga nasiba bo‘lmaydi”. ( Ahmad rivoyati)

Shuni esdan chiqarmaylik, garchi ming urinsak ham, bandani rozi qilishga haris bo‘lishimiz mumkin, ammo bu narsa yaxshi natija bermaydi, zero Allohga osiy bo‘lgan ishda bandalarining roziligini birinchi navbatga qo‘ysak, unda Alloh bizlarni ayni  fojir bandalari ixtiyoriga topshirib qo‘yadi. Agar sabr bardosh bilan Allohning roziligi umid qilib, farzni himoya qilsak, haqiqiy ma’nodagi dinni, Islomiy yashash tarzini hayotga qaytarishga harakat qilsak, albatta Alloh  Shakur va Mag‘firat Egasi bo‘lgan Zotdir!

Munavvara Aziz

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.