Pokiston rejimi xiyonatning barcha hadlaridan o‘tib ketdi

508
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Pokiston rejimi xiyonatning barcha hadlaridan o‘tib ketdi

Pokiston bosh vaziri Imron Xon Tvitterdagi o‘z sahifasida shunday yozdi: «Men Ozod Kashmirdagi kashmirliklar dard-alamlarini tushunaman. Ular bosib olingan Jammu Kashmirdagi kashmirlik birodarlarining ikki oydan beri komendantlik soati holatida qolayotganlarini ko‘rib turishibdi. Biroq insonparvarlik yordamini ko‘rsatish yoki Kashmir kurashini qo‘llab-quvvatlash uchun Ozod Kashmir nazorat chizig‘ini kechib o‘ta olgan har qanday kishi Hindiston masalasida alohida rolь o‘ynaydi».

Bunga nisbatan, Hizb ut-Tahrir – Pokiston viloyati matbuot bo‘limi raddiya sifatida chiqargan bayonotda bunday deyiladi:

«Imron Xon Trampni rozi qilish uchun har qanday chiziqdan o‘tib bo‘ldi. Bunda Alloh Subhanahu va Taoloning amrlaridan qasddan ko‘z yumib, musulmonlar tuyg‘usini sariq chaqaga olmadi.

Pokiston rejimi Hindiston hujumlariga va «Buyuk Hindiston» loyihasiga qarshi olib borilayotgan Kashmir qarshilik harakatini yo‘q qilishga bor kuchini sarflamoqda. Maqsadi, Pokistonning sheryurak qurolli kuchlariga to‘siq qo‘yish. Oddiy musulmonlar bosib olingan Kashmirdagi aka-uka va opa-singil birodarlariga qurolli yordam yoki siyosiy ko‘mak ko‘rsatishga kirishganlarida bu munofiq rejim «bu Hindistoning masalasi», deya to‘sqinlik qildi. Bu hukmdorlarga Kashmirni ozod etish uchun jihod e’lon qiladi, deya umid bog‘lash ahmoqlikdir. Mudom bu elitaga hokimiyatni qo‘yib berilar ekan, Kashmir masalasi o‘lib-bitadi». Bayonot so‘nggida Pokiston qurolli kuchlariga bunday murojaat yo‘llandi:

«Siz dushmaningizga birinchi zarbani yo‘llashdayoq qanchalar kuchliligingizni anglab etasiz… Bu qo‘rqoq mushrik kuchlar qarshingizda turishga dosh berolmaydi. Rosululloh ﷺ Hind sari g‘azot qilishi haqida bashorat bergan kuchning bir bo‘lagi bo‘lishingizga Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatigina imkon beradi.

Roya gazetasining 2019 yil 16 oktyabr chorshanba kungi 256-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.