Ko‘rfaz davlatlari hukmdorlari nima uchun Islomning boshqa ahkomlari qolib faqat zakot ahkomiga zo‘r berib e’tibor qaratishmoqda?!

575
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ko‘rfaz davlatlari hukmdorlari nima uchun Islomning boshqa ahkomlari qolib faqat zakot ahkomiga zo‘r berib e’tibor qaratishmoqda?!

«Bahrayn» axborot agentligi veb-sayti (hijriy 1441 yil 9 safar, milodiy 2019 yil 8 oktyabr seshanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

«Fors Ko‘rfazi davlatlari Hamkorlik Kengashiga a’zo davlatlarining zakotga mas’ul idoralar rahbarlari Ummon poytaxti Masqadda o‘n to‘rtinchi yig‘ilishlarini o‘tkazishdi. Yig‘inda Fors Ko‘rfazi Hamkorlik Kengashi davlatlarining zakot organlari uchun qo‘shma strategik loyiha bilan ayni davlatlardagi zakot tizimiga mas’ul shaxslarga qaratilgan diplom loyihasi muhokama qilindi. Shuningdek, yig‘inda zakot sohasida ilmiy izlanishlar hamda ijodiy va ixtiyoriy ishlarni bajarish bo‘yicha Fors Ko‘rfazi davlatlari Hamkorlik Kengashi tanlovini tartibga solish muhokama qilindi. Shu bilan birga ayni sohada ijodiy ishlar qatorida malaka oshirish tanloviga ham to‘xtalindi».

Roya gazetasi sharhi:

Bu hukumatlar zakot yoki Islomning boshqa ahkomlarini tatbiq qilishga g‘ayrat qilishmaydi. U holda, nima uchun zakot hukmiga bunchalik e’tibor berishyapti?!

Xalqaro sudxo‘rlik tizimi bo‘yicha hukm yurituvchi bu hukumatlarning maqsadi, har qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham pul yig‘ishdan iborat. Buning yo‘lida agar shar’iy ahkomlarni tog‘utlar qonunlari bilan qo‘shib-chatib tashlashga to‘g‘ri kelsa ham, bundan tap tortishmaydi. Chunki ularga qancha ko‘p pul yig‘ilsa, bo‘lgani. Fors Ko‘rfazi davlatlarining bu sohadagi harakati «zakotning katta miqdorda yo‘qotilishini kamaytirish uchun har bir davlat bilan taqqoslanadigan to‘lovda majbur qiluvchi qonun va qoidalar ishlab chiqish»dan iborat. Shu bilan bir vaqtda, bu davlatlar Xalqaro Valyuta Fondining ko‘rsatmalariga rozi bo‘lib, shar’an harom hisoblangan ko‘plab soliq va to‘lovlarni zo‘rlik bilan tatbiq etishni o‘zlari uchun oddiy hol sanashadi. Mast qiluvchi ichimliklarga Allohning shariatini tatbiq qilib, ularni sotish va iste’mol qilishni jinoyat sanash o‘rniga, bugun Qatar, Ummon va Birlashgan Arab Amirliklari singari ba’zi Ko‘rfaz davlatlari spirtli ichimliklarni o‘z ichiga olgan «sog‘liq uchun zararli tovarlar» uchun tanlangan soliqlar belgilashyapti… Bu esa, ayni hukumat va hukmdorlarning Islom ahkomlariga panja orasidan qarashlariga va halol-harom masalasiga parvo qilmasliklariga yana bir kuchli dalildir.

Roya gazetasining 2019 yil 16 oktyabr chorshanba kungi 256-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.