Elchi Tүrkiyadan “Iymon” fondiga 5 mln. dollar so‘radi

496
0

Elchi Tүrkiyadan “Iymon” fondiga 5 mln. dollar so‘radi

 Qirg‘izistonning Turkiyadagi elchisi Kubanichbek Omiraliev Turkiya prezidenti xuzuridagi din ishlari bo‘yicha kengash raisi Ali Elbash bilan uchrashuvida Turkiyadan Qirg‘izistondagi “Iymon” fondi uchun 5 million dollar so‘radi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot bo‘limi xabar qildi.

 Bu mablag‘ “Iymon” fondining 2019-2022- yillari Qirg‘izistondagi diniy vaziyatni tadqiq qilish, madrasadagi diniy ta’limni reforma qilish kabi loyihalarga ajratilayotgan turk grantining ikkinchi transhi hisoblanadi.

 Elchi Kubanichbek Omuralievning ma’lum qilishicha, 2015-2019-yillarga turk tomonidan ajratilgan 5 million dollar imomlarni o‘qitish, ularning ilmiy salohiyatni oshirish, stependiyalar va Insan.KG axborot portalini tashkil etish kabi loyihalarga sarflangan.

 Omuraliev va Ali Erbash 10-oktyabrda uchrashgan. Uchrashuvda Ali Erbash elchi so‘ragan mablag‘ Turkiya tashqi ishlar vazirligi bilan maslaxatlashgach va prezident tasdiqlaganidan so‘ng xal qilinishini ma’lum qilgan.

 Izoh: 2010 yili AQShning o‘sha vaqtdagi prezidenti Barak Obama kongress oldida so‘zlagan nutqida, “Biz endi islomiy mamlakatlarda o‘z askarlarimizni jonini xavfga qo‘ymaymiz. Endi ular o‘z yurtlaridagi “terrorizm” va “ekstremizm”ga qarshi va ularning xavf xatarlarini oldini olish uchun o‘z imkoniyatlari bilan harakat olib borishadi. Biz faqat ularga bu ishlariga yordam ko‘rsatamiz”, degan edi.

 Mustamlakachi kapitalistik kufr tuzumi Islom va musulmonlarni harbiy yoki mabdaiy jihatdan mag‘lub eta olmasligini anglab etgach, o‘zining yangi adashtiruvchi va chalg‘ituvchi strategiyasini ishlab chiqdi. AQShning yangi stretegiyasida Islom va musulmonlarga qarshi kurashda “sopini o‘zidan chiqarish” va musulmonlarni “radikal”, “esteremist”, “terrorist” va “mo‘’tadil”chilarga ajratish orqali musulmonlar birlashishini oldini olish va ular o‘rtasida doimiy kelishmovchiliklarni paydo qilishni rejalashtirilgan.

 Bugungi kunda islomiy yurtlarga olib kirilayotgan “Mo‘’tadil islom” loyihasi kufrning adashtiruvchi loyihalari jumlasidan bo‘lib, bu loyiha islomiy mamlakatlarda shakllanib borayotgan mabdaiy islomiy mafkuraga qarshi, hokimiyat vakillari, xavfsizlik xizmatlari, islomiy ulamolar, islomiy jamoalar, muftiyot, imomlar va jamoatchilik faollarini o‘ziga jalb qilish asosiga qurilgan. Bu kurashda mustamlakachilar asosiy e’tborini “mo‘’tadilchi”larni qo‘llab-quvvatlashga qaratib, ular orqali jamoatchilikni o‘z ta’sirlari ostiga olishga intilishadi.

 Mazkur loyihaga muvofiq 2014-yili Qirg‘izistonda “Iymon” fondi tashkil etildi. Mustamlakachi davlatlar va ularning malaylari  tomonidan moliyalashtirib kelinayotgan “Iymon” fondi Qirg‘izistonda imomlar uchun o‘quv kurslari tashkil etdi hamda ularni atestatsiyadan o‘tkazish bahonasi bilan kufr loyihalariga moil bo‘lgan imomlarni ajratib oldi va ularga maxsus stipendiyalar to‘lay boshladi. Bundan tashqari, “Iymon” fondi qirg‘iz kuch organlari uchun maxsus o‘quv smenarlari uyushtirib, ularga Islom va musulmonlarga qarshi kufr loyihasi bo‘yicha kurash olib borishni o‘rgatib kelmoqda.

 “Iymon” fondi va shu kabi o‘zini islomiy tashkilot sifatida taqdim qilayotgan tashkilotlar kufrga Islom to‘nini kiydirib, uni Islomga moslashtirib berishda G‘arb davlatlari qo‘lidagi quroldan boshqa narsa emas. Ularning Islom va musumlonlarga bo‘lgan zarari kufrning oshkora olib boradigan kurashidan ko‘proq. Shu sababli ham mustamlakachi davlatlar ularni moliyalash ulkan mablag‘larni ayamay sarflashaveradi. Biz musulmonlar bu kabi tashkilotlar fitnalaridan ogoh bo‘lishimiz, ular makriga aldanib qolmasligimiz zarur.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.