AQSh O‘zbekiston ta’lim tizimiga yangilik olib kirmoqda

566
0

AQSh O‘zbekiston ta’lim tizimiga yangilik olib kirmoqda

 O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida ta’lim tizimidagi hamkorlik doirasida amerikalik besh nafar mutaxassis O‘zbekistonga keldi. Ular Xalq ta’limi vazirligidagi hamkasblari bilan hamkorlikda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematika va o‘qish bo‘yicha ko‘nikmalarini baholash metodikasini ishlab chiqadi.

 AQSh elchixonasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ikki mamlakat mutaxassislari hamkorlikda matematika va o‘qish bo‘yicha sakkiz tilda (o‘zbek, rus, qoraqalpoq, qozoq, tojik, qirg‘iz, turkman va ingliz) savolnomalar tuzadi. Ular asosida O‘zbekiston bo‘ylab o‘quvchilar umumiy bilimlarni qay darajada o‘zlashtirayotgani tadqiq etiladi. Shu tariqa o‘quv jarayonidagi kamchiliklar va zaif nuqtalar aniqlanib, ta’lim strategiyasi takomillashtiriladi.

 “Bu O‘zbekistonda olib borilayotgan birinchi xalqaro tadqiqot bo‘lib, u boshlang‘ich sinflarda o‘qish natijalarini aniq baholashga imkon beradi. Bu esa vazirlikka ta’lim tizimini takomillashtirish yo‘lida yangi metodologiya ishlab chiqishda ko‘maklashadi”, – deydi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov.

 Baholash va tadqiqot jarayoniga “RTI International” tashkiloti ham jalb etilgan. Mazkur tashkilot Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda EGRA va EGMA tizimlarini sinovdan o‘tkazadi. Mamlakat miqyosidagi tadqiqotlar 2020 yilda tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Xalqaro baholash usullari AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ko‘magida joriy etilmoqda.

 Izoh: Mustamlakachi davlatlar ajratadigan qarz yoki grantlardan eng xatarlisi ta’lim sohasini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilayotgan mablag‘dir. Xatarli deyishmizning sababi, bu davlatlar ta’lim sohasiga qarz ajratar ekan, qarz olayotgan davlatdan ta’lim dasturini qanday tuzish, o‘sib kelayotgan yosh avlodga qaysi fandan qanday saboq berish yo‘l-yo‘riqlarini ham tuzib beradi. Ta’lim tizimini nazorat qilish saqofiy mustamlaka qilishning eng qulay va ishonchili vositasidir.

 AQSh tomonidan olib borilayotgan o‘quvchilarning bilim darajasini baholash tizimi puxta ishlab chiqilgan va kelajakda o‘z saqofati bilan sug‘orilgan kadrlarni etishtirib chiqarishda zamin tayyorlash uchun olib borayotgan harakatlari jumlasidandir. Bundan ko‘zlagan maqsadi O‘zbekistonni Rossiyaning saqofiy mustamlakasidan chiqarib, o‘zining saqofiy ta’siri ostiga kiritib olish. Tabiiyki, u o‘z maqsadini amalga oshirish uchun G‘arb saqofati bilan sug‘orilgan ziyolilar qatlamini shakillantirib olishi kerak bo‘ladi.

 Shu maqsadda AQSh hukumati kelgusi besh yil davomida O‘zbekiston ta’lim tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun 50 million dollar mablag‘ ajratishga qaror qildi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.