Maxachqal’a maktablarida hijobli qizlar ro‘yxati tuzilmoqchi

145
0

Maxachqal’a maktablarida hijobli qizlar ro‘yxati tuzilmoqchi

Dog‘iston poytaxtidagi ikki gimnaziya rahbariyati, hijobli talaba qizlar haqida ma’lumot talab qildi. Bu haqida «KP – Severnыy Kavkaz» (Stavropolь) xabar bermoqda.

 O‘quv yilining boshlanishi bilan Maxachqal’ada joylashgan №13 va № 15 ta’lim gimnaziyasida maxsus so‘rovnoma joriy etilan edi. Unga ko‘ra talabalarning ijtimoiy ahvollari haqida ma’lumot to‘planadi. Anketada majruh-nogiron bolalar, kam ta’minlangan oila farzandlari yoki og‘ir sharoitda kun kechirayotgan talabalar haqidagi ma’lumot uchun maxsus bandlar nashr etilgan. Ammo o‘ashalar qatorida  belgilangan bir band barcha ota-onalar diqqat e’tiborini o‘ziga tortib, kuchli norozikka sabab bo‘ldi. So‘rovnomaning oxirgi bandi “Hijobli talaba qizlar haqida  to‘liq ma’lumot”, deb yozilgan.

Buni ko‘rgan Ota-onalar  iztirobga tushib maktab ma’muriyatiga va respublika ta’lim vazirligiga murojaat yo‘llashdi. Tez orada rasmiy javob keldi.

Ta’lim vazirligiga ko‘ra, anketalar qondaydir xato tufayli maktablarga borib qolgan, endilikda bu kabi so‘rovnoma uslubi qo‘llanilmaydi. Maxachqal’a meriyasining ta’lim bo‘limi boshchisi Vadim Dibiyaevning fikriga qaraganda, talaba qizlarning aynan islomiy libos kiygani uchun ular haqida ma’lumot yig‘ish  andishasizlik hisoblanadi. Shu jumladan Vadim Dibiyaev ushbu voqeani quyidagicha izohladi: “Xech qanday holatda talabalarga baho berishlikda “hijobli qizlar” punkti bo‘lishi mumkun emas! Na ta’lim rahbariyati va na bilim berish tashkilotlari tomonidan shunga o‘xshagan so‘rovnomalar olib borilib, anketa to‘ldirish mumkin emas”.

Izoh: Bizga farz qilingan islomiy libos uchun dunyo hamjamiyati bir kunni bayram o‘laroq belgilab bergan. Butun olamda 1 fevral kuni hijob kuni, deya bayram qilinadi. Bu ketishda kufr olami tobora diniy qadriyatlarimizga hurmatsizlik ko‘rsatib, bugun 1 kunni hijob kuni desa, keyinchalik yana bir kunni namoz bayrami qilib belgilab bermasa bo‘lgani. Bu jihatlar islomiy ummat ustidan kulishdan boshqa narsa emas.

O‘tgan yili Checheniston prezidenti Ramazon Qodirov hijob bayramida o‘zining telegramm sahifasi orqali diniy libos haqida quyidagilarni yoritgan edi: “Mening oilamdagi barcha xotin-qizlar boshlariga ro‘mol o‘raydi, ularni xech kim majburlagani yo‘q, o‘zlari buni ixtiyor qilganlar. Mening aqidamga ko‘ra, butun olamdagi diniy ta’limotlarda xotin-qizlarga ro‘mol o‘rash buyurilgan. Biroq ro‘molsiz ham ayol kishi xoksorlikka ibrat sifatida bo‘lishi mumkin. Men ro‘ymolsiz yurgan ko‘pchilik ayollarni taniyman. Ularni  xoksorlik,  vijdoniylik va odob-axloq  ramzi qatorida qabul qilishimiz mumkin”.

Endi musulmonman degan rahbarlarning ahvoli shu bo‘lsa, g‘ayridinlardan yaxshlik kutishimiz mantiqsizlik hisoblanadi.

Islom hayotdan chetlatilgani sari insonlar orasidagi haqiqiy bashariy qoidalar o‘rnini hayvoniy unsurlar egallayapti. Evropada asr vabosi kabi tarqalayotgan birjinslik nikohlar odatiy holga aylangan. Ayniqsa Buyuk Britaniyada birjinslik nikohga rasman ruxsat berilgan,  ko‘p ijtimoiy tartiblar ham ana o‘sha buzuq insonlar talablarini e’tiborga olgan holda tuzilayapti. O‘tgan oyda Angliya ko‘chalaridagi svetoforlarga piyodalar uchun belgilangan yashil rangni o‘rniga transgenderlarning alomati o‘rnatildi. Bunga sabab o‘sha toifa insonlar o‘zlarining jamiyatdagi o‘rnini hukumatdan qat’iyan talab etishgandi.

Buni qarangki, olam uzra kufr illati keng tarqalsa bu narsaga sharoit yaratib berishmoqda, ammo Islomning har bir ko‘rinishi kufr olamining tahdidida duchor bo‘lmoqda. Kufr olami hijobga va Islom qadriyatlariga qarshi kurashganida eng avvalo oddiy xalq vakilini o‘sha loihaga nisbatan reaktsiyasini tekshirib ko‘radi, shu bilan Shariatning ta’sir darajasini belgilab oladi. Agar insonlar bu narsani to‘g‘ri qabul qilishsa, kufr olami missionerlik harakatlarini davom ettiradi, agar insonlar, xossatan musulmonlar norozilik izhor etishsa, shak shubha yukqi bu kabi loihalar  kasodga uchraydi. O‘zbekistonda ro‘y berayotgan hijobga va soqolga qarshi xatti-harakatlar xech shubhasiz katta davlatlar tarafidan uyushtirilgan. Boshqa katta davlatning norozi bo‘lishi ham tabiiy. Ammo biz bir narsani unutmaylik, tarafdor yoki qarshi bo‘lishidan qat’iy nazar, ayni damda Ummatni himoya qiladigan biror mamlakat yoki kuch yuk. Har bir katta davlat o‘z shaxsiy foydasini ko‘zlab, piar uchun himoyaga otalanadi, aslida uning na biz bilan va na biz ko‘tarib yurgan aqida, mafkura va diniy qadriyatlarimiz bilan zig‘irchalik ishi yo‘q. Aksincha dunyo maydonida katta davlatlar shaxsiy manfaat talashib, musulmonlarning e’tiqodlaridan  foydalanishi mumkin.

Faqatgina sof iymonli Xalifa bizning hozirimiz va kelajagimiz, qolaversa oxirat diyorimiz haqida qayg‘urishi mumkin. Qolgan barchasi botil fikrli, zohiriy  mehribonlardir, ular faqatgina o‘zlarining haqiqiy basharasini niqob ostida yashirishadi. Biz o‘sha bir nazar tashlaganda yaltiroq ko‘ringan voqelikdan ta’sirlanmaylik,  garchi ming marotaba yordamga shoshilsa-da, har qanday tashkilot va inson huquqi homiylari faqat kufr mamlakatlari foydasiga ishlaydi.

Munavvara Aziz

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.