Qozog‘istonda xitoylik ishchilar va mahalliy aholi o‘rtasida nizo chiqdi

48
0

Qozog‘istonda xitoylik ishchilar va mahalliy aholi o‘rtasida nizo chiqdi

7 oktyabrь dushanba kuni Olmaota viloyatining Oqsu tumanida yo‘l-qurilish ishlari vaqtida Qozog‘iston va Xitoy ishchilari o‘rtasida mojaro yuz berdi, unda mahalliy aholi vakilari ham qatnashdi, deya xabar berdi viloyat politsiya departamenti.

 Muassasa matbuot xizmatining xabar qilishicha, “mushtlashuvga aylanib ketgan mojaro” avvaliga Xitoyning to‘rt nafar fuqarosi ishtirokida “ishlab chiqarish munosabatlari asosida” kelib chiqqan. Ularning hammasi Citic Construction tashkilotining xodimlaridir.

 Ertasi kuni bir guruh mahalliy aholi vakillari va Citic Constructionning Qozog‘iston fuqarolari bo‘lmish ishchilaridan iborat guruh “mojaroning ahamiyatini tushunib etmagan” va “bundan bahona topgan holda” xitoylik ishchilarni kaltaklagan, deya xabar beradi politsiya departamenti.

 Mojaro oqibatida Xitoyning to‘rt fuqarosi tan jarohatlari olgani bois shifoxonaga yotqizildi, politsiya bezorilik va ataylab salomatilikka ziyon etkazish fakti bo‘yicha sudga qadar tergov olib bormoqda. Politsiyaning xabar berishicha gumondorlarning shaxsi aniqlanib, qo‘lga olingan.

 Citic Construction kompaniyasida o‘tkazilgan tekshirish vaqtida migratsiya qonunlarini buzgan 33 nafar xorijlik ishchi aniqlandi. Xozir ularni mamlakatdan chiqarib yuborish masalasi muhokama qilinmoqda.

 Izoh: Xitoy Sharqiy Turkistonni bosib olishda qo‘llagan uslubini bugungi kunga kelib Markaziy Osiyo davlatlari ustida ham amalga oshira boshladi. Xitoy davlati dastlab Sharqiy Turkistonga “qashshoqlikni tugatish” bahonasi bilan xitoylik xanlarini ko‘chirish siyosatini olib borgan edi. Dastlab beozor va mexnatkash ko‘ringan xanlar vaqt o‘tishi bilan uyg‘ur musulmonlarini o‘z erlaridan siqib chiqara boshlashgan edi. Xuddi shu kabi Xitoy mustamlaka qilmoqchi bo‘lgan mamlakatga avvalida o‘z ishchi va savdogarlarini kiritadi. Ular uzoq yillar sabr va o‘ta itoatkorlik bilan xizmat qilib, bu zaif davlatning va xalqning ishonchini qozonib olishga intilishadi. Shu bilan bir vaqtda Xitoy ushbu mamlakatga investitsiya olib kirish va ulkan qarz berish bilan, uni to‘lab bo‘lmaydigan qarzdor qilib olishga harakat qiladi. Xitoy o‘ziga iqtisodiy jihatdan qaram qilib olgan davlatlar rahbariyati qarzdan qutulish yoki biror engillik olish umidida uning har qanday shartlarini bajarishga tayyor bo‘lganidan so‘ng Xitoy davlati ham, uning o‘ta itoatkor bo‘lib ko‘ringan xitoy ishchi va ishbilarmonlari ham haqiqiy basharalarini ocha boshlashadi.

 Qirg‘izistonga ham investor ko‘rinishida kirib kelayotgan xitoy fuqarolari asta-sekin o‘z basharalarini ocha boshlashdi. 2018 yil iyul oyida Qirg‘izistonning Chuy viloyati Sokuluk tumanida joylashgan OsOO “Tyanь — Shanь Keramik” zavodining Xitoy fuqarosi bo‘lgan bosh direktori mast holatda qo‘l ostidagi qirg‘iz ishchini qirg‘izistonlik ishchilar brigadasi ko‘z o‘ngida haqorat qilib kaltaklagan edi. Ammo xitoylik investorga qarshi hech qanday chora ko‘rilmadi.

 Keyinchalik xitoylik yana bir investor o‘z korxonasidagi mahalliy qirg‘iz ishchilarini tushlik vaqtida ovqatni tik turib eyishga majburlab, ularga qarshi kuch ishlatdi. Bishkekdagi restoranlardan birida xitoy fuqarosi o‘zini nojo‘ya tutgani sababli tanbeh bergan qirg‘iz ayollarini haqorat qilib, “men deputatga qo‘ng‘iroq qilaman” deya tahdid qilishgacha borib etdi… Qozog‘iston va Qirg‘iziston hukumatlari esa o‘z xalqi manfaatlarini himoya qilish o‘rniga Xitoy bilan aloqalarni yanada kuchaytirishga harakat qilmoqda.

 Abdurahmon Odilov.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.