Qirg‘izistonda Putin va Lenin haykallari o‘rnatildi

42
0

Qirg‘izistonda Putin va Lenin haykallari o‘rnatildi

 Qirg‘izistondagi ZIL tog‘-chang‘i kurorti hududida Chingiz Aytmatov, Vladimir Lenin va Vladimir Putinning bronza haykallari o‘rnatildi.

 Kurort poytaxt Bishkek shahridan 35 km masofada joylashgan. Hozir yangi haykallar o‘rnatilgan joyda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda “24 kg” xabar qilmoqda.

 Qirg‘iziston sobiq Sovetlar ittifoqidagi davlatlar ichida hozirda Rossiyaning saqofiy ta’siri ostidagi davlatlarning oldingi safida turadi. Lekin oxirgi paytlarda Rossiya mintaqadagi saqofiy quvvatini yo‘qotib boryapti. Yuqoridagi haykallarni o‘rnatilishi Qirg‘iziston hukumati tomonidan Rossiyaga, to‘g‘rirog‘i Putinning o‘ziga qaratilgan tilyog‘lamachilik harakatidir. Shunga qaramay xalqning bu ishlarga xayrixohligi yoki bee’tiborligi undagi ruslarga nisbatan saqofiy ko‘nikmasi borligidan darak beradi.

 Bu kabi haykallar o‘rnatish Shar’an haromdir. Bundan tashqari bu kabi haykallar timsoli Qirg‘iziston xalqidagi ruslarga bo‘lgan saqofiy qullik hissini yanada kuchaytiradi va o‘tgan asrning boshlarida millionlagan musulmon ota-onalarimizni ommaviy qirg‘in qilgan Rossiyaga nisbatan mehr va itoat ruhini kuchaytiradi. Oqibatda Rossiyaning iqtisodiy, siyosiy va harbiy zulmlarini his qilmay qo‘yamiz. Saqofiy mustamlakadan aynan mana shu maqsadga ko‘zda tutiladi. Ya’ni xalq, saqofiy mustamlakachi davlatga nisbatan o‘zida nafrat tuyg‘usini paydo qilmaydi. Hatto u tomondan kelayotgan zulm yoki xafv xatarlarni ko‘rib tursa ham, unga qarshilik qila olmaydigan holatga tushib qoladi.

Kufr qadriyatlarining kirib kelishiga bee’tibor bo‘lmaylik, birodarlar. Bu qadriyatlarning har birida ikki yomonlik mavjuddir. Birinchisi, e’tiqodimizga zarba berish uchun kufrning mabda’iy manfaati bo‘lsa, ikkinchisi, biror etakchi davlat manfaatiga qaratilgan saqofiy mustamlaka qilishdir! Arzimas ko‘ringan ishlar ortida ulkan manfaat va maqsadlar yotadi, ogoh bo‘laylik birodarlar!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.