Ikkita ko‘mir konida olti shaxtyor halok bo‘ldi

473
0

Ikkita ko‘mir konida olti shaxtyor halok bo‘ldi

Halok bo‘lgan yurtdoshlarimizning oila a’zolariga, qarindosh va yaqinlariga o‘zimizning chuqur ta’ziyamizning izhor qilamiz. Alloh sizlarga go‘zal sabr bersin. O‘tganlarni O‘z rahmatiga olsin.

 Qirg‘izistonning Qizilqiya va Sulukta shaharlaridagi ikkita ko‘mir konida ikki kun ichida ketma-ket yuz bergan falokatlarda olti nafar odam halok bo‘ldi.

 Ozodlik radiosi qirg‘iz xizmatining bildirishicha, 6 oktyabrь kuni tushdan keyin Qizilqiyadagi ko‘mir konlaridan birida baxtsiz xodisa tufayli uch kishi halok bo‘lgan. Rasmiylar hodisa tafsilotlari haqida hozircha ma’lumot bermayaptilar.

 Sulukta shahridagi hodisa esa 5 oktyabrda yuz bergan. Ko‘mir konida gazdan zaharlangan besh odam kasalxonaga keltirilgan. Ulardan uch nafari xushiga kelmay vafot etgan, qolgan ikki nafarining ahvoli yaxshilangani bildirildi. Vafot etganlarning barchasi aka-ukalar bo‘lgan.

 Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda 2017 yilda konlarda 26 halokat yuz bergan va ularda 24 odam vafot etgan. 2018 yilda shaxtalarda qancha odam halok bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud emas.

Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam:

“Musulmonlar uch narsada sherikdirlar: suv, o‘t-o‘lan va olovda”, deganlar. (Abu Dovud rivoyati).

 Shu hadisga muvofiq Islom shariatida musulmonlar suv, yaylovda va neft, gaz, ko‘mir kabi miqdori cheklanmagan konlarga shaxs egalik qilishi va shaxsiy mulk bo‘lishi mumkin emas. Davlat rahbari bu konlardan tushadigan daromadning o‘z ijtihodiga muvofiq barcha musulmonlar barobar baxramand bo‘lishilari yo‘lida sarf qiladi.

 Afsuski, bugun ustimizda demokratiya niqobi ostida hukm yuritayotgan kapitalistik tuzum barcha ishlarni moddiy manfaat asosiga qurgani ortidan bu kabi konlar mahalliy karchalonlar yoki xorijiy kompaniyalarga shaxsiy mulk sifatida sotib yuborildi va sotilmoqda. Konga ega chiqqan shaxslar esa faqat o‘z moddiy manfaatlarini o‘ylab, arzimagan haq evaziga qo‘l ostida ishlayotgan ishchilarning hayoti va xavfsizligini ta’minlash uchun ortiqcha mablag‘ sarflashni istashmaydi.

 Qirg‘izistonda ishsizlik darajasining yuqoriligi sababli eplab yo‘l haqiga pul topganlar , Qozog‘iston, Rossiya, Janubiy Koreya yoki G‘arb davlatlariga ish izlab chiqib ketishayotgan bo‘lsa, yo‘l haqi uchun pul topishga ham qodir bo‘lmaganlar mana shu kabi konlarda o‘z hayotlarini xatarga qo‘yib ishlashga majbur bo‘lishmoqda. Na kon egalar va na rasmiy hukumat ular hayoti va xavsizligini ta’minlash haqida o‘ylab ham qo‘ymaydi.

 O‘z navbatida biz, ro‘zg‘or tebratish va oila boqish uchun texnika xavfsizligi ta’minlanmagan konlarda ishlashga majbur bo‘lib, baxtsiz xodisa ortidan halok bo‘lgan yurtdoshlarimizning oila a’zolariga, qarindosh va yaqinlariga o‘zimizning chuqur ta’ziyamizning izhor qilamiz. Alloh sizlarga go‘zal sabr bersin. O‘tganlarni O‘z rahmatiga olsin.

إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ

“Albatta, barchamiz Allohnikimiz va albatta, barchamiz Unga qaytguvchidirmiz” [Baqara 156]

    Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.