Qahramon onaning bugungi ahvoli

38
0

Qahramon onaning bugungi ahvoli

26 yoshli Nargiza Mayrambek qizi oilali, ularda yetti nafar voyaga yetmagan farzandlari bor. Ular Bishkek shahrida istiqomat qilishadi.  Nargizaning moddiy jihatdan muaamolari ko‘p, bu narsaga ularning yashash tarzini ko‘rib guvohi bo‘ldik – deydi Sputnik axborot agentligining muxbiri.

 Xona ichi sovuq, yosh bolalari ostonada yupun kiyinib, paypoqsiz o‘ynashar edi. Biz Nargiza bilan yaqindan tanisha boshladik.

“To‘ng‘ich o‘g‘lim sakkiz yoshda” – deydi u. Qolganlari hali ancha yosh, katt o‘g‘lim maktabga boradi, bo‘sh vaqtlarida menga yordamlashadi. Odatdagidek yosh bolalar bilan kun o‘tkanini bilmay qolaman, tashvishim, yumushlarim ko‘p. Biroq bu narsa menga muammo emas. Biz erim bilan Alloh bergan ne’matlariga, ya’ni farzandlarga shukrona keltiramiz. Muammo shundaki, ijarada turamiz, uy egasi bolalarimizni g‘ala-g‘ovurini ko‘tarolmaydi, bechoralar ovozini baland ko‘tarishga ham haddi sig‘maydi.  Men katta o‘g‘limdan keyin 3 marotaba egiz farzand ko‘rdim. Erim qurilishda ishlaydi, bu ish ham mavsumli, topgan puli ijara haqqiga va bizning kunlik ehtiyojimizga zo‘rg‘a yetaydi. Biz muqim yashash joyimiz bo‘lmaganligi bois, bolalar uchun nafaqa ham ololmaymiz, rasmiylashtirish huquqiga ega emasmiz. Yordam so‘rab  ikki marotaba prezidentga maktub yo‘llagan edik, biroq hali hanuz javobdan darak  yo‘q, dardimni kimga aytishni bilolmay qoldim”.

Izoh: Kufr davlatlari o‘z aholi sonini ko‘paytirish maqsadida, oddiy halqni moddiy jihatdan rag‘batlantiridi. Ayniqsa Yevropa mamlakatlarida farzand ko‘rgan ayol, xossatan ko‘p bolali oilalarga alohida e’tibor beriladi. Ammo O‘rta Osiyo  davlatlarida bo‘lsa buning aksi, farzand ko‘paytirishga qarshi maxsus qonunlar joriy etilgan. Tojikistonda oiladagi farzand sonini cheklab qo‘ygan bo‘lsa, O‘zbekiston hukumati birinchi farzand ko‘rgan ayollarga o‘sha tug‘urxonadaligidayoq  bachadon yo‘lini to‘sib qo‘yadigan omillar qo‘llashmoqda. Yoki qasddan ayollarni kesereva jarrohlik amaliyoti yordamida farzandini dunyoga keltirtirib, shu bilan yosh onani 5 yil muddatga majruhlar qatoriga qo‘shib qo‘yyapti. Biz musulmonlarning bir Odil Sultonimiz bo‘lmaganligi bois, kufr sistemasi vakillari musulmon oilasidagi har qanday mayda-chuyda ishlariga kirishib, haqqi bo‘lmagan shaxsiy ijtimoiy masalalarga ham daxl qilib, oila mustahkamligiga raxna solayapti. To‘g‘ri, goh-gohida rasmiy ravishda ko‘p bolali onalarga maxsus mukofotlar beriladi, moddiy jihatdan rag‘batlantiradi. Ammo agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, o‘sha Onaxonlar asosan  yoshlari ulg‘aygan keksa ayollar ekanligini ko‘rasiz. Ular yoshini yashagan, ularga davlat nafaqa ajratgan, shaxsiy ehtiyojlarini to‘la to‘kis qoplamasa-da, pullari bor… .  Ammo Ummat kelajagi bo‘lmish yuqoridagi  norasida go‘daklar, bizning davomchimiz, yetarli miqdorda oziq-ovqatga, salomatlikni saqlashi uchun liboslarga muhtojdirlar.  Onasini e’zozlab, bolalarni komil inson bo‘lib voyaga yetishishiga hissa qo‘shishning o‘rniga, yordam so‘rab uzatilgan qo‘llarini muallaq qoldirish loqaydlik alomatidir.  Ayni zamonda Nargizaga o‘xshaganlar sonmingta bo‘lsa kerak.

 Tarixga nazar tashlasak, zaifa ayollar Nabiy (s.a.v.) huzurlariga bemalol kirib o‘z dardlarini to‘kib solganlar. Rasulalloh (s.a.v.) beva ayollarga yordam berishda, zaiflarni qo‘llab-quvvatlashda o‘rnak bo‘lganlar, Allohdan taqvo qilgan holda Ummat dardida yurganlar. Xalifalarimiz xoh ichki ijtimoiy muammo bo‘lsin, xoh tashqi aloqalar, oldi-sotdi, qarindoshchilik masalalarining barchasini fursat topib, vaqt ajratib eshitganlar, muammolar yechimi xususida qayg‘urganlar. Ammo bugungi kundagi ahvolimizga qarab qattiq achinamiz. Yuqoridagi ayol ilojsizlikdan prezidentga ikki marotaba maktub yo‘llabdi, ammo maqsadiga yetolmadi. Holbuki aynan o‘sha qo‘lidagi va  etagini ushlab olgan norasida go‘daklari mamlakatning kelajagi hisoblanadi, qolaversa Ummatning bir bo‘lagi aynan o‘shalardir. Hazrati Umar (r.a.) va  keksa kampir voqeasini eslang, “Men bu kampirdan mas’ulman, Qiyomat kunida Alloh nazdida javob berishim bor…”- degan Umarga o‘xashagan Rahbarga qattiq ehtiyojimiz bor. Bugungi yurt boshchilari ertangi Kun – Hisob kunini zarracha fikrlaganda edi, halovati yo‘qolardi, bemalol uyquga ham borolmasdilar. Nahotki yuqori lavozimli shaxslarda mamlakatning kelajagi xususida tashvish bo‘lmasa?! Dunyonini zulmatdan faqat Islom qutqaradi, boshqa yo‘li yo‘q. Butun olam Sharitaga muhtojdir. Nur, yengillik, yoruqlik faqat Islomdadir. Va Allohi Taolo barchamizga O‘z Rasulini ibrat tariqasida ko‘rsatdi.

 Bir kuni bir keksa ayol Rasululloh (s.a.v.) yonlariga kelib, ahvolidan shikoyat qildi. Shunda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar: “Ey Onajon, nima hojatingiz bor? Men Sizning ehtiyojingizni qondirish uchun Madinaning qaysi ko‘chasidan borishimni istaysiz?  Ayting…”.

Munavvara Aziz

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.