Huquq himoyachilari: Xitoyda umumiy tarzda uyg‘ur musulmonlarining tana a’zolari chiqarib olinmoqda

582
0

Huquq himoyachilari: Xitoyda umumiy tarzda uyg‘ur musulmonlarining tana a’zolari chiqarib olinmoqda

BMT ning inson huquqlari bo‘yicha Kengashining yalpi majlisida, The China Tribunal nomli inson huquqi himoyasi tashkiloti Xitoy hukumatiga qarshi keskin tanqid bilan chiqdi. Unga ko‘ra Xitoyning har bir mintaqasida keng ko‘lamda diniy va etnik ozchilik vakillarini tiriklayin jism a’zolari donor sifatida kesib olinmoqda.

“Shu jumladan uyg‘ur musulmonlari va falungun madaniyatiga e’tiqod qilganlarga nisbatan ayni amaliyot joriy qilinmoqda”- deb xabar beradi IslamNews axborot agentligi Business Insider saytiga tayangan holda.

Huquqshunos va huquq homiysi Hamid Sabi BMTga bergan bayonotida “Xitoyliklar tirik, xech bir gunohsiz, bezarar, tinch aholi vakillarini qasdan ichini yorib yurak va boshqa ichki a’zolarini chiqarib olyapti. Gap uyg‘urzabon aholining yuraklari, buyrak, o‘pka va boshqa a’zolari haqida ketyapti. Bu amaliyot Xitoy hukumatiga “yoqmagan” va muvofiq kelmagan boshqa millat va din vakillariga nisbatan qilinayotgan ommaviy qirg‘in qatori baholanadi. Ichki organlar kesib olingandan so‘ng noqonuniy tarzda sotuvga chiqariladi”, dedi.

Sabining so‘zlariga ko‘ra shu kabi amaliyotlar keng miqyosda amalga oshirilmoqda va qurbonlar soni yuzminglaganni tashkil etadi.

Izoh:

Xitoyning musulmonlarga nisbatan qilayotgan vahshiyligidan butun olam xabardor. Shuni bilgan holda eshigimizni xitoy butparastlariga katta ochib, ularga qizlarimizni berishimiz va ularni korxonalarimizga boshliq qilib, ularning qo‘l ostida ishchi bo‘lishga rozi bo‘lishimiz fikriy jihatdan qoloqlik alomatidir. Biz bir yaxlit jism ekanmiz, Xitoyning jirkanch amaliyotlariga loqayd qaramasligimiz lozim. O‘tmishda uyg‘ur birodarlarimiz ham Xitoy tazyiqlariga sabr-bardosh qilib, shukrona keltirib yashashgan edi. Holbuki Shore’ bizlarga, din dushmanlari haqida xabar berib, to ularning diniga kirmagunimizcha bizdan rozi bo‘lmasligidan bizni qat’iy ravishda ogohlantirmoqda. Oqibatda uyg‘ur birodarlarimizning diniy e’tiqodiga qarata nisbatan keskin harakatlar boshlandi. Dunyo hamjamiyati sukuti ostida bu kabi razilliklar avjiga chiqdi. Ana endi bo‘lsa, musulmonning jismi savdo-sotiq tovari sifatida sotilmoqda. Vaholanki Shariat insonning har bir a’zosini katta baho bilan qadrlagan va unga qilingan zulmga maxsus hadlar belgilagan. Bugungi kunda Shariat bilan hukm chiqaradigan yagona davlatimiz yo‘qligi bois atrofimizdagi darrandalar Ummatni har ko‘yga solyapti.

Agar o‘rmonga o‘t tushsa ho‘lu quruq baravar yonadi. Bizning jismimizni halokatga uchratish maqsadida ilmoniylik, dinsizlik, sionistik illatlar sizib kirmoqda. Tanamiz halokatga uchrash arafasida turibdi. Bizlarni bu illatdan faqat Xalifalik davlatining qudratigina qutqara oladi. Demak o‘z davlatimizni tiklash uchun birlashishimiz va Odil Xalifa – Sultonni saylashimiz bizga vojibdir.

Munavvara Aziz

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.