Qozog‘iston TIMi: Shinjondagi “lagerlarda” qozoqlar yo‘q

29
0

Qozog‘iston TIMi: Shinjondagi “lagerlarda” qozoqlar yo‘q

 Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi 4-oktyabr kuni jurnalistlar savollariga javob bera turib, Xitoyning Shinjonidagi “qayta tarbiyalash lagerlari”da qozoqlar yo‘qligini aytdi.

 “Prezidentimiz yaqindagina Xitoyda davlat tashrifi bilan bo‘ldi. Hozir “ta’lim markazlarida” Xitoyda yashagan qozoqlar yo‘q. Bu ma’lumot yuqori darajada tasdiqlandi”, – degan vazir avval u erda qancha qozoq qomoqda bo‘lganga oydinlik kiritmadi.

 Ma’lumki, mushrik Xitoy hukumati terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bahonalar ostida “qayta tarbiyalash” lagerlarini tashkil etdi. Xitoyning “kasbga qayta tayyorlash markazlari” deb nomlab olgan dagerlarini xalqaro tashkilotlar tomonidan “qiynoqqa solish” va majburiy haq to‘lanmaygan yoki kam haq to‘lanadigan mehnat, ona tilidan foydalanish hamda o‘zlarining madaniy va diniy an’analariga amal qilishni taqiqlovchi “kontsentratsion lagerlar” deb ta’riflandi.

 2018 yilda e’lon qilingan BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Shinjonda 1 milliondan 3 milliongacha bo‘lgan nafaqat uyg‘urlar, balki qozoqlar, qirg‘izlar va boshqa musulmonlar ham “siyosiy qayta tayyorgarlik lagerlarida” majburan ushlab turilibdi.

 Xitoyda minglab qozoqlar lagerlarda ushlab turilgani haqida ularning qarindoshlari aytib, qozoq hukumatidan ularni ozod qilishda ko‘mak ko‘rsatishni iltimos qilib chiqishgan edi. Biroq, qozoq hukumati “Shinjondagi vaziyat Xitoyning ichki ishi” ekanligini bahona qilib ularga amaliy yordam ko‘rsatmadi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.