Chavusho‘g‘li yahudlarning haddidan oshishiga Islom Ummatini aybladi

546
0

Chavusho‘g‘li yahudlarning haddidan oshishiga Islom Ummatini aybladi

(Isroil) bosh vaziri Binyamin Netanyahu G‘arbiy sohildagi ba’zi aholi punktlari buzib tashlash va Iordan vodiysini anneksiya qilish niyatini e’lon qilganidan keyin Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Islom hamkorlik tashkiloti yig‘ilish tashkil qildi. Yig‘ilishda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li Turkiyadan vakil sifatida ishtirok etdi. Uchrashuv ortidan bayonot bergan Turkiya tashqi ishlar vaziri (Isroil)ning haddidan oshishiga Islom Ummatini aybladi.

“Islom Ummati birlashib harakat yuritganda edi va bir tan-u bir jon bo‘lib, qarshilik ko‘rsatganda edi, Isroil ham, Amerika ham bu mintaqada o‘z boshimcha rejalar tuza olmas edi”, dedi Chovusho‘g‘li.

Chavusho‘g‘li hozirgi vaziyat uchun musulmon xalqlarni ayblar ekan, biroq ushbu musulmonlarni birlashishdan to‘sayotgan rahbarlar haqida og‘iz ochmadi. Vaholangki, Islomiy o‘lkalarni soxta chegaralar bilan bo‘lib, birlashishga to‘sqinlik qilayotganlar o‘sha xoin hokimlarning o‘zlaridir. Tabiatan qo‘rqoq bo‘lgan yahudlar Islom o‘lkalari rahbarlarining notavonligi tufayli o‘zlarini sher kabi his qilishmoqda.

Chavusho‘g‘li hozirgi vaziyat uchun musulmon xalqlarni ayblasa-da ammo voqelik buning aksini ko‘rsatmoqda. Islom ummati Falastin tuproqlari va Aqso masjidini yahudlardan ozod qilish uchun har qanday qimmat baho narsasini qurbon qilishga tayyordir. Agar xoin hokimlar musulmonlarni bundan to‘smaganda edi, musulmonlarning birlashib yahudlarni Muqaddas zamindan quvib chiqarishi xamirdan qil sug‘urganday oson kechardi. Bunga voqelikda misollar juda ko‘p. Masalan, 1967 yil musulmonlar va yahudlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan xiyonat jangidan avval – Misr prezidenti Jamol Abdunnosir Falastin va muqaddas zaminni ozod qilishini da’vo qilib chiqishi ortidan – Islom ummati uning atrofida jipslashib, uni xalq qahramoni sifatida qabul qildi (ammo keyin bu amaliyotga katnashgan hokimlarning xiyonati tufayli Ummat mag‘lubiyatga uchragach, bu jang xiyonat jangi nomini oldi). Yana bir misol: Iordaniya qiroli Husayn o‘sha paytda yahudlarga qarshi jangga kirishni hech istamasdi, uning o‘z taxtini himoya qilishdan boshqa dardi yo‘q edi. Ammo Iordaniyadagi musulmonlar ham Jamol Abdunnosirni qo‘llab quvvatlay boshlaganini ko‘rgan qirol Husayn Isroilga qarshi urushga kirish yo‘lini tutishga majbur bo‘ldi. Misrga borib, Jamol Abdunnosir bilan uchrashib, Isroilga qarshi birga harakat olib borishga ittifoq tuzdi. Bu hodisa xabarlarda tarqalib, qirol Husayn o‘z davlatiga qaytganda, yuz minglagan musulmonlar uni olqishlar bilan kutib oldi. Hatto avtomobili bilan birga elkalarida ko‘tarib saroygacha olib borishni taklif qilishdi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogan yaxud bosh vaziri Shimon Peresga faqatgina “Van minut” “sizning kimligingizgi yaxshi bilamiz” degani uchungina Islom Ummati uni qanday darajaga ko‘targani ham bunga yorqin misol bo‘la oladi. Demakki, muammo Ummatda emas, hokimlarning xiyonatidadir.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.