Qirgʻiziston-Tojikiston chegarasida otishma yuz berdi

55
0

Qirgʻiziston-Tojikiston chegarasida otishma yuz berdi, bir harbiy halok boʻldi

 Qirgʻiziston va Tojikiston chegarasida otishma yuz berdi, qirgʻizistonlik bir harbiy halok boʻldi, deb maʼlum qildi Qirgʻiziston davlat chegara xizmati.

 Xabarda aytilishicha, birinchi boʻlib tojik tomoni Qirgʻizistonning “Maksat” chegara posti, soʻngra “Say” chegara posti tomon oʻq uzgan.

 “21.30da otishma toʻxtagan. Qirgʻiziston va Tojikiston chegara xizmatlari vakillari voqeaning keskinlashishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha muzokaralar oʻtkazmoqda”, – deyiladi xabarda.

 Maʼlum qilinishicha, hodisaga Tojikiston fuqarolari davlat chegarasining belgilanmagan uchastkasida qurilish ishlarini boshlashlari sabab boʻlgan. Bunga javoban Qirgʻiziston fuqarosi xuddi oʻsha joyda uyi atrofiga devor urishni boshlagan.

 “19.30larda tojik harbiylari Qirgʻiziston fuqarosidan agressiv tarzda qurilishni toʻxtatishni talab qilishgan, oʻrtada dahanaki jang kelib chiqqan va otishmaga aylangan”, – deyiladi Qirgʻiziston chegara xizmati tomonidan.

 Izoh: Chegara muammolarini hal etishda na qirgʻiz hukumati, na tojik hukumatida siyosiy erk va siyosiy iroda mavjud emas. Ular chegara muammolarida bir-birlarini ayblab, bu masalani xal etishda xoʻjalarining qosh-qovoqlariga qarab, ular tomonidan rozilik berilishini kutib oʻtirgunlaricha ikki oʻrtada tinch aholi vakillari jabr koʻrib, mol-mulklariga ziyon yetib, begunoh insonlar qurbon boʻlaveradi.

 Bu muammoning yechimi chegaralarni mustahkamlash yoki qaysi hudud kimga tegishili ekanligini aniqlash bilan hal boʻlib qolmaydi. Muammoni hal qilish va yana qayta qoʻzgʻalmasligini oldini olish uchun bir Ummat vakillari boʻlgan qoʻshni xalqlar mustamlakachi kofirlar tomonidan chizib berilgan chegaralarni yoʻq qilish, ustilaridagi mustamlakachi kufr tuzumini uloqtirib tashlab, islomiy aqida va islomiy birodarlik rishtalari asosida birlashishlari zarur. Biz uchun bundan boshqa yoʻl yoʻq.

 Abdurahmon Odilov  

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.